Mavzu:Sonlarni 9 ga va 3 ga bo’linish belgilari. - Darsning maqsadi:
- Ta’limiy: o’quvchilarga sonlarni bo’linish belgilari haqida tushnchalar berish va ilmiy bilinlarni tekshirish;
- Tarbiyaviy: o’quvchilarni bir-birini tushuna olish qobiliyatini shakllantirish;
- Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni bo’linish belgilarini o’rgatish orqali hayot bilan bog’lay olish qobiliyatini rivojlantirish.
Kerakli jihozlar. Darsning borishi. - I. Darsni tashkil etish
- - salomlashish;
- - davomatni aniqlash;
- II. O’tilgan mavzu yuzasidan savollar:
- 1. bo’linish belgisi deganda nimani tushunasiz?
- 2. Qanday sonlar 10 ga bo;linadi? Misollarda tushuntiring?
- 3. Qanday sonlar 5 ga bo;linadi? Misollarda tushuntiring?
- 4. Qanday sonlar 2 ga bo;linadi? Misollarda tushuntiring?
Yangi mavzu bayoni. - 1. Sonning 9 ga bo’linish belgisi.
- Agar berilgan sonning raqamlari yig’indisi 9 ga bo’linsa, u holda bunday son 9ga bo’linadi.
- Agar berilgan sonning raqamlari yig’indisi 9 ga bo’linmasa, u holda bunday son 9 ga bo’linmaydi.
- 2. 3ga bo’linish belgisi.
- Agar berilgan sonning raqamlari yig’imdisi 3 ga bo’linsa, u holda bunday son 3 ga bo’linadi .
- Agar berilgan sonning raqamlari yig’indisi 3 ga bo’linmasa, u holda bunday son 3 ga bo’linmaydi.
Misollar orqali tushuntiramiz. - 1-misol. 3258 soni raqamlari yig’indisi 3+2+5+8=18 somi 9 ga bo’linadi: 18=9*2.
- Demak 3258 soni ham 9 ga bo’linadi.
- 2- misol. 1938 soni 3 ga bo’linadi, cunki 1+9+3+8=21 soni 3 ga bo’linadi.
- Haqiqatdan ham 1938=1*1000+9*100+3*10+8*1=1*(999+1)+9*(99+1)+3*(9+1)+8=(1*999+9*99+3*9)+(1+9+3+8).
- (1*999+9*99+3*9) yig’indining 90ga va demak 3 ga bo’linishi ravshan, chunki 9=3*3; shuningdek, 1+9+3+8=21 ham 3 ga bo’linadi chunki 21=7*3. har bir qavs ichidagi yig’indi 3 ga bo’linganligi uchun qoidaga asosan 9 ga ham bo’linadi.
Darsni mustahkamlash. - O’quvchilar “Sonlarni 9 ga va 3 ga bo’linish belgilari.” mavzusi bo’yicha olgan bilimlarini 421, 422, 423, 424, 425, 426, 427 - misollarni doskada yechish orqali mustahkamlashlari kerak.
Darsni yakunlash va baholash. - Dars tugagandan keyin o’qituvchi o’tilgan mavzu bo’yicha o’z fikrini bildiradi va ularni baholaydi.
- baholash ballik sistemada va oqilona tarzda olib boriladi. O’uvchilarni baholashda ularga berilgan tarqatma materiallar va doskaga chiqib ishlagan misollari orqali baholaydi.
Uyga vazifa. - O’quvchilarga 5- sinf darsligidagi quyidagi misol va masalalar uyga vazifa tarzida beriladi. 428, 429, 430, 431.
Do'stlaringiz bilan baham: |