Mavzu: Sonlarni qoʻzgʻalmas va qoʻzgʻaluvchi vеrgulli tasvirlash


Download 10.56 Kb.
bet1/2
Sana03.11.2023
Hajmi10.56 Kb.
#1743601
  1   2
Bog'liq
Mavzu Sonlarni qoʻzgʻalmas va qoʻzgʻaluvchi vеrgulli tasvirlash-fayllar.org


Mavzu: Sonlarni qoʻzgʻalmas va qoʻzgʻaluvchi vеrgulli tasvirlash

Mavzu: Sonlarni qoʻzgʻalmas va qoʻzgʻaluvchi vеrgulli tasvirlash.

Reja:


  1. Sonlarni qo‘zg‘almas vergulli tasvirlash.


  2. Sonlarni qo‘zg‘aluvchi vergulli tasvirlash


  3. Axborotlarni raqamlar orqali ifodalash. 


Sonlarni qo‘zg‘almas vergulli tasvirlash. Sonni qo‘zg‘almas vergulli tasvirlash uchun kompyuter xotirasining katakchasi ishora va raqamlarga mo‘ljallangan xonalarga ajratiladi. Katakchaning xonalari odatda, chapdan o‘ngga tomon raqamlar bilan tartiblanadi. Katakchaning bitta xonasiga sonning bir xonasi mos keladi. Bunday sonning butun va kasr qismini ajratadigan vergulning o‘rni oldindan belgilanadi.
Qo‘zg‘almas vergulli tasvirlangan sonlar ustida amallar juda sodda bajariladi, chunki vergulning o‘rni o‘zgarmaydi. Shuning uchun xonalardagi raqamlarni mos ravishda qo‘shib qo‘yish yetarli.
Bu usulning kamchiligi, ishlatiladigan sonlarning chegaralanganligidadir. Haqiqatan EHM 24 xonali xotira katakchasiga ega bo‘lib vergul 10-xonadan keyin qo‘yiladigan bo‘lsa, u holda xotira katakchasidagi absolyut qiymati bo‘yicha eng katta son.
Sonlarni qo‘zg‘aluvchi vergulli tasvirlash. Q asosli sanoq sistemasidagi ixtiyoriy a soni (a==0) bu usulda quyidagicha tasvirlanadi: a = M*Q , bu yerda M - a sonining mantissasi deyiladi va u musbat to‘g‘ri kasrdan iborat, r - a sonining tartibi deyiladi va u butun son. Q - sanoq sistemasining asosi.
Bu usulda tasvirlashning kamchiliklari sonni tasvirlashda belgilar sonining ko‘payib ketishi va shu bilan mos holda arifmetik amallarni bajarish jarayonining murakkablashib yuborishidan iborat.
Xotira katakchasida sonlarni tasvirlashning ikki usulini ko‘rib chiqdik. Shuni aytish kerakki, kompyuterda faqat sonlarni emas, balki turli belgilarni ham tasvirlab ishlatish mumkin. Bunday belgilar ham xotira katakchalarida ularda mos ikkilik kodlari orqali tasvirlanadi.

Download 10.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling