Mavzu: Sonning butun va kasr qismi qatnashgan tenglamalarni yechich
Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism.
1. Sonning butun va kasr qismi haqida.
2. Sonning butun va kasr qismi qatnashgan funksiyalar va uning xossalari.
3. Sonning butun va kasr qismi qatnashgan tenglamalarni yechish usullari.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Respublikamizda tub o‘zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh qilish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizatsiyalash jarayonlari jadal rivojlanib bormoqda. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida belgilab olingan va izchil amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar zamin yaratmoqda. Ta’lim sifatini yaxshilash uchun davlat ta’lim standartlari, malaka talablarining jahon standartlariga mosligini ta’minlash, ta’lim jarayonini erkinlashtirish, yosh olimlarning kashfiyot va ixtirolarini qo‘llab quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlarini rag‘batlantirish, ta’lim jarayonini zamonaviy moddiy texnika va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash masalasiga oqilona yondashuv zarurligi haqida fikr yuritar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev barcha bosqichdagi o‘quv jarayonini yangi sifat darajasiga ko‘tarish, ta’lim tizimiga innovatsion yondashuvning zarurligini, shuningdek ta’lim va tarbiya tizimining uzviyligini ta’minlash uchun tarbiyachilarning o‘zlariga zamonaviy bilim berish, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masala bor deb kuyinib e’tirof etdilar. 2017 yil 20 aprel kuni Prezident “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan. Qarorda belgilangan vazifalarning samarali yechimini to‘liq ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim tizimini 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |