Mavzu. Sotish siyosati Mahsulot tarqatish kanallari, deganda nimani tushunasiz?
Download 13.23 Kb. Pdf ko'rish
|
Taqdimot (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Mahsulot tarqatish kanallari, deganda nimani tushunasiz
- 2. Chakana savdo nima
- 3. Tovar harakati haqida tushuncha bering.
- 4. Kommivoyajer kim
- 5. Distribyutor kim
- 6. Taqsimot kanallari necha bosqichli bo‘ladi
Mavzu. Sotish siyosati 1. Mahsulot tarqatish kanallari, deganda nimani tushunasiz? 2. Chakana savdo nima? 3. Tovar harakati haqida tushuncha bering. 4. Kommivoyajer kim? 5. Distribyutor kim? 6. Taqsimot kanallari necha bosqichli bo‘ladi? 7.Tarqatish kanallari funksiyalarini ayting. 1. Mahsulot tarqatish kanallari, deganda nimani tushunasiz? Tovar ishlab chiqarilib unga narx belgilangach, tadbirkor uni tarqatish yoki iste’molchilarga yetkazishga harakat qilishi kerak. Shu bois marketing kompleksi tizimida savdo siyosati (o‘tkazish, yetkazib berish, sotish) alohida o‘rinni egallaydi. Savdo tizimi – tashkilot mahsulotini maqsadli iste’molchilar xarid qilishi uchun yengil bo‘ladigan holga keltirishga yo‘naltirilgan faoliyatini tavsiflovchi marketing kompleksi elementidir. 2. Chakana savdo nima? Chakana savdoning maqsadi – oxirgi iste’molchilarga chakana do‘konlar orqali mahsulotni chakana narxlarda yetkazib berishdir. Savdoning bu turi bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘zlarining turli– tumanligi va ulardagi narxlar ham egiluvchanligi bilan xarakterlanadi. 3. Tovar harakati haqida tushuncha bering. Savdo (o‘tkazish, sotish) siyosati tovarlarning harakatlanishi bo‘yicha qarorlar qabul qilishni ko‘zda tutadi. Ishlab chiqarish jarayonida mahsulotning yuk sifatida iste’molchiga yetib kelishigacha - tashish, saqlash va qo‘shimcha (qadoqlash, o‘rash, tamg‘alash kabi) ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon tovar harakati, deyiladi. Tovarlar harakatlanishi (marketing–logistikasi) – iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish uchun foyda ko‘rish maqsadida materiallarni vatayyor mahsulotlarni ishlab chiqarilgan joylaridan iste’mol joyiga yetkazish faoliyatini rejalashtirish, hayotga tatbiq etish va jismoniy joylashtirilish ustidan nazorat qilish faoliyatidir. 4. Kommivoyajer kim? Kommivoyajer – korxona xizmatchisi bo‘lib, u mijozlarni qidirish, ularga tovarni tanishtirish, ularning talabini shakllantirish bo‘yicha ish olib boradi. Kommivoyajerlar faoliyati, vakolatlari firma rahbariyati tomonidan tartibga solib turiladi. U firmadan uzoq hududda tovarni sotish, mijozlarni topish bilan shug‘ullanadi. Ya’ni uni fransuz tilida “sayohatchi sotuvchi”, deb ham atashadi. Kommivoyajer - savdo firmasining namunalarini sotuvchi sayyor agenti. Kommivoyajer – ulgurji savdo qiluvchi tovarni nafaqat sotadi, shuningdek, sotilgan tovarni xaridorga yetkazib ham beradi. 5. Distribyutor kim? Distribyutor – ishlab chiqaruvchidan ma’lum muddatda ma’lum joyda mahsulotlarni sotish bo‘yicha huquqqa ega bo‘ladi. Distribyutor mulk egasi bo‘lmaydi, sotish uchun shartnoma tuziladi. U o‘z nomidan faoliyat olib boradi. 6. Taqsimot kanallari necha bosqichli bo‘ladi? 7.Tarqatish kanallari funksiyalarini ayting. Marketingning eng muhim qismi mahsulotni sotish va taqsimlash jarayonida ishlab chiqarilgan mahsulotni iste’molchiga yetkazishni hal etish Document Outline
Download 13.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling