Mavzu. Sotish siyosati Mahsulot tarqatish kanallari, deganda nimani tushunasiz?


Download 13.23 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.06.2024
Hajmi13.23 Kb.
#1899038
Bog'liq
Taqdimot (4)



Mavzu. Sotish siyosati
1. Mahsulot tarqatish kanallari, deganda nimani tushunasiz?
2. Chakana savdo nima?
3. Tovar harakati haqida tushuncha bering. 
4. Kommivoyajer kim?
5. Distribyutor kim?
6. Taqsimot kanallari necha bosqichli bo‘ladi? 
7.Tarqatish kanallari funksiyalarini ayting.


1. Mahsulot tarqatish kanallari, deganda 
nimani tushunasiz?
Tovar ishlab chiqarilib unga narx belgilangach, tadbirkor uni 
tarqatish yoki iste’molchilarga yetkazishga harakat qilishi kerak. Shu 
bois marketing kompleksi tizimida savdo siyosati (o‘tkazish, 
yetkazib berish, sotish) alohida o‘rinni egallaydi. 
Savdo tizimi – tashkilot mahsulotini maqsadli iste’molchilar xarid 
qilishi uchun yengil bo‘ladigan holga keltirishga yo‘naltirilgan 
faoliyatini tavsiflovchi marketing kompleksi elementidir.


2. Chakana savdo nima?
Chakana savdoning maqsadi – oxirgi iste’molchilarga chakana 
do‘konlar orqali mahsulotni chakana narxlarda yetkazib berishdir. 
Savdoning bu turi bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘zlarining turli–
tumanligi va ulardagi narxlar ham egiluvchanligi bilan 
xarakterlanadi.


3. Tovar harakati haqida tushuncha bering. 
Savdo (o‘tkazish, sotish) siyosati tovarlarning harakatlanishi 
bo‘yicha qarorlar qabul qilishni ko‘zda tutadi. Ishlab chiqarish 
jarayonida mahsulotning yuk sifatida iste’molchiga yetib 
kelishigacha - tashish, saqlash va qo‘shimcha (qadoqlash, o‘rash, 
tamg‘alash kabi) ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon tovar 
harakati, deyiladi. 
Tovarlar harakatlanishi (marketing–logistikasi) – iste’molchilar 
ehtiyojlarini qondirish uchun foyda ko‘rish maqsadida materiallarni 
vatayyor mahsulotlarni ishlab chiqarilgan joylaridan iste’mol joyiga
yetkazish faoliyatini rejalashtirish, hayotga tatbiq etish va jismoniy
joylashtirilish ustidan nazorat qilish faoliyatidir. 


4. Kommivoyajer kim?
Kommivoyajer – korxona xizmatchisi bo‘lib, u mijozlarni qidirish, 
ularga tovarni tanishtirish, ularning talabini shakllantirish bo‘yicha ish 
olib boradi. Kommivoyajerlar faoliyati, vakolatlari firma rahbariyati 
tomonidan tartibga solib turiladi. U firmadan uzoq hududda tovarni 
sotish, mijozlarni topish bilan shug‘ullanadi. Ya’ni uni fransuz tilida 
“sayohatchi sotuvchi”, deb ham atashadi. Kommivoyajer - savdo 
firmasining namunalarini sotuvchi sayyor agenti. 
Kommivoyajer – ulgurji savdo qiluvchi tovarni nafaqat sotadi, 
shuningdek, sotilgan tovarni xaridorga yetkazib ham beradi.


5. Distribyutor kim?
Distribyutor – ishlab chiqaruvchidan ma’lum muddatda ma’lum 
joyda mahsulotlarni sotish bo‘yicha huquqqa ega bo‘ladi. 
Distribyutor mulk egasi bo‘lmaydi, sotish uchun shartnoma tuziladi. 
U o‘z nomidan faoliyat olib boradi.


6. Taqsimot kanallari necha bosqichli 
bo‘ladi? 


7.Tarqatish kanallari funksiyalarini ayting.
Marketingning eng muhim qismi mahsulotni sotish va taqsimlash 
jarayonida ishlab chiqarilgan mahsulotni iste’molchiga yetkazishni hal 
etish

Document Outline

  • Slide 1: Mavzu. Sotish siyosati
  • Slide 2: 1. Mahsulot tarqatish kanallari, deganda nimani tushunasiz?
  • Slide 3: 2. Chakana savdo nima?
  • Slide 4: 3. Tovar harakati haqida tushuncha bering. 
  • Slide 5: 4. Kommivoyajer kim?
  • Slide 6: 5. Distribyutor kim?
  • Slide 7: 6. Taqsimot kanallari necha bosqichli bo‘ladi? 
  • Slide 8: 7.Tarqatish kanallari funksiyalarini ayting.

Download 13.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling