Mavzu: Sotish siyosati


Tovar tarqatish kanallari deganda tovarlarni iste’molchilarning talabiga mos qilib tayyorlab berishda ishtirok etuvchi har xil tashkilotlar va ayrim olingan shaxslar tushuniladi


Download 12.08 Kb.
bet2/5
Sana08.11.2023
Hajmi12.08 Kb.
#1755010
1   2   3   4   5
Bog'liq
tovar harakati sistemasining mohiyat

Tovar tarqatish kanallari deganda tovarlarni iste’molchilarning talabiga mos qilib tayyorlab berishda ishtirok etuvchi har xil tashkilotlar va ayrim olingan shaxslar tushuniladi.

  • Tovar tarqatish kanallari deganda tovarlarni iste’molchilarning talabiga mos qilib tayyorlab berishda ishtirok etuvchi har xil tashkilotlar va ayrim olingan shaxslar tushuniladi.

Tovar tarqatish kanallari quyidagi vazifalarni bajaradilar:

1. Muomalaning oson yechimini topish uchun zarur bo’ladigan axborotlarni yig’ish va qayta ishlash.

2. Tovar sotishni rag’batlantirish.

3. Potensial ahamiyatli tovar sotuvchilar bilan aloqalar o’rnatish.

4. Tovarlar assortimentini shakllantirish.

5. Muzokaralar olib borish. Vositachilar bilan tovarlarning bahosi va boshqa masalalar haqida kelishish.

6. Tovar harakatini oqilona tashkil etish.

7. Kanallarning faoliyati uchun zarur bo’ladigan moliyaviy resurslarni izlab

topish.

8. Kanalning faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’ladigan hamma javobgarlikni o’z zimmasiga oladi.

Tovar harakati tizimida vositachilar ham muhim rol o’ynaydi.

Vositachilar – bu bozor ehtiyojlarini qondirish va foyda olish uchun tovarlarni qayta sotadigan mustaqil savdo tashkilotlari, korxonalar va shaxslardir. Bularga ulgurji va chakana sotuvchilar, brokerlar, savdo agentlari, komissionerlar va boshqalar kiradi.

Ulgurji savdo tovarlarni qayta sotish va biznesda foydalanish maqsadida tovarlarni sotish va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq barcha faoliyatlarni o’z ichiga oladi.

Ulgurji sotuvchi – bu tashkilot yoki alohida shaxs bo’lib uning asosiy faoliyati ulgurji savdo hisoblanadi. Ulgurji sotuvchi, ham ishlab chiqaruvchiga, ham chakana savdo tashkilotiga xizmat ko’rsatib uch asosiy guruhga bo’linadi: tijorat ulgurji tashkilotlar; brokerlar va agentlar; ishlab chiqaruvchining sotish idoralari.

Ulgurji sotuvchi – bu tashkilot yoki alohida shaxs bo’lib uning asosiy faoliyati ulgurji savdo hisoblanadi. Ulgurji sotuvchi, ham ishlab chiqaruvchiga, ham chakana savdo tashkilotiga xizmat ko’rsatib uch asosiy guruhga bo’linadi: tijorat ulgurji tashkilotlar; brokerlar va agentlar; ishlab chiqaruvchining sotish idoralari.


Download 12.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling