Mavzu: sotish siyosati


Download 28.16 Kb.
bet1/4
Sana28.03.2023
Hajmi28.16 Kb.
#1301379
  1   2   3   4
Bog'liq
SOTISH SIYOSATI

mAVZU: SOTISH SIYOSATI


Reja:


1. Tovar harakati sistemasining mohiyati.
2. Tovar tarqatish kanallari va ularning vazifalari.
3. Ulgurji va chakana savdo.

KIRISH
Marketingning eng muhim qismi mahsulotni sotish va taqsimlash jarayonida ishlab chiqarilgan mahsulotni iste’molchiga yetkazishni hal etish. Sotish siyosati - iste’mol tovarlarini yetkazib berishning ehtimoli kutilgan variantlarni tahlil qilish va xo‘jalikning yuqori samarasiga erishishini ta’minlaydigan mahsulot taqsimotining hamma shaxobchalarida eng maqbul variantni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Sotish siyosati – korxonaning taqsimlash miksi bo‘yicha marketing kompleksini ishlab chiqish va realizatsiya qismi bo‘yicha chora-tadbirlarini o‘z ichiga oladi. Bu chora-tadbirlar marketing subyektlarini sotuvga mo‘ljallangan tovar va xizmatlarini kerakli miqdorda va tegishli sifatda, aniq vaqtda tegishli joyga yetkazib berishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bu vazifalarning bajarilishi firmani rejalashtirilgan foydani olishga olib keladi. Sotish siyosatida qaror qabul qilishning asosiy mezonlari tovar aylanmasi hajmi, bozor ulushi va boshqalar qabul qilinadi. Bu jarayonda tovarlarning saqlanish muddati ularni tarqatish vaqtiga bevosita ta’sir etuvchi omil hisoblanadi. Sotuv kanallarining imiji, taqsimlash kanallarida ishtirok etuvchi subyektlarning kooperatsiya darajasi, tijoratda tavakkalchilik xavfinik amaytirish, taqsimlash kanallarining egiluvchanlik hayotiylikligini uzoq ta’minlash juda muhim hisoblanadi. Savdo siyosatining vazifasi – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni samarali sotish uchun optimal savdo tarmoqlarini va tovarlarning harakatlanish tizimini tuzishdir. Jahondagi ko‘plab marketologlar maqsadli bozor va optimal savdo natijaviyligiga tovar harakatlanishining ta’sirini narx siyosatiga nisbatan yuqori, deb hisoblaydi. Yaponiyalik mutaxassislar umumiy marketing tizimida savdo siyosati muhimligini ta’kidlab, tovarning va firmaning bozordagi raqobat poydevorini oshirish bo‘yicha barcha marketing kuchlarining asosi – o‘zagi, deb hisoblaydilar. Marketing kompleksi tizimida savdo siyosati quyidagi qarorlarni qabul qilishni ko‘zda tutadi: -savdo va tovar harakati strategiyalarini firmaning umumiy marketing strategiyasi bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlash;


-tovarlarning turli guruhlari va bozorning segmentlari bo‘yicha savdo metodini va ularning qo‘llanishini tanlash; -barcha savdo halqalari bo‘yicha vosita (kapital) darajalari sonini (uzunligini) belgilash; -savdo vositalarining savdo halqalari (kengligi) alohida darajalarida savdoning mustaqil ishtirokchilari sonini aniqlash; -savdo vositachilarini tanlash, motivatsiyasi va ishi ustidan nazorat qilish; -tovarlarni chiqarish va transportlarga yuklash, tushurishni tashkil etish; -ulgurji va chakana do‘konlar tarmoqlarini, oraliq saqlash omborlarini, ko‘rgazma zallariga texnik xizmat ko‘rsatish punktlarini tuzish; -ta’minlash va yuk ortish-tushirish tizimini tashkil etish; -savdo kanallariga rahbarlik tizimini va huquqiy - tashkiliy munosabatlar o‘rnatish shakllarini tanlash; -ishlab chiqaruvchi firmalar va savdo firmalarining boshchilik (hukmronlik) rolini belgilash; -oldi-sotdi bitimlari bo‘yicha muzokaralar tayyorlash va o‘tkazish, shartnomalar tuzish, ularning bajarilishi ustidan nazorat. Yuqorida sanab o‘tilgan malakali qarorlarni qabul qilish savdo va tovarlar harakatlanishining optimal vositalarini yaratishga imkon beradi. Vositalar (kanallar) ishi samaradorligi mezonlari quyidagilar hisoblanadi: tovarlarning harakatlanish tezligi, muomala xarajatlari darajasi va mahsulotni realizatsiya qilish hajmlari. Tovarni ishlab chiqarilgan joyidan ularning realizatsiyasi va yakuniy sotiladigan joyiga iste’molchiga yetkazib beriladigan vaqt sarfi qanchalik kam bo‘lsa, Axborot Taqsimot kanalining asosiy funksiyalari Siljitish Aloqa Moliyalash- Tavakkalchilik tirish Muloqot Jismoniy taqsimlash Muvofiqlashtirish 302 firma tomonidan tanlanadigan savdo shakllari va usullari samaradorligi shuncha yuqori, ularni tashkil qilishda xarajatlar kam, realizatsiya hajmi va olinadigan sof daromad yuqori bo‘ladi, deb hisoblanadi. Asosiy maqsad ko‘p tomondan tijorat ishlari darajasi va savdo xizmatiga bog‘liq bo‘lgan savdo xarajatlarining jamlangan miqdorini qisqartirishdan iborat. Agar realizatsiya va savdo xarajatlari umumiy ishlab chiqarish xarajatlarining 40 % ni tashkil qilishi haqida guvohlik beruvchi jahon tajribasi hisobga olinsa, marketingning bu yo‘nalishi ahamiyati ma’lum bo‘ladi. Savdoning ishonchli, foydali va ratsional ishlovchi vositasi – bu ishlab chiqaruvchining qo‘shimcha “ko‘rinmas” kapitalidir. Endi savdo siyosatining ayrim tomonlariga to‘xtalamiz. Ishlab chiqaruvchi tomonidan savdoning samarali vositasini yaratishi bu o‘z tovarlari savdosini o‘tkazishda bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) yoki bilvosita metodini tanlashdan iborat. O‘z savdo tarmog‘ini bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri savdo bilan) tashkil etish bilan quyidagi holatlardan shug‘ullanish mumkin: -sotiladigan tovar miqdori savdo tarmog‘ini tashkil etish uchun o‘ta katta xarajatlarini qoplash maqsadida; -iste’molchilar soni uncha katta emas va ular nisbatan uncha katta bo‘lmagan hududga joylashgan; -ushbu tovar yuqori darajada ixtisoslashgan servis xizmat ko‘rsatishni talab qiladi; -korxona savdo yuritadigan savdo bozorlarida xususiy ombor binolarining yetarlicha tarmoqlari mavjud; -bozorda tovar narxi tez-tez o‘zgarib turadi va ishlab chiqaruvchidan zudlik bilan va vositachilar bilan kelishmasdan, narx siyosatiga o‘zgarishlar kiritish talab qilinadi; -sotilish bahosi tovarni ishlab chiqarish xarajatlaridan ancha ortiq, bu esa xususiy savdo tarmog‘ini yaratish bo‘yicha yuqori xarajatlarni qoplaydi. Ishlab chiqaruvchi korxona quyidagi hollarda savdoni savdo vositachilariga topshirgani ma’qul: -iqtisodiyotning har bir sektorida ko‘plab iste’molchilar mavjud bo‘lib, kam mablag‘ sarflab, kuchli savdo tarmog‘ini yaratilishini talab qiladi; -savdo bozorlari geografik jihatdan tarqoq, shu bois iste’molchilar bilan to‘g‘ridan — to‘g‘ri aloqa rentabelli emas; 303 -tovarlarning uncha katta bo‘lmagan partiyasini shaxsan shoshilinch yetkazib berish zarurati, buning uchun salmoqli ulgurji savdo qiluvchining ombori mavjudligi; -tovarning sotilish bahosi va uni ishlab chiqarish xarajatlari orasida uncha katta bo‘lmagan farq, demak, xususiy savdo tarmog‘ini saqlash zarar keltiradi. Agar firma rahbari tomonidan bilvosita savdo foydasiga qaror qabul qilingan bo‘lsa, endi ulgurji (chakana) vositachilarning optimal sonini aniqlash lozim, ya’ni savdo vositasi kengligi haqida qaror qabul qilinadi. Savdo siyosatining ushbu masalasida biz avval tariflagan savdoning uch strategiyasidan: shiddatli, alohida farqli va tanlab amalga oshiriladigan savdodan foydalanish mumkin. Bilvosita savdo bilan shug‘ullanadigan ishlab chiqaruvchining bozordagi muvaffaqiyati ko‘p jihatdan vositachilarga bog‘liq. Shu bois ishlab chiqaruvchidan savdo siyosatining muhim yo‘nalishi vositachini tanlash va u bilan ishni tashkil etish hisoblanadi. Tayyorlovchi va vositachining hamkorlikda raqobatchilar ustidan ustuvorlikka kelishilgan strategiya (tovar, narx, kommunikatsion va savdoda) larda sinergetik yutuqlarga erishish savdo vositasining eng yuqori samaradorligini belgilaydi. Biroq savdo vositachilariga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazishning qiyinligi shundaki, tovarga egalik huquqini ishlab chiqaruvchi uni vositachiga yetkazib berganda yo‘qotadi. Biroq vositachilarni tanlash, ularning ishlarini motivatsiyalash, ularning faoliyatini baholash va nazorat qilishni amalga oshirish mumkin. Savdo vositachilarini tanlashda quyidagilar tavsiya qilinadi: -tanlangan vositachi bir vaqtning o‘zida raqobatchi firmaning ham vositachisi emasligiga ishonch hosil qilish; -boshqa teng shartlarda ixtisoslashgan vositachini afzal ko‘rish, chunki u aynan shu tovarni sotish bo‘yicha katta tajribaga ega (agar tovar boshqa tovarlar bilan birga taklif qilinganda, tezroq sotilsa ham, ya’ni universal vositachilar bilan); -bozorda obro‘si yuqori bo‘lgan ancha taniqli firmani afzal ko‘rish; -vositachining moliyalashtirish manbalarini aniqlash – unga kredit berilganmi, aynan qaysi bank tomonidan, uning kredit to‘lash qobiliyati qanday?; -tovarni tezkor yetkazib berish qobiliyatini va buyurtmalarni bajarish koeffitsiyentini baholash (tezkor bajarilgan va kechiktirilgan buyurtmalar sonini taqqoslash); 304 -vositachining moddiy-texnik bazasining ta’minlanganlik darajasini (idoralar, omborlar, namoyish qilinadigan va savdo zallari, ta’mirlash ustaxonalari va b.), ishlayotgan xodimlar malakasi darajasini aniqlash; -vositachilik firmasining imkoniyatlarini va ishdagi mas’uliyatini amalda bilishga imkon yaratuvchi vositachilik haqida qisqa muddatli (bir yilga) sinov bilan qisqa muddatli bitim tuzish; -uning jiddiyligi va vakolatligiga ishonch hosil qilish uchun vositachining firmasiga tashrif buyurish; -jalb qilinadigan vositachilik tashkilotlari sonini kengaytirish, chunki ularning soni cheklangan bo‘lsa, ularga bog‘liqlik, demak, risk darajasi ham, ortadi; -vositachining joylashuvi, do‘konlari soni, geografik tarqalish kengligini va umumiy marketing konsepsiyasini e’tiborga olish. Tayyorlovchi va vositachining bir-biriga qiziqishi ikki yoqlama bo‘ladi.Vositachilar tovarning yangiligi va yakuniy iste’molchi uchun jalb etuvchanligini, kutilayotgan foyda miqdorini, vositachi tomonidan realizatsiya qilinishi taklif etilgan tovar assortimentining uyg‘unligi darajasi, yangilikni namoyish qilishga dalillar, taklif etiladigan (ilova qilingan) narx diapazoni va boshqalarni hisobga oladi. Shuning uchun hamkorlik samaradorligi ikki tomonlama kutilganlarning qondirilish darajasiga bog‘liq.

Download 28.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling