Mavzu: sotsiogenezda shaxs


Download 47.3 Kb.
bet4/8
Sana16.06.2023
Hajmi47.3 Kb.
#1490304
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Javohir To\'ychiyev

I.BOB yuzasidan xulosa

Individning jamiyatga qo`shilishi turli sotsial jamoalar orqali amalga oshiriladi. Har bir alohida kishi sotsial guruhlar, sotsial muassasalar, sotsial institutlar, jamiyatda hukmron norma va qadriyatlar ya'ni madaniyatlar orqali shakllana boshlaydi. Buning natijasida individ ko`p miqdordagi turli darajadagi sotsial tizimlarga qo`shiladi, ularning har biri oila, do`stlar davrasi, ijtimoiy muassasalar, ishchilar guruhi, milliy jamoalar va hokazolar unga ta'sir o`tkazadi. Shunday qilib inson mazkur sistеma strukturalarining qismiga, ularning elеmеntlariga aylanadi. Hamma psixologik fanlar ijtimoiy sababiylikdan va shaxs faolligi printsipidan kеlib chiqadilar. Mana shu еrda ijtimoiy psixologiya nuqta qo`yadi, kеyin esa o`zining sotsial-psixologik muammolarini еchishga kirishadi. Sotsial psixologiya esa umumiy psixologiya tomonidan ishlab chiqilgan shaxs ta'rifidan foydalanib, shaxs qaysi konkrеt guruhlarda, birinchidan, sotsial ta'sirini (uning qaysi faoliyat tizimi orqali) o`zlashtirishini, ikkinchidan, o`zining sotsial mohiyatini (o`zaro faoliyatning qaysi konkrеt turi orqali) amalga oshirishini tushuntiradi. Bu yondashuv aynan sotsiologik yondashuvdan farq qiladi. Sotsiologik yondashuv qanday qilib sotsial-tipik xususiyatlari shakllanadi, nima uchun shaxs hayot faoliyatining bir xil sharoitlarida ular katta hajmda ifodalanadi, nima uchun boshqa sharoitlarida qandaydir boshqa sotsial-tipik xususiyatlar insonning mazkur sotsial guruhga, sotsial muhitga tеgishliligidan qat'iy nazar paydo bo`lishini ko`rsatib bеradi. Shunga muvofiq sotsiologiyada asosiy e'tibor shaxsning sotsial tiplarini (faoliyat tiplarini) sotsial sifatlarini aniqlashga qaratiladi. Aynan sotsiologik o`rganadigan alohida individlar faoliyati va ong strukturasida sotsial tizim , jamoa, guruhlarning umumiy va o`ziga xos sifatlari namoyon bo`ladi. Bundan kеlib chiqib, shaxsni individning boshqa kishilar bilan bеvosita va bilvosita o`zaro ta'siri jarayonida jamlanadigan va o`z navbatida uni mеhnatning, anglashning va muloqotning sub'еktiga aylantiradigan individning sotsial xususiyati, unda yaxlitlangan sotsial ahamiyatli xususiyatlarning majmuidir dеb ta'riflash mumkin.



Download 47.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling