Mavzu: Sovuq olgan oftob urgan, issiqlik eltgan va gazandalar chaqqanda birinchi tibbiy yordam ko'rsatish Mundarija Kirish


Oftob olganda birinchi tibbiy yordam ko'rsatish


Download 260.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana04.05.2023
Hajmi260.02 Kb.
#1425445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
FERUZA

1.2 Oftob olganda birinchi tibbiy yordam ko'rsatish. 
Dunyo bo‘yicha jaziramali kunlarda oftob urishidan minglab insonlar 
jabrlanadi, ko‘plab kishilar halok bo‘ladi. 
2013-yilning iyul oyida Yaponiyada haroratning keskin oshib ketishi 
natijasida oftobdan jabrlangan 4000 kishi kasalxonaga yotqizilgan. 
Shulardan 6 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 8 kishining ahvoli juda og‘ir 


12 
deb baholangan. Yaponiyadagi bunday holat havo harorati 35—39 daraja 
bo‘lganda kuzatilgan. 
Hindistonda odatda issiq keladigan may, iyun oylarida 2013-yilda 
500 kishining, 2015-yilda esa havo harorati oxirgi 15 yilda birinchi marta 
45 darajagacha, Machilipatnam va Tuni shaharlarida 47 darajagacha, 
Olloxobod (Uttar-Pradesh) shahrida 48 darajagacha ko‘tarilishi hisobiga, 
1370 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan. Oftobdan jabrlanganlarning 
ko‘pligi bois favqulodda vaziyat holati e’lon qilinib, ta’tildagi shifokorlar 
ham chaqirib olingan. 
2015-yilning iyun oyida havo harorati 45 darajagacha ko‘tarilishi 
oqibatida Pokistonning Karachi shahrida 1000 nafardan ortiq kishi halok 
bo‘lgan. 
Oftob urishining oldini olish 
Oftob urishining oldini olish uchun quyidagi qoidalarga amal 
qiling:— boshni yengil yorqin rangdagi bosh kiyim, ko‘zlarni quyoshdan 
saqlovchi ko‘zoynak yordamida muhofaza qiling;— quyoshda, 
cho‘milish joylarida uzoq vaqt bo‘lishdan saqlaning;— quyosh nuri 
to‘g‘ridan to‘g‘ri tushib turgan ochiq joylarda bo‘lishdan qoching 
(ayniqsa, quyosh faolligi davrida – 12.00 dan 16.00 gacha);— quyoshda 
toblanishning davomiyligi 15—20 daqiqani tashkil qilishi, agar uzaytirish 
lozim bo‘lsa bu asta-sekin amalga oshirilishi. Biroq uning davomiyligi 
ikki soatdan oshmasligi va orada tanaffuslar bo‘lishi zarur;— quyoshda 


13 
toblanish muolajasi uchun eng maqbul vaqt ertalabki va kechki vaqt 
bo‘lib, bu muolajani ovqatlangandan so‘ng kamida bir soatdan keyin 
amalga oshiring. (Bu jarayon cho‘milish bilan almashtirib turilsa yana 
ham yaxshi bo‘ladi);— quyoshda toblanishni yotgan holatda emas, balki 
harakatlanish jarayonida amalga oshiring;— issiq kunlari yengil, havo 
o‘tkazadigan, tabiiy matodan (kanop, paxta) tikilgan, tanadagi terning 
chiqib ketishiga to‘sqinlik qilmaydigan yorqin rangdagi kiyim kiying;— 
issiq paytda kaloriyali ovqatlar iste’mol qilmaslikka harakat qiling. 
Ko‘proq sut-qatiq mahsulotlari va sabzavotlar iste’mol qiling;— 
organizmda suv balansini ushlab turishga harakat qiling (kuniga 3 litr 
atrofida suv, mineral suv yoki maxsus tuzli eritmalar iching);— 
quyoshdan saqlanish uchun yorqin rangli soyabondan foydalaning;— 
vaqti-vaqti bilan yuzingizni sovuq suvda namlangan dastro‘mol bilan 
artib turing;— o‘zingizni noxush sezsangiz, shifokorga murojaat qiling va 
zarur choralarni ko‘ring.— issiq sharoitda ishlaganda vaqti-vaqti bilan 
imkon darajasida salqin joyda dam oling;— imkon darajasida ish 
joylarida sovutgichlar o‘rnating. 

Download 260.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling