Sintaktik tamoyil
Bu tamoyilga ko'ra so'zlarni guruhlarga ajratishda so'zlarningsintaktik tomoni, ya'ni gapda bajaradigan sintaktik vazifasi, qanday so'zlar bilan munosabatga kirish e'tiboga olinadi. Predmet ma'nosini anglatuvchi so'zlarning shakllari ularning gapda bajaradigan vazifasi (ega, kesim, to'ldiruvchi, aniqlovchi, hol), qanday so'zlar grammatik munosabatga kirishishini bildiradi.
Masalan: Bulbul chamanni sevar, Odam-Vatanni.
Xalqimizning turmushi bo'ldi farovon paxtadan.Belgi bildiradigan so'zlar predmet yoki harakat ifodalovchi so'zlar bilan grammatik munosabatga kirishib, gapda aniqlovchi yoki hol vazifasini bajaradi. Bunday so'zlarga sifat, son, ravish kabi so'z turkumlari kiradi.
Masalan: To'g'ri so'z qilichdan o'tkir.
Boya yelday uchib ketayotgan odam endi shoshilmasdi. (SH)
Talabalarimiz shahardagi yigirma to'rtinchi maktabga amaliyotga chiqishdi.
Sintaktik tamoyil
- Predmet, belgi, miqdorning mavjudligiga ishora qiluvchi, ular o'rnida almashinib qo'llanuvchi so'zlar, ya'ni olmoshlar ham gapda turli xil grammatik shakllarda kelib, gap bo'lgan (ega, kesim, to'ldiruvchi, aniqlovchi, hol) vazifasini bajaradi.
- Masalan: Hech kim atrofga qaramaydi. (K.I.)
- Qanday bilay, birovning yuragini bilib bo'ladimi? (Oydin).
- Seni mehnat yengmasin, sen mehnatni yeng (Maqol).
- Tilda mavjud bo'lgan ayrim so'zlar leksik ma'no ifodalamaydi, morfologik shakllarga ega emas. Demak, ular gapda sintaktik vazifa bajarmaydi. Bunday ko'makchi, bog'lovchi, yuklamalar kiradi. Bunday so'zlar yuqorida sanab o'tilgan uch xususiyatga ega emas. Bunday so'zlar leksik ma'no anglatuvchi so'zlar orasidagi grammatik munosabatni shakllantiradi, gap yoki uning tarkibidagi ayrim so'zlarga qo'shimcha ma'no qo'shadi.
- Masalan: O'qituvchi va o'quvchilar zalga yig'ilishdi.
- Ukam uchun kitob oldik. Bu binoni men ko'rganman! -Sen-a?
- Ayrim so'zlar (bor, yo'q, kerak, oh, uf, voy, duk-duk, piqir-piqir) biror hodisaning nomi bo'lmasa ham gapda gap bo'lagi, so'z-gap sifatida qo'llanadi. Masalan: Uzoqdan duk-duk ovoz kelardi. Boyagidek dupur bor, lekin qayoqdagi kelayotgani ma'lum emas. (M.Ism). Suv shildir-shildir oqmoqda.
Xulosa
- Yuqorida bayon qilingan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, jamiyat doimo taraqqiyotda ekan, til ham taraqqiy qilib boraveradi. Jamiyatda bo`lgan o`zgarishlar tilga ta`sir etmay qo`ymaydi. Mustabid tuzum (sho`ro)davri madaniyatimizga keskin ta`sir o`tkazgan edi.O`zbek tili mavqeyi pasaygan(rus tiliga e`tibor kuchaygan davr) bir bosqichda grammatikadagi milliy xoslikka ahamiyat berilmadi.
- Yaratilgan darslik, o`quv qo`llanmalarda ilmiy qarashlar rus tili grammatik talqinlari asosida berilar edi. Jumladan, so`zlarni turkumlarga ajratishda ham an`ana bo`lgan tamoyillar, miqdor(6ta mustaqil so`z turkumi...) kabilarga tayanildi. Zero har bir tildagi so`zlar o`zining grammatik belgisi va semantik xususiyatiga qarab turli guruhlarga bo`linadi. Grammatik qurilishi jihatidan har xil bo`lgan tillardagi so`zlarning semantik-grammatik xususiyatlari, qo`llanish doirasi, o`zaro birikishi, boshqa belgilari doimo bir xil bo`lmaydi.
- Qolaversa, so`zlarni turkumlarga ajratishda hamma tillar uchun umumiy bo`lgan yagona bir tamoyil bo`lishi mumkin emas. Muayyan bir tilda so`zlarni turkumlash shu tilda so`zning o`ziga xos ma`nosi, grammatik xususiyati, so`z yasalish tizimi va so`zlarning o`zaro birikish qobiliyati asosida ishlab chiqilishi lozim. Zeroki, hatto qardosh tillar orasida ham so`z turkumlari va ularning ichki guruhlarini ajratishda ham jiddiy farq bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |