Mavzu: So'z turkumlari va ularni guruhlash tamoyillari


Download 23.85 Kb.
bet6/10
Sana03.11.2023
Hajmi23.85 Kb.
#1744958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu So\'z turkumlari va ularni guruhlash tamoyillari-genderi.org

Sintaktik tamoyil

Bu tamoyilga ko'ra so'zlarni guruhlarga ajratishda so'zlarningsintaktik tomoni, ya'ni gapda bajaradigan sintaktik vazifasi, qanday so'zlar bilan munosabatga kirish e'tiboga olinadi. Predmet ma'nosini anglatuvchi so'zlarning shakllari ularning gapda bajaradigan vazifasi (ega, kesim, to'ldiruvchi, aniqlovchi, hol), qanday so'zlar grammatik munosabatga kirishishini bildiradi.

Masalan: Bulbul chamanni sevar, Odam-Vatanni.

Xalqimizning turmushi bo'ldi farovon paxtadan.Belgi bildiradigan so'zlar predmet yoki harakat ifodalovchi so'zlar bilan grammatik munosabatga kirishib, gapda aniqlovchi yoki hol vazifasini bajaradi. Bunday so'zlarga sifat, son, ravish kabi so'z turkumlari kiradi.

Masalan: To'g'ri so'z qilichdan o'tkir.

Boya yelday uchib ketayotgan odam endi shoshilmasdi. (SH)

Talabalarimiz shahardagi yigirma to'rtinchi maktabga amaliyotga chiqishdi.

Sintaktik tamoyil


  • Predmet, belgi, miqdorning mavjudligiga ishora qiluvchi, ular o'rnida almashinib qo'llanuvchi so'zlar, ya'ni olmoshlar ham gapda turli xil grammatik shakllarda kelib, gap bo'lgan (ega, kesim, to'ldiruvchi, aniqlovchi, hol) vazifasini bajaradi.

  • Masalan: Hech kim atrofga qaramaydi. (K.I.)

  • Qanday bilay, birovning yuragini bilib bo'ladimi? (Oydin).

  • Seni mehnat yengmasin, sen mehnatni yeng (Maqol).

  • Tilda mavjud bo'lgan ayrim so'zlar leksik ma'no ifodalamaydi, morfologik shakllarga ega emas. Demak, ular gapda sintaktik vazifa bajarmaydi. Bunday ko'makchi, bog'lovchi, yuklamalar kiradi. Bunday so'zlar yuqorida sanab o'tilgan uch xususiyatga ega emas. Bunday so'zlar leksik ma'no anglatuvchi so'zlar orasidagi grammatik munosabatni shakllantiradi, gap yoki uning tarkibidagi ayrim so'zlarga qo'shimcha ma'no qo'shadi.

  • Masalan: O'qituvchi va o'quvchilar zalga yig'ilishdi.

  • Ukam uchun kitob oldik. Bu binoni men ko'rganman! -Sen-a?

  • Ayrim so'zlar (bor, yo'q, kerak, oh, uf, voy, duk-duk, piqir-piqir) biror hodisaning nomi bo'lmasa ham gapda gap bo'lagi, so'z-gap sifatida qo'llanadi. Masalan: Uzoqdan duk-duk ovoz kelardi. Boyagidek dupur bor, lekin qayoqdagi kelayotgani ma'lum emas. (M.Ism). Suv shildir-shildir oqmoqda.

Download 23.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling