Mavzu: Sozandachilik san’ati
Download 468.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Sozandachilik san\'ati Amirqulova Dilnura
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Sozandachilik san’ati
Ohangaron shahar Ixtisoslashtirilgan maktabning 7 “B” sinf o’quvchisi Amirqulova Dilnuraning musiqa fanidan yozgan BSBSI Mavzu: Sozandachilik san’ati Sozandalik san`ati-ustozona musiqa ijrochiligining muhim omillaridan biridir. "Har bir musiqachi biladiki, u ragani kuylay oladi, buning uchun u ma`lum darajada teran his eta bilsa bas. Lekin, raga hissiyotini ularga "kuylash" emas, balki ragalarda bunyodga keladigan nazokat, mung, hayrat kabi hislarni ifodalovchi cholg`u in`om etadi. (tarj. B.S.)-deb ta`riflaydi mashhur hind musiqashunos olimi Ragxaeva R.Mennon. Darhaqiqat, xonanda o`z cholg`u talqinining birinchi ijrochisi va birinchi tinglovchisi hamdir. Zeroki, ijrochi o`z mahoratini cholg`u talqinida tarannum etib, xonishi bilan boyitadi. Sozanda cholg`uda qanchalik mahorat bilan musiqiy asarning mukammal ifodasiga erishsa va mutanosib tarzda xonishga ta`sir ettira olsa, shunchalik jo`r bo`lish mahorati sirlariga ega bo`ladi. Uning asosiy xususiyatlari ziyraklik, sezgirlik, badiha, oqilona talqin va doimiy nazorat kabi jihatlarda namoyon bo`ladi. Badihago`ylik-odatda "maxsus tayyorgarliksiz bir zumda yaratilgan she`r (musiqa yoki qo`shiq) , yoki voqea, hodisa munosabati bilan to`satdan aytilgan musiqiy asardir" . Musiqiy ijodiyotda maxsus "badihago`ylik"ka asoslangan "aytishuv" janr, baxshilar san`atiga xos namunalar mavjud. Ustozona musiqa namunalari ijrochiligida "Badihago`ylik" o`ziga xos ko`rinishda shakllanib, ijro jarayonidagi talqin bilan bevosita bog`liq bo`ladi. Shuningdek, xonanda yoki sozandaning ijro vaqti, vaziyati doirasida kuyga yoki ashulaga o`zgacha yondashish va namudlar qo`shishi bilan xarakterlanadi. Bunda asosiy mezon ijrochilik amallaridan asoslangan holda olgan sabog`i, badiiy va musiqiy meros an`analari negizidagi teran bilimi, amaliy jarayon talqinidagi mahorati va ijro etayotgan musiqiy namunaga nisbatan ijodiy yondoshishi hisoblanadi. Ijrochilik sabog`i an`anaga ko`ra ustoz-shogird qabilida amalga oshirilgan. Odatda, har bir shogird ko`p yillar davomida (ijrochilik sirlarini puxta o`zlashtirguncha) o`z ustozi tarbiyasida bo`lgan. Soz chertish, ashula aytish, musiqiy merosni o`rganish, davralarda o`zini tutish kabi eng zarur jihatlarni mukammal o`zlashtirgan shogird ustozlarning o`ziga xos imtihonlaridan so`ng mustaqil faoliyat ko`rsatishga ijozat olganlar. Hayotda har bir sohani egallashda o`ziga xos ruhiy, ishqiy, ilmiy-amaliy pog`onalarni bosib o`tish taqozo etiladi. Bu o`rinda an`anaviy ijrochilikni o`zlashtirish va mohirlikka erishish jarayonini ramziy ma`noda tasavvuf ta`limotiga xos insonning ma`naviy kamolotga erishish yo`li asoslari bilan taqqoslab ko`rish mumkin. Biz O`rta Osiyo tasavvufining musiqa bilan hamnafas jihatlari misolida fikr yuritishni lozim ko`rdik. "So`fiylikka qadam qo`ygan har bir murid (yoki solih) Shariat, Tariqat, Haqiqat (ba`zan Ma`rifat-Haqiqat) kabi maqomlar silsilasidan o`tishi lozim bo`lgan. Bunda shariat tushunchasi ma`lum diniy qonun-qoidalar majmuasi hamda so`fiylikka boshlovchi dastlabki ruhiy holatni anglatgan. Bu holatni esa Tangriga bo`lgan ishq belgilaydi. Keyingi bosqich-tariqatda esa ma`lum xatti-harakatlar amalga oshirilishi ko`zda tutiladi. Tariqatda asosan 7 pog`ona mavjud bo`lib, ularni murid o`z piri- murshidining yo`l-yo`riqlari asosida o`tishi lozim bo`ladi. Xuddi ana shu 7 pog`ona esa arab tilida "maqam" (maqom) deb ataladi. "Tariqat maqomlari" iborasi ham shu asosdan kelib chiqqandir. Binobarin, Ilohiy ma`rifat va Haqiqatga erishmoq uchun ushbu maqomlarni bosib o`tishi shart bo`lgan" . Bundan kelib chiqadiki, I-daraja har tomonlama tayyorlanish, sozlanish-shariat, II-daraja saboq jarayonini-Tariqat (yoki ma`rifat Tariqat), III-daraja mukammallik, yetuklikni mustaqil faoliyat-Haqiqat-tarzida sharhlash o`rinli bo`lsa kerak. Musiqa ijrochiligi egallash jarayonini (sun`iy tarzda va nazariy tarkiblash maqsadida) bosqichlarga bo`lganimizda quyidagi manzaraning shohidi bo`lamiz. San`atning ilk qadamlarini inson qalbida shu sohaga "ishq" paydo bo`lishi va bu ishq san`atni ongli ravishda tushunish, unga qalban amal qilishga bo`lgan ishtiyoq, ularning asosida ma`lum harakatlar, anglash jarayoni sifatida aniqlab, uni Shariat, ya`ni I-bosqich bilan bog`lasak bo`ladi. Bo`lajak ijodkorning ushbu sohada ma`lum tushuncha hosil qilib, o`z faoliyatini san`atga bag`ishlab, shogirdlikni ravo ko`rib, ma`lum ustozdan saboq olishga jazm etishi, ya`ni ustoz-shogird (murshid-murid amali) sabog`i davri II-bosqichga to`g`ri keladi. Yuqorida keltirilgan yetuklik-III-bosqichga Haqiqat jarayonini, ya`ni mustaqil faoliyatda hofizlikning barcha sir-asrorlarini idroklagan holda mukammal ijro etish, "Hofizlik" bilan bog`lash mumkin. Bu jarayon bir qator omillarni o`zida mujassam etadi. Ulardan ayrimlarini quyidagi tartibda tasavvur etish mumkin: I II III A) Shariat Tariqat Haqiqat B) Ishq Shogirdlik Hofizlik C) Sozlanish Tayyorlanish Mukammallik D) Kirish-anglash 7 bosqichni o`tish Ijod-faoliyat Tariqat bosqichining o`zlashtirish zarur bo`lgan 7 pog`onasi mavjud bo`lgani kabi, barcha sohalar, shu jumladan ijrochilik ham ustoz-shogird sabog`i jarayoni bilan bog`liq va o`rganish lozim bo`lgan qator amallardan iboratdir. Ijrochilikning barcha ichki va tashqi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda lozim bo`lgan amallarni quyidagicha yondoshish bilan izohlashga urinib ko`ramiz: 1. So`z talaffuzi (she`riyatni bilish, kuy usuli va she`r vazni), ya`ni aruz ilmi. 2. Sozandalik san`atini egallash (cholg`u ijrochiligi, talqin mahorati). 3. Xonandalik san`ati (ovozdan to`g`ri va oqilona foydalanish. Tovushqatorning har bir pardasida lozim va xos sayqal va jilo berishga erishish. Hamnafaslik.) 4. Jo`r bo`lish san`ati (o`z-o`ziga jo`r bo`lish, o`zga xonandaga ma`lum cholg`uda jo`r bo`lish va jo`rnavozlik). 5. Ijro san`ati (har qanday shart-sharoitdagi ijro paytida o`zni idora qila bilish, an`anaviylik va badihago`ylik imkoniyatlaridan foydalanish tartiblari, ijro vaziyatini to`g`ri baholash). 6. Merosni o`rganish (saboq, og`zaki an`anadagi musiqa merosini o`zlashtirish, uni ilmiy idroklash, mavjud an`anaviy ijro uslublar bilan tanishish). 7. Talqin-tahlil, taqlid va talqin (mavjud an`analar bilan sug`orilgan xususiy o`ziga xos talqin yaratish). Ustoz-shogird an`analarida bu bilan birga odob-axloq, o`zini tutish va amal qilish lozim bo`lgan yoki sharoit taqozo etadigan o`ziga xos "amal"lar mavjud. Ustoz-shogird va shogirdlarning sabog` jarayoni haqida qator olimlarning fikr-mulohazalari mavjud. Xususan, XVasrda Hirotda yashab ijod etgan, Sharqning mashhur allomalaridan biri, axloq, tarix, tasavvuf, nujum, riyoziyot kabi sohalarda samarali ijod etgan Husayn Voiz Koshifiy o`zining "Futuvatnomai Sultoniy" nomli risolasida bu jarayonning (so`fiylar ijodi-amali misolida) ko`p qoida nizomlarini, murid-murshid, Pir- murid, ustoz-shogird amallarini yoritib bergan. Unda har bir tadbirning rukni, sujudi (sajdalari), farqi, intihosi, ma`nosi, odobi, axloqi, odati, shartlari, sarmoyasi, vazifasi, qonuni, ziynati, xislatlari, sifatlari kabi lozim bo`lgan o`nlab amallari haqida bayon etiladi. Ana shu manbaadan bir namud,-shogirdlikning amallari haqida quyidagicha yozadi: "Agar shogirdlikning binosi nimani ustiga quriladi, deb so`rasalar, irodat ustida, deb javob bergin. Agar irodat nimadir, deb so`rasalar, samo` va toatdir, deb aytgin. Agar samo` (eshitish) va toat nimadir deb so`rasalar, nimaiki ustoz aytsa, uni jon qulog`i bilan qabul qilish va vujud a`zolari orqali amalda ado etishdir, deb ayt. Agar shogird uchun nima yaxshi, deb so`rasalar, pok e`tiqod deb ayt, chunki faqat e`tiqod kishini murodiga yetkazadi" Ustoz-shogird an`analarining ko`p jihatlari ijrochilik san`atini egallash jarayonida tasavvuf ilmi bilan umumiy ekanligining guvohi bo`lamiz. Shu bilan birga ijrochilik san`atini egallashning izlanishlar bilan birga o`ziga xos tomoni ham mavjud. Chunonchi, shogird doimo amaliy izlanishda bo`lishi, muntazam mustaqil ijroga o`rganib borishi, doimiy tarzda davralarda ishtirok etishi, ustozi yonida, kerak vaqtda hamnafas yoki jo`rnavozlik qilishi taqozo etiladi. Ana shu mezon keyingi bosqich-mustaqil ijod davrida asos sifatida muhimdir. Musiqa esa she`riyatning murakkab uslublaridan hisoblangan, o`ziga xos ritmik tarkibga ega bo`lgan aruz vaznidagi namunalar bilan ijro etishga asoslangan. Asarning negizida so`z (aruz) vaznning kuy usuli bilan uzviy mushtarakligi va hamohangligi muhim omillardan biridir. Qolaversa-musiqiy kuy ma`lum she`riy asarga bog`lanadi, bastalanadi. Albatta uning mukammal tarkib topishida she`rning ham vazni, mazmuni kabi xususiyatlari asosiy mezon bo`lib xizmat qiladi. Ijrochilik azaldan musiqiy merosimizning turli janr xususiyatlari asosida, o`ziga xos shaklda yuzaga kelgan. Ularni ruhiy ta`siri, musiqaviy jonli ifodasi, tarkibiy va ijroviy jihatlaridan kelib chiqib, ijrochilik an`analarini F.M.Karomatov 3 guruhga bo`ladi. "Bular folklor (asliy xalqiy), xalq professional va og`zaki an`ananing eng rivojlangan professional ko`rinishi" Ustozona musiqa tarkibiga kiruvchi qismi-"og`zaki an`anadagi professional musiqa guruhi hamma joyda (kontsertlarda) aytiladigan, bir ovozli ko`rinishga ega bo`lgan, tarkibiy-kuy jihatidan nisbatan eng rivojlangan, aytim (vokal)-cholg`u asarlari, (alohida o`zining ifodali ta`siridagi-monumental-yirik) turkumli asarlarni o`z ichiga oladi" Yuqorida zikr etilgan barcha guruhlar bir-biri bilan uzviy bog`liq holda zamon nafasi bilan hamohang rivojlanish jarayonini o`tagan. Ijrochilar atalmish "an`analar"ning davomchilari musiqa san`atining rivojiga o`z ta`sirlarini ko`rsatganlar. Ijrochilikning tarixiy rivojlanish jarayoni mahalliy zonalar miqyosida, ma`lum guruhlar doirasida va mustaqil ijod asosida vohaviy, guruhiy va shaxsiy ijrochilik yo`llari-uslublari shakllanishiga zamin yaratgan. Lokal zonalarga xos ijro uslublarda sheva, an`ana, janrlar kabi u yoki bu mahalliy yo`nalishning xarakterlovchi turli jihatlari asosiy omil sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxsiy ijro uslublarining yuzaga kelishida esa, ko`proq yetuk sozanda yoki xonandaning ijro talqini bilan bog`liq imkoniyatlari (ovoz, ijodiyot, badihago`ylik, ijro) tarbiyalanib, yetishib chiqqan ijrochilik maktabi an`analari, mahalliy uslublari va istiqomat qilib turgan joyning turli musiqiy va ijtimoiy an`analari muhimdir. O`zbek musiqa ijrochiligida ana shunday mezonlarni o`tab, xalqimiz ardog`ida yashab, musiqiy merosimizda o`rnak bo`la oladigan Ota /iyos , Ota Jalol, Domla Halim Ibodov, Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Hamroqul Qori, Madrahim Yoqubov, Erka Qori Karimov, Sodirxon Hofiz, Hojixon Boltaev, Jo`raxon Sultonov kabi bir qator ustozlar o`tgan. Ijrochilik san`ati, hofizlik darajalarining muqobil ko`rinishini ushbu ustoz san`atkorlarning ijodiy faoliyatida ko`rish mumkin. Shu bois ham ular va ularning ijodi doimo o`rnak va namunadir. Download 468.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling