Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilidagi nutq tovushlarining talaffuzida talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Darsning borishi.
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism:Salomlashish, yo’qlamaqilish, o’quvchilarnidarsgatayyorgarliklarinitekshirish.
II.O`tgan mavzuni mustahkamlash:
1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.
2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.
163-mashq. O‘qing.
QISHLOQLAR JAMOLI
Mumtozbek dadasi bilan qishloqqa mehmonga bordi. Dadasining do‘sti oilasi bilan yangi uyga ko‘chib o‘tishibdi. Bu mahalladagi hamma uylar bir xilda ekan. Ularda barcha qulayliklar muhayyo. Qishloqda yangi maktab, poliklinika, sport saroyi ham bor. Mumtozbek qishloqning chiroyiga havas
qildi.
Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni ko‘chiring. Yoniga so‘rog‘ini yozing.
Mumtozbek dadasi –kimning dadasi?
do‘sti – Kim?
Uylar – nimalar?
Maktab – qayer?
poliklinika, – qayer?
sport saroyi – qayer?
III.Yangi mavzu bayoni:
164-mashq. O‘qing. Gaplarning chegarasini aniqlang.
Davronboy oltiga kirgan. Omonboy yana bir oydan so‘ng to‘rtga to‘ladi , bu ikki aka-uka to‘glar etagidagi qishloqchada yashashadi.
Xudoyberdi To‘xtaboyevda
Yozing. Kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarning tagiga chizing.
165-mashq. O‘qing. K i m l a r ? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni aniqlang.
HUNARMANDLAR
Yurtimizda hunarmandlar juda ko‘p. Gilamdo‘zlar go‘zal gilamlar to‘qiydilar. Kulollar chiroyli idishlar yaratadilar. Zargarlar nafis
taqinchoqlar yasaydilar. Ularning mehnati qadrlanadi.
Yozing. Gap kimlar haqida aytilganini bildirgan so‘zlarning tagiga chizing.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi: so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi.
Mavzu yuzasidan o’quvchilarga tarqatmalar berilib savol javoblar o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |