Mavzu: So‘zning shakli va grammatik ma’no
Intonatsiya
|
uning asosiy komponenti bo’lgan melodiya (ohang) grammatik ma’noni ifodalashda xizmat qiladi. Masalan, U keldi (tushuvchi ohang – darak gapda), U keldi? (ko’tariluvchi ohang – so’roq gapda), U keldi! (ancha baland ohang – undov gapda) va so’zlovchining his-hayajon, ehtirosini ifodalovchi past yoki baland ohang qo’llanishi mumkin. Musiqiy ohangga ega bo’lgan tillarda (xitoy, tay, vyetnam, koreys) ohang grammatik ma’noni farqlashda ko’proq xizmat qiladi. Masalan, Alyaskadagi takelama qabilasi tilida “hi1a” so’zi tushuvchi ohang bilan aytilsa “qo’shiq”, ko’tariluvchi ohangda talaffuz etilsa, “qo’shiq aytmoq” (fe’l) ma’nosini ifodalaydi. |
7) Morfologiyada soʻzning grammatik turkumlari va morfologik kategoriyalar, soʻz shakllari, sintaksisda esa soʻz shakllarining gap tarkibida oʻzaro birikish yoʻllari, ran va uning kategoriyalari, gapning tuzilish turlari bayon qilinadi.
8) Agglyutinativ tillar (lot. agglutino – qo‘shilish) – so‘z o‘zagi yoki negiziga qo‘shimchalar qo‘shilishi (ulanishi) natijasida yangi so‘zlar hosil bo‘luvchi tillar. Agglyutinativ tillarda so‘zning o‘zak yoki asosini o‘zgartmagan holda qo‘shimchalar qo‘shish bilan ma’lum so‘z va shakl yasaladi, har bir qo‘shimcha muayyan ma’no va vazifa bilan qatnashadi. Masalan, uch-uvchilari-mizga. Turkiy tillar (xususan, o‘zbek tili), fin-ugor tillari agglyutinativ tillar hisoblanadi.
9) Flektiv tillar – grammatik, baʼzan leksik maʼnolar fleksiya yoʻli bilan ifodalanadigan tillar; lingvistik tipologiya, tillarning morfologik tasnifidagi asosiy tushunchalardan biri. Flektiv tillar tushunchasi 1809 yilda nemis olimi F. Shlegel tomonidan fanga kiritilgan. U som tillari, gruzin tili va baʼzi hindevropa tillarini Flektiv tillar qatoriga kiritadi. Flektiv tillar 2 ta, odatda, oʻzaro kesishuvchi ichki va tashqi fleksiyali guruhlarga boʻlinadi.
Tashqi fleksiya (fuziya – asos bilan affiksni ajratish, farklash qiyin boʻlgan holat), affikslardan farqli ravishda, koʻp maʼnolilik (masalan, "rukoy" shaklidagi "oy" morfemasi bir paytning oʻzida jins (jenskiy), son (birlik) va kelishik (tvoritelniy) maʼnolarini ifodalaydi), shuningdek, asos bilan mahkam bogʻlanganlik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ichki fleksiyada morfema tarkibidagi unlilarning shartlanmagan urin almashinuvi grammatik maʼnoga ega boʻladi: nemis tilida geht – bormoqda, ging – bordi, der Gang – borish; arab tilida qatala - (u) oʻldirdi, qutila – oʻldirilgan, qattol – oʻldiruvchi. Ichki fleksiya mexanizmi, ayniqsa, feʼl morfologiyasida, som tillarining feʼl turkumida yaqqol namoyon boʻladi. Fleksiya tilda aksar hollarda maʼno ifodalashning boshqa vositalari bilan birikkan holda boʻladi.
10) Sintaksis (yun. syntaxis - tuzilma, tartib, birikma) - 1) nutq birliklarini shakllantirishning muayyan tillar uchun xos boʻlgan vositalari va kridalari majmui; 2) grammatikaning soʻzlarni soʻz birikmalari va gaplarga, sodda gaplarni esa qoʻshma gaplarga birikish usullarini oʻrganuvchi, soʻz birikmalari va gaplarning tuzilishi, maʼnosi, oʻzaro taʼsirlashuvi hamda vazifalarini tadqiq etuvchi boʻlimi. "Sintaksis" termini soʻz birikmalari va gaplarni hamda ularning tilda qoʻllanishini qamrab oluvchi grammatik qurilish maʼnosini ifodalash uchun ham ishlatiladi. Tilning grammatik qurilishida sintaksis juda katta ahamiyatga ega, chunki uning tarkibiga bevosita kishilarning muomala muloqot jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi sodda gap va qoʻshma gap kabi til birliklari kiradi. Sodda gap muayyan voqea - hodisani, qoʻshma gap voqea - hodisalar orasidagi aloqa munosabatni, gap boʻlagi esa voqea - hodisa unsurlarining vazifalarini ifodalaydi.
Topshiriqlar:
1-variant: Matnni o’qing, gaplarni sintaktik tahlil qiling.
Ota-bobolarimiz, momolarimiz bizga yoshligimizdanoq ozodalik, pokizalik, saranjom – sarishtalik, halollik va harom-xarish haqida yetarli tushunchalar, ma’lumotlar berib, ularni imkoniyat darajasida o‘ziga xos pand-u nasihatlar bilan ongimizga singdirishga uringanlar. Eng asosiysi, bu borada o’zlari betakror ibrat namunasini ko’rsatishgan. Axir, qush inida ko’rganini qiladi deb, bejiz aytishmagan. Mana, ulardan bizgacha yetib kelgan ibratomuz pand-u nasihatlardan ayrim namunalar: “Bolam, ariqdan oqayotgan suvga aslo tuplama, axlat tashlama, gunohi azim bo’ladi”; “Nonning uvog’ini oyoqosti qilma, toptama, ko’zing ko’r bo’lib qolishi mumkin”; “Ostonasi saranjom – sarishta joyda farishta bo’ladi”; “Uyingni ozoda, pokiza saqlayman desang, ostonangni ozoda tut”; “Onangni otangga bepardoz ko’rsatma” va shu kabilar.
Ota-bobolarimiz, momolarimiz – ega; bizga – vositali to’ldiruvchi; yoshligimizdanoq – payt holi; ozodalik, pokizalik, saranjom – sarishtalik, halollik va harom – xarish haqida – vositali to’ldiruvchi; yetarli – sifatlovchi aniqlovchi; tushunchalar, ma’lumotlar – vositasiz to’ldiruvchi; berib – fe’l kesim; ularni – vositasiz to’ldiruvchi; imkoniyat darajasida – miqdor – daraja holi; o’ziga xos – sifatlovchi aniqlovchi; pand-u nasihatlar bilan – vositali to’ldiruvchi; ongimizga – vositali to’ldiruvchi; singdirishga – vositali to’ldiruvchi; uringanlar – fe’l kesim.
Eng asosiysi – kirish so’z; bu borada – vositali to’ldiruvchi; o’zlari – ega; betakror – sifatlovchi aniqlovchi; ibrat namunasini – vositasiz to’ldiruvchi; ko’rsatishgan – fe’l kesim.
Axir, qush inida ko’rganini qiladi deb – vositasiz to’ldiruvchi; bejiz – ravish holi; aytishmagan – fe’l kesim.
Mana – kirish so’z; ulardan – vositali to’ldiruvchi; bizgacha – vositali to’ldiruvchi; yetib kelgan – sifatlovchi aniqlovchi; ibratomuz – sifatlovchi aniqlovchi pand-u nasihatlardan – vositali to’ldiruvchi; ayrim – sifatlovchi aniqlovchi namunalar – ot kesim.
2-variant: Matnni o’qing. So’zlarni asos va qo‘shimcha qismlarga ajrating. Ular haqida fikr yuriting.
U butun nutqini Istiqlolga muhabbat uyg’otishga qaratdi:
— Istiqlol! Mustaqillik. “Ollohga ming qatla shukurlarkim, bu kunlarga ham yetishdik. Ko’chalarda jar solib: “Suyunchi!”, “Suyunchi!” deb uyma-uy yuradigan zamon keldi!
Muxtoriyat!..Oh-o!.. Bunga yetmoq niyatida ne-ne kurashlar bo’lmadi? Ne-ne asl farzandlarimiz jonlarini fido qilib, qurbon bo’lib ketmadilar. Istiqlolning bu qadar jon fido qilgulik ne sehri, ne mo’jizasi borki, asrlardan buyon insoniyat Istiqlol uchun, hatto bir quloch yeri bor xalqlar ham jon olib, jon berib kurashgan. Axir, bizning Turon yurtimiz go’zallikda ham, boylikda ham Xudoning marhamati yozilgan bir zamin emasmidi? Yillar bo’yi talanmadimi? O’zimiz qaytadan ega bo’lganimizga shukurlar! Muborak bo’lsin!
Alisher Navoiy “Oltin qafas” deb karomat qilganlaridek, qafasda parvoz bo’lmaydi! Qafasdagi qushning sudraluvchi jonivordan ne farqi bor, axir!
Yurt bosqinlari bizning qanotimizni qayirdi. Vaholanki, xalqimizning jahonga parvoz qilarli qanoti bor emasmi? Endi qayrilish bilmasin bu qanot? Iloho, omin!
(Shukrullo. «Tirik ruhlar»)
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling