Mavzu: So‘zning shakli va grammatik ma’no


Download 47.44 Kb.
bet3/8
Sana15.11.2023
Hajmi47.44 Kb.
#1777225
1   2   3   4   5   6   7   8
Affiksatsiya

so’zning o’zagiga yoki asosiga turli affikslarni (prefiks, infiks, suffiks, fleksiya yoki qo’shimchalar) qo’shish yordamida grammatik ma’noni ifoda qilish vositasidir. Turkiy tillarda, xususan o’zbek tilida prefiks faqat boshqa tillardan o’tgan so’zlarda uchraydi. Masalan, o’zbek tilida tojik tilidan olingan be- (bemalol, beminnat kabi), bo- (boadab), ba’zan ba- shaklida (badavlat) prefikslari ko’p qo’llanadi. O’zbek tilida -gina suffiksi erkalash va kichraytirish ma’nolarini ifodalaydi: yaxshigina, kichkinagina, shiringina kabi. Kelishik qo’shimchalari, ko’plik qo’shimchasi va fe’l shakli, zamoni va hokazo qo’shimchalar grammatik ma’noni ifodalashda keng qo’llanadi. Affiksatsiya ingliz, nemis, fransuz va boshqa tillarda ko’p tarqalgan.




Ichki fleksiya

so’zning o’zagi ichida unlilarning o’zgarishi yoki tovushning yo’qolishi. Turli grammatik vositalarni hosil qilishda va yangi so’zlar yasashda ichki fleksiya ishtirok etadi. Ichki fleksiya tashqi fleksiyadan, ya’ni so’z o’zagining oxiridagi grammatik ko’rsatkichlardan, masalan, son va kelishik kategoriyalari qo’shimchalaridan farq qiladi. Ichki fleksiya semit tillariga, xususan, arab tiliga xosdir. Masalan, k-t-b o’zagidan (“yozmoq”) ichki fleksiya vositasida kataba (“u yozdi”), kutuba (“u yozilgan”), kotibun (“yozuvchi”, “hattot”), kitabun (“yozilgan”). Ichki fleksiya yordamida kelishik shakllari yasaladi. Rus tili ichki fleksiyaga boy bo’lib, unda unlilarning almashinuvi ko’p uchraydi. Masalan, лежать, лёжа, ложиться, ходить, хождение, ход, ходячий kabi.





Reduplikatsiya

(lotin tilidagi reduplicare“ikkilantirmoq”) – so’z, uning o’zagi yoki boshlang’ich bo’g’inini qaytarish vositasida grammatik ma’noni ifodalashdir. U juda ko’p tillarda mavjud. Qaytarish yo’li bilan so’zlarning ma’nosi kuchayishi mumkin: ko’m-ko’k, qop-qora, sap-sariq kabi. Indonez tilida so’zlarni qaytarish vositasida ko’plik ifoda etiladi: sudara“o’rtoq”, sudara-sudara (sudara2) – “o’rtoqlar”, malaya tilida orang“inson, kishi”, orang-orang“insonlar, kishilar” kabi.




Qo'shish

so’zlarni va ularning elementlarini yangi so’z yasash uchun biriktirishdir. Masalan, o’zbek tilida gultojixo’roz, karnaygul, ishlabchiqarish, ishyoqmas kabi so’zlar ikki yoki uch so’zning qo’shilishidan yasalgan. Odatda bunday so’zlarni qo’shma so’zlar deb ataladi. Ba’zi qo’shma so’zlarning ikkinchi qismi turli affikslarni qabul qiladi va o’zgarishlarga uchraydi: hokimiyat, saryog’ (sariq yog’ birikmasining qisqargani), bugun – bul kun birikmasining qisqargani) va h.k. Ko’pgina qo’shma so’zlar va so’z birikmalari qisqartma so’zlar shaklida qo’llanadi: AQSH, mexmat (mexanika-matematika fakulteti), O’zMU, OAK (Oliy Attestatsiya Komissiyasi) kabi.






Download 47.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling