Mavzu: So‘zning shakli va grammatik ma’no


Download 47.44 Kb.
bet4/8
Sana15.11.2023
Hajmi47.44 Kb.
#1777225
1   2   3   4   5   6   7   8
Yordamchi so'zlar

sirasiga shunday so’zlar kiradiki, ular gapda biror bo’lak vazifasini bajarmaydi, lekin gapning mustaqil bo’laklari bo’lib kelgan so’zlarning grammatik ma’noni ifodalashiga yordam beradi. Yordamchi so’zlar biror narsani atamaydi, ya’ni nominativ funksiyani bajarmaydi. Yordamchi so’zlarga artikl, predlog (rus, ingliz, nemis va boshqa tillarda), yuklama, yordamchi fe’llar va bog’lovchilar kiradi. Artikl otning belgisi bo’lib, uning turlanishi, qaysi rodga tegishli ekanini ko’rsatadi. Masalan, nemis tilida der, das, die artikllarining qo’llanishi otlarning rodiga bog’liq. Otning turlanishiga ko’ra nemis tilida artiklning shakli o’zgarishi mumkin:


bosh kelishik – der Mensch (odam)
qaratqich kelishigi – des menschen
tushum kelishigi – dem menschen
chiqish kelishigi – den Menschen


So’z tartibi

so’zlarga yangi ma’no beruvchi va gapning mazmunini o’zgartiruvchi vositadir. Gaplarda so’z tartibi ayniqsa affiksatsiya kuchsiz bo’lgan tillarda, jumladan, ingliz va fransuz tillarida katta ahamiyatga egadir. Ingliz tilida ot va sifatlardagi affikslar unchalik farqlanmasligi tufayli ularning gapdagi o’rniga ko’ra farqlash mumkin. Masalan, the arrived peoplekelgan odamlar (sifat), the people arrivedOdamlar keldi (fe'l). The arrived are the touristsKelganlar sayohatchilardir (ot).


Gapda so’zlarning tartibiga ko’ra gap bo’laklari va bu so’zlarning o’zaro aloqasi aniqlanadi. Hind-evropa tillarida so’z tartibi erkin hisoblanadi, ya’ni ko’pincha gapdagi so’zlarning o’rnini almashtirish mumkin. Masalan, The boys walked slowly up the hillBolalar vodiy tepasiga sekin chiqdilar. Slowly the boys walked up the hillSekin bolalar vodiy tepasiga chiqdilar. Up the hill slowly walked the boysVodiy tepasiga sekin bolalar chiqdilar. Bu misolni o’zbek tiliga tarjimasidan ko’rinib turiptiki, bu tilda ham so’z tartibi erkin hisoblanadi. Bu, ayniqsa, she’rlarda yaqqol namoyon bo’ladi. Ba’zi tillarda, xususan, hind, xitoy, vyetnam, indonez tillarida gapda so’z tartibini o’zgartirish katta ahamiyatga ega bo’lib, bu tillarda affiksatsiya grammatik ma’noni ifodalash vositasi sifatida qo’llanilmaydi. Affiksatsiya kuchli bo’lgan tillarda gapda so’zlar tartibi unchalik ahamiyatli emas. Gapda so’z tartibining o’zgarishi stilistik va mantiqiy jihatdan ahamiyatli bo’lishi mumkin.




Urg'u

so’zlarning grammatik ma’nosini farqlay oluvchi vosita bo’lib hizmat qilishi mumkin. Hind-evropa tillarida so’zlar va so’z shakllari urg’uning o’rniga ko’ra grammatik ma’nolari bilan farqlanadi. Masalan, rus tilida мукáun, мýкаazob, рукú (roditelniy padedj, yedinstvenniy chislo) qo'lрýки (imtnitelniy padedj mnojestvinniy chislo). Ingliz tilida `presentsovg’a, présenthozir bo’lmoq, im`portimport (ot), to ímportimport qilmoq. German, turkiy, hind tillarida urg’u so’zlarning grammatik ma’nolarini ifoda qilishda kamroq qo’llanadi. Masalan, o’zbek tilida olmá (meva)ólma (fe'lning buyruq shakli), atlás (mato)atlas (xarita kitob) kabi urg’uning o’rniga ko’ra farqlanuvchi so’zlar juda kam.






Download 47.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling