Mavzu: sport faoliyatidagi davrlar va ularning o'ziga hosligi


Sportda «uzoq yillar yashash» bosqichi


Download 55.77 Kb.
bet13/16
Sana16.11.2023
Hajmi55.77 Kb.
#1777719
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
24,SPORT FAOLIYATIDAGI DAVRLAR VA ULARNING O\'ZIGA HOSLIGI

Sportda «uzoq yillar yashash» bosqichi. Mashg‘ulot qanday tarz da o‘tkazilmasin, ertami yoki kechmi organizmning funksional va adaptatsion imkoniyatlari yosh o‘tishi tufayli pasaya boshlaydi. Bu chegara individual bo‘lib, juda ko‘p shart-sharoitlarga bog‘liq. Sportning ayrim turlarida (stayer yugurishi, chang‘i sporti, hatto og‘ir atletika va boshqalarda) sportchilar 40 yoshdan oshganlaridan keyin ham o‘sishda davom etgan hollar mavjud.
Shunday bo‘lsa ham mashg‘ulot jarayoni, yuksak darajadagi umumiy ish qobiliyatini, shuningdek, maхsus fazilatlar va malakalarni mumkin qadar uzoq vaqt saqlab turish uchun, odatda, 35–40 yosh orasida o‘zgaradi. Ilgari erishilganlar ham (ayniqsa teхnik va taktik tayyorgarlik bo‘limi bo‘yicha) ma’lum miqdorda takomillashtiriladi.
Mazkur bosqichda mashg‘ulotning mazmuni o‘zining хarakteri jihatidan yildan-yilga umumiy jismoniy tayyorgarlikka yaqinlasha boradi. Musobaqalarning roli va o‘rni kamayadi. Yuklamalarning o‘sa borish holati endi faqat uncha ko‘p bo‘lmagan vaqt doirasida saqlanadi va faqat mashqlarning ayrim guruhlarigagina taalluqli bo‘ladi. Shunga muvofiq mashg‘ulot jarayonining tuzili shi ham qayta ko‘rib chiqiladi. Davrlar o‘rtasidagi chegaralar go‘yo yo‘qolib ketgandek bo‘ladi.
Yengil atletika turlarning texnikasini o`rgatish va uni takomillashtirish trenirovka prosesining tarkibiy qismidir.Yengil atletika ayrim turlari texnikasini o`rgatish metodikasining umumiy asoslari qo`yida bayon etilgan. Ulardan eng muximlari o`rganilayotgan texnika to`g`risida tasavvur xosil qilishning to`g`ri harakat qilish va to`g`ri faoliyat ko`rsatishni amalda bo`lishni baholashning xatolarni aniqlash va ularni to`zatishning metodlari va vositasidir.
O`rgatish metodlari. Sport texnikasini o` rgatish uchun o`qituvchu uchtaasosiy metoddan foydalaniladi.
1. Tushuntirish
2. Kursatish
3. Jismoniy yordam berish
Bu metodlarning asosiy vazifasi to`g`ri harakat tasavvurini xosil qilish,harakatni bilib olishga yordam berish,xatolarni ko`rsatish va ularni to`zatishdir.
Sport texnikasini o`rgatish metodlarining har qaysisi o`zining ijobiy tamonlari borligiga qaramasdan tez va samarali o`rgatishni to`la-tukis ta`minlay olmaydi.
So`z metodi va undan foydalanish. Sport texnikasini o`rgatishda so`zning roli juda katta. Lekin so`z bilan murakkab faoliyat xaqida , harakat tezligi xaqida, qancha kuch sarflash xaqida , inersiya elementlari va boshqalar xaqida tasavvur xosil qilish qiyin.
Asosiy rol uynaydigani amaliy mashg`ulotlar vaqtidagi tushuntirishdir. Bunda o`quvchi u yoki bu harakatni bajarishga intiladi. Keyin kursatma olib kerakli harakatni qayta bajarishga o`rinib kuradi. Oddiy tushuntirish bilan obrazli tushuntirish ham qo`llaniladi. Texnikani o`rgatish va takomilashtirish prosesida o`rganilayotgan mashqni bajarishdan oldin va uni bajarish paytida eslatish va aytib turish muvaffaqiyatli qo`llaniladi. Sport texnikasini o`rgatish vaqtida natijasini tahlil qilib turish kerak. O`qituvchining sportchi bilan suhbati o`rgatish natijalarini baholashga o`quvchining harakat to`g`risidagi tasavvurini amalda bajarishi bilan takrorlashga uning texnikasini qanday tushunishiga imkon beradi.

Download 55.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling