Mavzu. Sport fiziologiyasiga kirish


Fiziolgiya eksperimental fan


Download 40.12 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi40.12 Kb.
#1572144
1   2
Bog'liq
1-mavzu (2) 113504

Fiziolgiya eksperimental fan. Uning asosiy qoidalari
tajriba yo‘li bilan topilgan aniq faktlarga asoslanadi. Bu bilan
fiziolog organizmda nima ro‘y beryapti degan savolga javob berib
qolmay, balki, u yoki bu fiziologik jarayon qanday qilib va nima
uchun sodir bo‘layotganini va qaysi mexanizmlar orqali
boshqarilayotgani haqidagi savolga javob berishga intiladi (buning
uchun esa tajriba va yana tajribaga tayanadi...)
Organizmda biron-bir organ funksiyasi yoki ahamiyatini bilish uchun fiziolog shu organga butunlay yoki uning biror qismini olib tashlash (ekstirpatsiya), yoki yangi joyga ko‘chirish (transplantatsiya) va bu operatsiyadan so‘ng qanday oqibatlar qo‘zg‘atilishini o‘rganadi. Bunday metodlar ayniqsa endokrits bezlar faoliyatini o‘rganishda qo‘l keladi. Denervatsiya metodi u yoki bu organ faoliyatining ta’siriga nerv, sistemasining nechog‘lik bog‘liqligini bilish uchun shu a’zoga boradigan nerv tolalari qirqib qo‘yiladi. Gavdaning ichkarisida joylashgan va shuning uchun bevosita kuzatib bo‘lmaydigan ba’zi organlar faoliyatini o‘rganish maqsadida fistula metodikasi qo‘llaniladi.
Fiziologiyaning rivojlanishiga oid qisqacha ma’lumotlar: Fiziologiyaning paydo bo‘lishi qadim davrlardan betob organizmni tushunish, unga yordam berish uchun avvalom bor tana tuzilishini bilish, a’zolarning qanday funksiyalarga yo‘naltirilganligini
aniqlash zarur edi. Bu borada YUnon, Rim, Xitoy, Hindiston, Misr shifokorlari va olimlari funksiyalar to‘g‘risidagi ilk tushunchalarga asos solganlar. Jumladan, Giprokrat (Buqrot), Aristotel (Arastu), Galen (Jolinus) va boshqalarni eslatish
mumkin.
Gippokrat - (460-377) tibbiyot, falsafa, etika va boshqa fanlarga katta hissa qo‘shgan. U insonlarning xulq-atvoriga, his-tuyg‘u, hatti-harakatlariga ko‘ra 4 xil mijozga bo‘lgan va bu keyinchalik I.P.Pavlov tomonidan chuqur ilmiy tekshirishlarda tasdiqlandi. Gippokrat birinchilar qatorida shifokorning odob - ahloqi, etika, bemorlarga bo‘lgan munosabati, tashqi va ichki qiyofasi qanday bo‘lishi to‘g‘risida o‘z fikrlarini yozib qoldirgan. Uni chindan -ham tibbiyot asoschisi deyish mumkin.
K.Galen (134-211). Rim vrachi va tabiatshunosi, fiziologiyani chuqur o‘rgandi, chunki u organizm tuzilishi faoliyatini aniq bilmay turib, kasallikni aniqlash, bemorni davolash mumkin emas, degan aniq fikrni bildirgan. Tibbiyot va biologiyaga kiritgan tajriba
metodi Galenning buyuk xizmatlaridan biridir. K.Galenning qon harakati to‘g‘risidagi bu xato fikrlari 15 asr mobaynida hukmron bo‘lib keldi. Buning sababi, o‘rta asrlar ovrupada turg‘unlik va tushkunlik davri bo‘ldi. Ilmiy soxani yoqlab chiqqan ko‘plab olimlar
quvg‘in qilingan. Aksincha bu davrda SHarq mamlakatlarida ilm va
fan juda rivojlangan. Ayniqsa hozirgi Markaziy Osiyo davlatlari
xududidan chiqqan va jahonga tanilgan ko‘pgina olimlar yashadi va
ijod qildi. Abu Nasr Muxammad Al Farobiy (873 yilda
Sirdaryoning bo‘yida joylashgan Farob qishlog‘ida tug‘ilgan). Uning
160 dan ortiq falsafaga, musiqa nazariyasiga va tibbiyotga oid
asarlari mavjud. Al - Farobiyning shifokorlik faoliyati
to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘q. Biroq u tibbiyotga juda qiziqqanligi anatomiya va fizyologiyadan xayratlanarli darajada bilimli bo‘lganligi haqida ma’lumotlar bor. Olimning odam organizmi funksiyalarining boshqarilishida miya va uning markazlarning ahamiyati, kattaligi haqida taxminlarga ega bo‘lgan. Bemorni davolash uchun shifokor 2 ta muhim narsani bilishi, ya’ni umumiy nazariyani yaxshi bilishi va ikkinchidan kasal va sog‘lom odamlarni ko‘plab kuzatib, tajriba orttirishi kerak deydi. Al-Farobiyning bu so‘zlari hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas.
SHarq olimlarining yana byr buyuk namoyondasi Abu Ali Ibn Sinodir. Uning «Tib qonunlari» asari tibbiyotni o‘rganuvchi talabalarning asosiy qo‘llanmasidir. «Tib qonunlyori» 5 jilddan iborat bo‘lib, tibbiyot nazariyasiga inson organizmining boshdan oyog‘igacha tuzilishi, kasalliklari, ularning oldini olish va davolashga oid ma’lumotlar majmuasidir.
Fiziologiyaning fan sifatida maydonga kelishi XVI asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu davrda feodalizmdan kapitaliemga o‘tish davri edi. Ana shu davrda N.Kopernik tomonidan Erning Quyosh atrofida harakatlanishi, Nyutonying butun olam tortishiti qonuyi, Vezaliy birinchi bo‘lib, odam tanasining tuzilishi xususiyatlarini yoritdi. Fiziologiyaning fan sifatida oyoqqa turishida ingliz vrachi va fiziologi O‘ilyam Garveyning 1628 yilda yozgan «Hayvonlarning yurak va qon aylanish harakatlariga oid anatomik tekshirishlar» nomli genial asari bo‘ldi va bunda qon aylanish doiralarining mavjudligi haqidagi kashfiyoti yoritilgan edi.
Italyan olimi M.Malpigi yopiq qon aylanish sistemasini isbotladi va yana u tomonidan qonning shakli elementlari, o‘pkaning alveolar tuzilishini va shuningdeq arteriyaning vena tomirlari bilan kapilyarlar orqali bog‘lanishi haqidagi kashfyyotlar yuzaga keladi.. Madomiki Garvey tomonidan bu narsa aniqlab berilgan emas edi.
R.Dekartning refleks tushunchasq haqidagi fikrlari XVII asrga kelib tan olindi va cheh olimi G.Proxaska bu sohani yanada rivojlantirdi. Fanga «Refleks» iborasini birinchi bo‘lib kirititdi. XVII asrning oxiri va XVIII asrga kelib fiziologa sohasida boshqa tadqiqotlar ortib bordi. Jumladan, D.A. Bore nafas harakatlarini mexanizmini, tomirlardagi qon harakatin o‘rganishga gidravlika qonunlarini tadbiq etdi. L.Galvani biotoklarni kashf etdi.
XIX asrga kelib fiziologiya mustaqil fan sifatida juda yirik muvaffaqiyatlarga erishdi, chunki bu vaqtga kelib, boshqa fanlarda katta kashfiyotlar ochilgan edi. Energiyaning saqlanish va o‘zgarish qonuni, hujayraning kashf etilishi va organik olamning rivojlanish nazariyasi yaratilganligi shular jumlasidandir.
XIX asr boshlarida orqa miya refleqslari o‘rganildi va
refleks yoyi analiz qilindi. B. Mojandi va Myuller markazga
intiluvchan va markazdan qochuvchi tolalarning orqa miya
ildizlarida tarqalishini aniqladi. Mojandi qonuni - oshqozonga
operatsiya yo‘li bilan fistula metodi yo‘lga qo‘tshldi.
Rossiyada Basov tomonidan (1848) 1863 yili I.M.Sechenov tomonidan «Bosh miya reflekslari» nomli genial asarini yozishi orqali oliy nerv faoliyati fiziologiyasiga asos soldi. Fiziologiyaning bu sohasini keyinchalik Y.P.Pavlov rivojlantirdi. Pavlov o‘z shogirdlari bilan birgalikda bosh miya katta yarim sharlari po‘stloqlarida sodir bo‘ladigan asosiy protsesslarni o‘rganadi, miya po‘stlog‘i organizm bilan muhit o‘rtasidagi munosabatning, eng murakkab formalarini va barcha organ to‘qima va xujayralarining funksiyasini biriktirib nazorat qilib turishini eksseriment yo‘li bilan isbotladi.
I.P.Pavlovning ovqat hazm qilish fiziologiyasiga doir ilmiy ta’limoti butun dunyo fiziologiya fanida inqilobiy o‘zgarishga muvaffaq bo‘ldi va bu ishlarning natijasi o‘laroq xalqaro Nobel, mukofotiga sazovor bo‘ldi. XX asrga kelib ichki organlarning funksiyalarini va ularning boshqarilishini o‘rganishda katta yutuqlarga erishildi. Jumladan, yurakning ishlash qonuniyatlari, bo‘yicha Starling, Samoylov, nafas mexanizmlari va gazlarning, qonda tashilishini Veriga, Barkroft, Xolden, Krens, ovqat xazm qilish jarayonlari bo‘yicha I.P.Pavlov London, Babin, Razenkov, Bikov, Beyliss, Ugolev va boshqalar vegetativ nerv sistemasi xaqidagi ta’limot bo‘yicha Gaskele, Kennon, Mislavsksy, Orbeli nerv sistemasining fiziologiyasi bo‘yicha SHerrengton[, Vvedinskiy, Uxtomskiy, Aratyan, Anoxin va boshqa ko‘plab olimlar shug‘ullanishgan.
Asrimizning boshlarida Moskva Peterburg, Kiev, Qozon kabi, yirik shaharlarda fiziologik markazlar mavjud edi. 1921 yilda Toshkentda Turkiston Dorilfununi tashkil topishi O‘zbekistonda fiziologiyaning rivojlanishnga turtki bo‘ldi. Bu davrda E.F.Polyakov, I.P.Mixaylovskiy, A.F.Izrail, A.S.SHatalina, N.V.Danilov, YU.YUnusov, A.X.Xoshimov, A.S.Sodiqov, G.F.Korotko, YU.A.SHerbakov, K.R.Raximov, U.Z.Qodirov, M.K.Mirzakarimov, A.Z.Tursunov, E.SMaxmudov, Xayridainov, Axmedov, Xojimatov va boshqa ko‘plab maxalliy fiziolog olimlar etilib chiqdi va fiziologichning turli yo‘nalishlari bo‘yicha samarali izlanishlar olib borishdi va katta yutuqlarga erishdi.
Download 40.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling