Mavzu: sport maktablari va markazlari faoliytini tashkil qilish


Download 491.05 Kb.
bet4/6
Sana24.01.2023
Hajmi491.05 Kb.
#1117739
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5263012096559293687

2.2. Sport tashkilotlari
O’zbekistonda sport tashkilotlari va sport jamiyatlari kasaba
uyushmalari jismoniy tarbiya - sport jamiyati «O’zbekiston», «Dinamo», «Mehnat o’rinbosarlari» va hokazo sobiq Ittifoq davridan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ijtimoiy-madaniy va aholining ishlab chiqarishdagi faoliyatlariga asoslangan holda sport jamiyatlarining nomlari »Spartak», «Burevestnik», «Mehnat», «Paxtakor», «Esh kuch» va boshqalar/ turli davrlarda /1936-1940, 1950-1957, 1987/ o’zgartirildi va ular birlashtirildi. Ular o’z taraqqiyoti tarixiga zgadir. Bu haqda to’la ma’lumotlarga ega bo’lish uchun esa R.Abdumalikov, T.T.YUnusov, A.K.Akramov va boshqalarning o’quv-uslubiy qo’llanmalariga
murojaat qilish kerak.
O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi davlat organi
sifatida
respublikada jismoniy tarbiya, sport, xalq milliy o’yinlarini aholining
kundalik turmushiga singdirish va ularga bevosita bog’liq bo’lgan qator tadbirlarni olib borish bilan shug’ullangan. Uning asosiy maqsadi va vazifalari alohida Nizomda qayd etilgan. Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo’yicha jamoatchilik asosida faoliyat ko’rsatuvchi sport jamiyatlari mavjuddir. Ular tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. Respublika Kasaba uyushmalari federatsiyasi qoshidagi «O’zbekiston» sport jamiyati. Bu jamiyat, asosan mehnat jamoalarida jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish bilan faoliyat ko’rsatadi. SHuningdek, uning tarkibida terma sport jamoalari, bolalar va o’smirlar sport maktablari mavjuddir.
2. «Dinamo» sport jamiyati. Bu jamiyat, asosan, ichki ishlar idoralari xodimlari va ular bilan bog’liq korxonalar, muassasalarda mehnat qiluvchilar bilan jismoniy tarbiya ishlari olib boradigan tashkilotdir.
23

3. «Yoshlik» sobiq «Mehnat rezervlari» va «Yosh kuch» sport jamiyatlari uyushmasi sport jamiyati o’z faoliyatini maktab o’quvchilari, «Talaba» sport uyushmasi, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari talabalari bilan ommaviy sport tadbirlarini o’tkazishda namoyon etadi.


4. «Vatanparvar» tashkiloti O’zbekiston mudofaasiga ko’maklashuvchi tashkilot sifatida o’quvchi-yoshlar va ishchilar orasida sportning harbiy- texnika bilan bog’liq turlarini tashkil etadi /parashyut, avto-motoklub, radio- texnika va hokazo/.
5. Markaziy harbiy sport klubi - maxsus sport klub sifatida faoliyat
ko’rsatib, u asosan harbiy tashkilotlarda sport ishlarini uyushtirish bilan faoliyat ko’rsatadi.
Keyingi yillarda o’z maqomiga ega bo’lgan futbol, karate, taekvondo, dzyu-do, kurash, turon kabi sport turlari bo’yicha maxsus sport uyushma (federatsiya)lari tashkil etildi.
Yuqorida qayd etilgan sport tashkilotlari va klublarning maxsus nizomlari, ustavlari mavjud bo’lib, ularda xaq-huquqlari to’la aks ettirilgan. Bu haqda keyingi boblarda batafsil so’z yuritiladi.

24



XULOSA

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017-yil 31-oktyabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni tanlash va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash hamda zamonaviy sport inshootlarini barpo etish masalalariga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi.


Ushbu yig’ilishda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so’zladilar va o’z nutqlarida shunday deydilar, mustaqillik yillarida bu borada keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug’ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Shahar va qishloqlarda zamonaviy sport komplekslari bunyod etildi. ―Umid nihollari‖, ―Barkamol avlod‖ va ―Universiada’’ musobaqalari yoshlarni ommaviy sportga, sog'lom turmush tarziga oshno qilish vositasiga aylandi.
Istedodli bolalarni tanlash va professional sportchilarni tayyorlash bo’yicha uzluksiz tizim yaratildi. Umumta’lim maktablari va bolalar sport majmualaridagi mashg’ulotlarda qobiliyati ko’zga tashlangan o’g’il-qizlar bolalar va o’smirlar sport maktablari, sport kollejlariga olinib, professional yondashuvlar asosida tarbiyalanmoqda. Buning natijasida mamlakatimiz sportchilari jahonning nufuzli musobaqalarida yuksak g’alabalarni qo’lga kiritib, xalqimiz salohiyatini butun dunyoga namoyon qilmoqda. Xususan, sportchilarimiz 2016-yili Braziliyada o’tgan Olimpiya o'yinlarida 13 ta, Paralimpiya o’yinlarida 31 ta medalga sazovor bo’lib, yurtimiz sporti tarixidagi eng yuqori natijalarga erishdilar[4].
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3 iyundagi ―Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida‖[5]gi qarori sohadagi yana bir muhim hujjat bo’ldi. Ushbu qaror bilan O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi qabul qilindi.
25



Download 491.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling