Mavzu: Sport metrologiyasida olchash obektlari Reja


Download 102.81 Kb.
bet4/5
Sana21.04.2023
Hajmi102.81 Kb.
#1370845
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sport metrologiyasida olchash obektlari

R q 65 - 54 q 11


Variatsiya koeffitsenti quyidagicha hisoblanadi.

Sportchining holatini uch turini bir holatdan ikkinchi holatga o’tish uchun zarur bo’lgan muddatga bog’liq farqlanadi.


1.Bosqichli (parmanet) holat, ya’ni nisbiy uzoq saqlangan holat-haftalar yoki oylar. Bosqichli holatning sport yutuqlarini namoyish etish imkoniyatlarini ifodalovchi kompleks harakatga tayyorgarlik, optimal (berilgan mashq tsikli uchun eng yaxshi bo’lgan) tayyorgarlik - sport formasi deyiladi. Ko’rinib turibdiki, bir kun yoki bir necha kun ichida sport formasi holatiga erishish yoki uni yo’qotish mumkin emas.
2. Bosqichli holat bir yoki bir qancha mashg’ulot ta’sirida o’zgaradi. Ko’proq (musobaqalarda) qatnashgandan keyin yoki biror bir mashqlarni bajarish bir necha kunga cho’zilsa, bu holatda sportchi o’zida oddiy yoqimsiz holat paydo bo’lishini sezadi. (masalan, muskullarni og’rishini), shunday va pozitiv (masalan, ish qobiliyatini oshirilgan holati). Bunday o’zgarishlar qoldirilgan mashg’ulotlar effektlar deb ataladi. Sportchining bosqichli holati trenirovka mashqlarining xarakteri va undagi yuklamalarning kattaligiga bog’liq.
Bosqichli kuzatish testi biro bir sportchini har xil vaqtda ko’rsatgan va hisobga olingan ko’rsatkichlarini solishtirish asosida o’tkaziladi.
Masalan: uning ko’rsatkichi 100 metrga yugurish bo’yicha kamaysa, bir vaqtda ko’rsatkich ham kamayadi. Keyingi ko’rsatkich esa etapli kuzatish testi bo’la oladi.
Sportchi ahvolini hisobga olish vaqtida solishtirish normasi emas, balki individual normasi ishlatilishi kerak.
Etapli kuzatish testlarini mustahkamligi ichki individual va individualaro o’zgaruvchanlikning o’zaro munosabati bilan aniqlanadi.
Agar ko’rsatkichlardagi individualaro farqlar test bo’yicha ko’p sportchilarniki yuqori bo’lsa va ko’rsatkichlar orasidagi farq kam bo’lsa, unda bu testning mustahkamligi juda katta bo’ladi.
Agar individuallararo farqlar yuqori bo’lmasa, balki ichki individual farqlar yuqori bo’lsa, unda bunday test bosqichli kuzatishga yaramaydi.
Bosqichli kuzatish hisobga olingan yutuqlarni musobaqali mashqlarda va testlarda mashq qilish davomida ma’lum bir bosqich boshida va oxirida mo’ljallaydi. Bosqichning cho’zilishi 2-5 kichkina tsikldan (20-10) kun, bir yilgacha o’zgarib turadi.
Ko’rsatkich tekshirishning analizi musobaqali mashqlarda va testlardagi ko’rsatkichning o’sish asosida o’tkaziladi, bu bir tomondan, ikkinchidan esa ayrim holdagi yuklamani qo’llanishining bosqichi uchun.
Buning uchun (maxsuslashtirilgan) yuklamalarni qo’llash va har hil yo’nalishdagi yuklamalar trenirovkani ko’rsatkichi va effekti bilan solishtiriladi.
Bu oddiy grafik yordamida yoki statik analiz metodi bilan o’tkaziladi. Solishtirish davomida yuklamalar zonasi va mashqlar aniqlanadi va bularning ishlatilishi esa sport rezultatini, ko’rsatkichlarni oshirishga olib keladi.
Sportchining holatidagi o’zgarishlarni aniqlash oson bo’lishi uchun.
Bosqichli kontrolni uyushtirishda hamma tayyorlov bosqichlarida bir xil testlarni ishlatish ko’zda tutiladi. Lekin har doim bunday testlardan foy-dalana olmaymiz.
Masalan: harakat juda yuqori tezlikda bo’lgan sportning turlarida (qisqa masofaga yugurish, nayza otish va boshqalar) sportchilar yil davomida (jarohat) olib qolish munosabati bilan ko’pgina kontrol mashqlarni juda yuqori tezlikda bajara olmaydi.
Bunday vaqtda etapli kontrol mazmuni har xil bosqichlarda o’zgaradi. Mana shu tayyorlov bosqichining asosiy vazifalarini qanchalik aniq echilishiga qarab testlar olinadi va baholanadi.
Masalan: kuchlilikni oshirish maqsadi bo’lsa, unda kuchlilik xarakter testlari qo’llaniladi.

BOSQIChLI KONTROLNING MAZMUNI


VA UNI TAShKIL QILISh.
Etapli kontrolni asosiy maqsadi ma’lumot yig’ish va analiz qilish, bosqichli planlashtirish uchun kerak bo’lgan sportchining kundalik holatini o’zgarishini aniqlash. Sababi har xil darajali tiklanish, keyingi o’tkazilgan mashqlar og’irligi va emotsional uyg’onishdir.
Bosqichli kontrolni ertalab uyqudan keyin yoki mashqli darslar boshlanishidan oldin o’tkazish kerak va uning ko’rsatkichlariga qarab darslarni planlashtirish kerak.
Bosqichli kontrol testlarining axborotliligi ularning har kungi dinamikasining keyingi kriteriyasini solishtirish asosida aniqlanadi:
1. Kompleks testlardagi muvaffaqiyat ;
2. Bajarilayotgan mashqlar og’irligining xarakteristikasi.
Birinchi holatda sportchining bir qancha testlar bilan har kuni hisobga olinayotgan ko’rsatkichlaridir. Mana shu ko’rsatkichlarning dinamikasi bir xil yo’nalishda bo’lishi mumkin. Mana shu holatda gruppadagi (bo’lim-dagi) testlardan birortasini tashlash kerak va uni bosqichli kontrol uchun ishlatish kerak. Rasmda 10 kundagi ikki ko’rsatkich kuchi dinamikasi berilgan.
Sportchilardan bittasining (yuqoridagi grafik) ikkala ko’rsatkichda bir xil yo’nalishdagi o’zgarishning aniq tendentsiyasi ko’rinadi. Shuning uchun bosqichli kontrol uchun bittasini qoldirish mumkin (masalan, qaysi birini engil o’lchash uchun).

Ikkinchi holatda testlar ko’rsatkichining dinamikasi og’irlikning ko’rsatkichi bilan solishtiriladi. Ko’proq axborotli hisoblanadigan testlar, qaysiki mashqli vazifani bajarishdan keyingi ko’proq o’zgarish darajasi ko’rsatkichi hisoblanadi.


Masalan: tezlik kuchli xarakterli yuklamalardan keyin (sakrash, tezlik mashqlari) bo’shashgan muskullarning qattiqligi oshiriladi. (Bu ko’rsatkich bosqichli kontrol testi bo’lishi mumkin).
Mana shu kontrol turi uchun keyin o’lchash talab qilmaydigan protse-duralar testi qo’llanishi to’g’ri bo’ladi. 5 kunning birida o’tkaziladigan qayta o’lchash dispertsiyasi kundalik o’lchash dispertsiyasi ko’rsatkichidan kamroq bo’lishi, bosqichli kontrol testining ishonchliligiga bog’liq. Masalan: agar qayta o’lchash tebranish - 5kg. bo’lsa, testning kuchliligi ishonchli bo’ladi va tebranish kuchi kundan kunga - 50kg. bo’ladi. Tablitsada bir qancha bosqichli kontrol testining ishonchliligining ahamiyati keltirilgan. Ko’rinib turibdiki ikkita test 6 ta sportchi uchun ishonarli bo’lib chiqdi. (Oyoqning egilish kuchi va yorug’likdagi tezlik vaqti) ayrim sportchilarda katta emas ( Ch II q 0,24-0,49 ), boshqalarda juda katta ( Ch II q,80-0,84).



Download 102.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling