Mavzu: sport tayyorgarligining musobaqalarda tutgan o`rni reja


Download 25.72 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi25.72 Kb.
#1566959
  1   2
Bog'liq
SPORT TAYYORGARLIGINING MUSOBAQALARDA TUTGAN O`RNI


MAVZU: SPORT TAYYORGARLIGINING MUSOBAQALARDA TUTGAN O`RNI
Reja:

  1. Musobaqa sportni asosiy mazmuni

  2. Musobaqa faoliyati

  3. Sportchini musobaqalarda ishtirok etish

Sport natijalari har doim ko‘p omillik hodisadir (bu esa ko‘pgina sabablarga bog‘liq). Jamiyatdagi sport natijalari taraqqiyotiga ta’sir etuvchi omillar bo‘lib hisoblanadi.


1) Sportchining individual talanti va yuqori natijaga tayyorgarlik darajasi.
2) Sportga tayyorgarlik tizimining samaradorligi, uni mazmuniga, taxlil etilishiga va material - texnik tomondan ta’minlanganligiga.
3) Sport harakatining kengligiga va uni rivojlanishining umumiy ijtimoiy sharoitlariga bog‘liq.
Sport musobaqalarining xususiyatlarini o‘rganish, sport sohasidagi mutaxassislarni qiziqtirib kelgan va hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Birinchidan - musobaqa sportni asosiy mazmunini tashkil etadi.
Ikkinchidan - sport musobaqalari, sport mashg‘ulotidan genetik va bo‘ysunishi bo‘yicha “Kattadir”. Ma’lumki, inson ma’naviyati va madaniyatini rivojlanishida, har xil yakkama yakka kurash va sport elementlari o‘rtasida o‘yinlar birinchi bo‘lib tashkil topgan. Keyinchalik esa ularni shakllari, uslublari va elementlari tashkil topa boshlagandan keyin tayyorgarlik ko‘rash yo‘llari aniqlana boshlandi. Hozirgi kunda sportda bu yo‘nalishni ko‘p soxasi bo‘yicha sportchilar tayyorlashni ilmiy asoslangan tizimi tashkil qilinib sport mashg‘ulotlarini ham o‘z ichiga oladi.
Uchinchidan - sport musobaqalari sportchining jismoniy taktik-texnik imkoniyatlarini, zaxiralarini va sport jamoasini imkoniyatlarini aniqlashda “Poligon” bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun faqat musobaqa vaqtida psixologik qarama-qarshiliklarni еngish uchun raqobatchilik hosil qilinadi hamda sportchini musobaqa faoliyatini psixologik strukturasi aniq-lanadi. Musobaqalar tizimi o‘z ichiga bir qator ofitsial va ofitsial bo‘lmagan musobaqalarni birlashtirib, sport faoliyatini nisbatan alohida shakl sifatida tashkil qiladi. Bular ma’lum tartibda o‘zining masshtabi, ahamiyati, sportchini tayyorlash bosqichlari va boshqa sharoitlariga qarab bo‘linadi.
Musobaqalarda asosiy o‘rinlarni absolyut birinchiliklar (shaxsiy va jamoa) dunyo va olimpiada o‘yinlari ham egallaydi. Bunday asosiy maqsadga yo‘naltirilgan musobaqalar sportchini tayyorlashga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra, mashg‘ulotning ayrim boskichlari rejalashtiriladi, yuqori sport natijalarga optimal ravishda tayyorlash vaqti va boshqalar aniqlanadi. Boshqa ko‘pgina musobaqalar tayyorgarlik uchun o‘tkaziladi. Sport mashg‘ulotlarini umumiy vaqtidan 10-15% musobaqa vaqtini aniqlaydi.
Musobaqa faoliyati - bu tartiblashtirilgan raqobat bo‘lib, o‘z qobiliyatini ob’ektiv ravishda solishtirish va maksimal darajada natija ko‘rsatilishini ta’minlash hamda tartibga solishdir. Bu bir qancha maxsus xususiyatlarga ega:
1. Musobaqa tizimida raqobatni oshib borish darajasiga qarab hamda yutuqqa bo‘lgan talabga nisbatan (dastlabki va ofitsial musobaqalarda) faoliyatini tashkil qilishga.
2. Musobaqa o‘tkaziladigan vositalarni amalga kiritishda sportchini faoliyati, shart-sharoiti va yutuqlarini baholash yo‘llarini tartiblashtirish, ma’lum qoidalar hamda musobaqani umum me’yorlari bilan mustahkamlanadi.
3.Musobaqalashuvchilarni xulqini va o‘zini tutish tartibiga ham bog‘liq.
Sport musobaqalari his-hayajon holatidagi ko‘rinishda bo‘lib hozirgi kunda 100 dan ortiq sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi. Har qaysi sport turi, musobaqa o‘tkazish uchun o‘zining metodik xususiyati, qatnashish sharti, o‘tkazish qoidasi va g‘oliblarni aniqlash va boshqa talab qiladi.
Musobaqa qisman, sportchini tayyorlash tizimiga kiradi, chunki faqatgina shaxsiy sport tayyorgarligiga ega bo‘lmasdan, ijtimoiy vazifalarni hisobga olgan (targ‘ibot, ko‘rgazmalilik va b.q.) holda ham tashkil qilinadi.
Sport musobaqasi - o‘yin shaklida raqobat qilish shakli bo‘lib, jismoniy tayyorgarligi, harakat malakasi va mashqlarni bajarish san’ati yoki o‘ylash va tafakkur qilishni rivojlantirishni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Yosh sportchilardan tortib mahoratli sportchilargacha musobaqa juda muhim ahamiyat kasb etadi. Musobaqalarga qatnashmay turib sport faoliyati xaqida gapirmasa ham bo‘ladi. Musobaqalar - sportchilar uchun, rag‘batlantiruvchi omil hisoblanadi va shu paytning o‘zida sportchidan yuklamani tobora oshirib borish, irodani tarbiyalash, sport kurashiga o‘rganish va mashq jarayonini nazorat qilishga o‘rgatadi. Sportchining musobaqalarda ko‘p qatnashishi shunchalik tajribaga ega bo‘lishligini amaliyot ko‘rsatib turibdi. Negaki sportning barcha turlari bo‘yicha bellashuvlar soni ortib ketdi. Masalan, yuqori mahoratli velosipedchi, sprinter yil davomida 200-250 martadan musobaqaga chiqadi.
Malakali suzuvichlarning musobaqa tayyorgarligi kun tartibi ham tig‘iz bo‘ladi. Yiliga musobaqalar soni 25-30, davomiyligi 1 kundan 3-5 kungacha, 120-140 martagacha startlar bo‘ladi.
O‘z mohiyatiga ko‘ra asosiy hisoblangan, mashqlarning yakuniy nuqtasi bo‘lgan bosh musobaqalar soni ko‘p bo‘lmasligi kerak (yiliga 3-4 marta, sport o‘yinlari bundan mustasno). Bosh musobaqalar oddiydan murakkabga va qiyinchiligiga qarab joylashtirilishi lozim. Ularni joriy yilga shunday joylashtirilish kerakki, bunda sportchi hal qiluvchi eng muhim musobaqaga doimiy tayyorlanish imkoniyatiga ega bo‘lsin, musobaqalar orasida jismoniy hamda ruhiy dam olsin va bir musobaqada aniqlangan kamchiliklar mashq jarayonida keyingi musobaqalargacha tuzatilsin.
Musobaqa davrida sportchi ishtirokining soni eng avvalo sport turi xususiyatiga bog‘liq. Sport turlarida musobaqalar (xaftasiga 1-2 musobaqa kunlari) chidamlilikda alohida talablar qo‘yadigan va uzoqroq tiklanishni talab etadigan sport turlaridagiga qaraganda ko‘proq o‘tkaziladi.
Sportchini musobaqalarda ishtirok etishga tayyorgarlik tizimida quyidagilarni hisobga olish zarur:
- sportchi uchun musobaqalar hafsala bilan tanlanishi va asta-sekin qiyinlashib boradigan bo‘lishi lozim;
- musobaqada kuch jihatdan teng bo‘lgan sportchilar qatnashish;
- yuqori darajadagi yutuqlarga erishish uchun zarur bo‘lgan miqdordagi musobaqalarda qatnashish zarur;
- vaqtni u еrdan bu еrga kuchish va h.k.va kuchni ko‘p talab qiladigan musobaqalarning ko‘payib ketishi mashq ishlarini cheklab, sportchi tayyorgarligiga salbiy ta’sir etishi mumkin;
- musobaqalar taqvimi (kun, taqsimot, musobaqalar qiyinligi darajasi) shunday sharoit yaratishi kerakki, bunda sportchiga katta imkon yaratilsin. O‘tkazilayotgan barcha musoba-qalar shu maqsadga qaratilmog‘i zarur.
Shunday qilib, sport musobaqalari erishilgan yutuqlarni namoyish qilish, ayrim sportchi va jamoaning yutuqlarini baholash va solishtirish usuli ekan.
Sportchilarni musobaqa vaqtidagi faoliyati musobaqa faoliyati deb yuritiladi. Musobaqa faoliyati eng yuqori sport natijalariga erishishga qaratilgan ayrim xarakat, usul, kombinatsiyalardan iborat, tayyorgarlikning texnik, jismoniy, taktik, ruhiy integral darajasi bilan ta’minlanadi. Sport musobaqalarida qatnashish musobaqa faoliyati ko‘rinishining shakli hisoblanadi. Sport bellashuvi vaqti cheklangan raqiblik hisoblanadi, bu jarayonda bellashayotganlarning qobiliyatlarini ob’ektiv ravishda solishtiriladi.
Bu borada sport taraqqiyotining bugungi bosqichida biz shunday xususiyatlarni ko‘ramizki, ular sportchini tayyorlash jarayoniga jiddiy ta’sir ko‘rsatadilar va trener bilan sportchi oldiga yangidan-yangi murakkab vazifa va topshiriqlarni qo‘yadilar bu vazifa va topshiriqlarni esa, o‘z navbatida, mashq jarayonini tashkil qilshning eng munosib shakl va usullarini izlab topishga majbur etadi:
-bugungi sportchilar erishgan yuksak ko‘rsatkichlar darajasini yanada yuksaltirish uchun, olamni eng yuqori malakali sportchilar tayyorlash uslubini, shuningdek, sportchini tayyorlashda uzoq yillardan beri qo‘llanilib kelayotgan bugungi tashkiliy-metodik usulni xam batamom takomillashtirish talab qilinadi.
-Eng yirik sport musobaqalarida erishilgan yutuqlarning natijalari tobora oshib borayotgani sababli, musobaqa kurashlari nihoyatda keskinlashib ketdi. Bu hol sportchilarning texnik va amaliy mahoratini samaradorligi, barqarorligi va ustuvorligiga, ularning ustma-ust bo‘lib turadigan ma’suliyatli startlar sharoitda axloqiy irodaviy va ruhiy tayyorgarlikka bo‘lgan talabni benihoya oshiradi.
-Yuksak malakali sportchilar maxsus jismoniy tayyorgarlikning shu qadar yuksak cho‘qqisiga chiqqanlarki, endi undan yuqoriroqqa ko‘tarilish eng og‘ir va eng murakkab vazifa bo‘lib qoldi, shunga ko‘ra, maxsus jismoniy tayyorgarlik samaradorligini oshirish zahiralarini qidirish va shu bilan birga umuman, mashq jarayoni tizimida yangicha usul va uslublar zarur bo‘lib qoldi.
-Mashq yuklamalarni hajmi va shu qadar kattalashib, og‘irlashib ketdiki, uni yillik sikl doirasida, hamda uning har bir bosqichi ichiga oqilona singdirish masalasi ko‘ndalang qilib qo‘yildi. Shu bilan birga, mashg‘ulot samaradorligini oshrishning birdan bir usuli deb e’tirof etilgan munosabatda bo‘lish zarurati tug‘ildi. Shunga ko‘ra birinchidan, turlicha imtiyozli yo‘nalishlarda bo‘lgan yuklamalar o‘rtasidagi eng ko‘p foyda beradigan nisbatini, ikkinchidan, mashqlarni tashkil qilishning yangi usullarini qidirish zarurati vujudga keldi, zero bunday mashqlar sportchida energiya zahirasining sarflanishi va qayta tiklanishi o‘rtasidagi aniq munosabatga suyangan holda, uning organizm faoliyatidagi moslanish imkoniyatlarini to‘la amalga oshirish uchun eng maqbul sharoitni ko‘zda tutadi.
-mashqning metodik masalalarini hal qilishda fanning vazifasi oshdi yuqori malakali sportchilarni tayyorlab еtkazish, sportchi organizmidagi hayotni ta’minlovchi funksional uslublarga to‘la qonli ta’sir ko‘rsatish va bunday uslublarni o‘ta yuksak faoliyat darajasiga ko‘tarish bilan bevosita bog‘liqdirki, endilikda sportchini zamonaviy usulda tayyorlab еtkazishning o‘ta murakkab muammolarni ilmiy-metodik ma’lumotlarsiz, faqat sog‘lom aql va hissiyotga suyangan holda hal qilib bo‘lmaydi.
Sportchini tayyorlab еtkazish usullari ilmiy-metodik asoslar majmui, shuningdek, sportchilarni muayyan mutaxasislar bo‘yicha tayyorlashni izchillikni bilan amalga oshiruvchi tashkilotlar (muassasalar) xamjihatligi samarasidir.
Ko‘rinib turibdiki, g‘oyaviy-tarbiyaviy ish va ahloqiy-irodaviy hislatlarining tarbiyalash birinchi o‘ringa qo‘yilgan, zero ushbu faoliyatlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan taqdirdagina, o‘zini, trenerni, komanda a’zolarini, raqibini va boshqalarni amaliy hurmat qilishi mumkin. Murabbiy bilan sportchi yuqorida ko‘rsatilganidek ezgu vazifalarni rivojlantirish bilan bir paytda, sport qonunini buzuvchilarga qarshi, ichkilikbozlik, bezorilik, faxsh va o‘zga ahloqsizlarga qarshi hamma joylarda ham muntazam ravishda kurash olib borishlari kerak. Sportchilar orasida bosar-tusarini bilmay qolgan, og‘zi katta, mutakabbirlar, chempionlik shaxsiga sig‘inishni talab qiluvchilar hali ko‘p uchrab turadi. Sportchilar tarbiyasining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, modalar ketidan quvish, sportchilarimiz sha’niga (ayniqsa, chet ellarda) dog‘ tushirish kabi salbiy qilmishlar mavjud.
Masalan, Voleybol musobaqasi o`rnida ko`rib chiqadigan bo`lsak, Musobaqa usuliyati -musobaqalashish, kuch sinashishning xarakterli belgilarini, o‘zida aks ettirgan jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishning o‘quvchilarga stimul beruvchi alohida shakllaridan biridir. Shuning uchun har qanday jismoniy mashqni musobaqa predmeti qilib, mashg‘ulotlarda keng foydalanish mumkin. Masalan: jismoniy tarbiya darsini boshlanishidagi o‘quvchilarni saflanishidan tortib to o‘quvchilar zaldan chiqib ketgunlaricha, musobaqa usuliyatini qo‘llash va undan foydalanish jismoniy tarbiya ta’limi amaliyotida ko‘p uchraydi.
Musobaqa metodining xarakterli belgilari:
1. U yoki buharakat faoliyatida faoliyatni vazifaga bo‘ysundirish oldindan belgilanganligi, o‘rnatilgan qoidalar bilan muvofiqligi. Bunday vazifalar o‘quvchilar ijodiy aktivligini stimullovchi faktorlardan bo‘lib, ularning tayyorgarligini baholash va taqqoslashning o‘lchovidir.
2. Yuqori sport natijasi uchun jismoniy va psixologik quvvatni maksimal namoyon qilish. Musobaqalashish usuliyati orqali organizmning funktsional imkoniyatlarini to‘la ochish uchun sharoitni yaratilishi.
3. O‘quvchilar uchun belgilangan nagruzkalarini boshqarish imkoniyatlarining chegralanganligi. Bu usuliyat o‘quvchilardan harakat faoliyatini bajarish davomida vujudga kelgan vazifalarni bajarishda, hal qilishda, o‘ziga xos mustaqillikni talab qiladi.
Shuningdek, musobaqa usuliyati harakat faoliyatini takomillashtirishda nisbatan samaraliroqdir, lekin ular birlamchi o‘zlashtirishda kutilgan samarani bermasligi mumkin. Musobaqa usuliyati harakat sifatlarini deyarli yuqori darajada rivojlanganligini talab qiladi, ayniqsa ularni kompleksli namoyon qilishda bu usuliyatiga ehtiyoj o‘ta yuqoridir. Musobaqa usuliyati pedagogika nuqtai nazaridan o‘quvchilar g‘alabasi va mag‘lubiyatiga turg‘un psixologik tayyorgarlikni tarbiyalashga yo‘naltirilishi, shundagina ta’lim jarayonida u o‘zini oqlaydi, boshqa tomondan esa turli sharoitda har tomonlama jismonan tayyorgarligini to‘la namoyish qilish imkonini beradi hamda uni darajasini oshirish vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Voleybol musobaqalari o`quv-mashg`ulot ishlarining asosiy qismini tashkil etadi. U shug`ullanuvchilarning mashg`ulotlari va qiziqishini oshiradi, mamlakatda voleybolni ommaviy rivojlantirishga yordam beradi. voleybol o`yinlarida muntazam qatnashmay turib yuqori natijalarga erisha olmaydi. Musobaqalar musobaqa qatnashchilarining va umuman jamoaning jismoniy, texnik, taktik va axloqiy-irodaviy tayyorgarligi darajasini aniqlaydi, o`quv- mashg`ulot jarayonining ahvoli va yo`nalishini aniqlash imkonini beradi. Musobaqa natijalari o`quv-mashg`ulot ishlarini yakunlash vositasi bo`lib xizmat qiladi.
Musobaqalarni tayyorlash va o`tkazish umumiy javobgarlikni amalga oshiradi hamda tashkilot, shuningdek, musobaqani o`tkazish uchun aniq, javobgar shaxs bo`lishi, musobaqalar joyini tayyorlash, sportchi va hakamlarni kutib olish, joylashtirish, ovqatlantirish, ularga tibbiy xizmat ko`rsatish, shuningdek, madaniy tadbirlarni o`tkazish uchun ham javobgar tayinlanishi kerak.
Sport musobaqalari o‘ziga xos faoliyat bo‘lib raqiblarning harakatini tartibga solishda katta rol o‘ynaydi, ularning ayrim qobiliyatlarini ob’ektiv ravishda solish-tirib ko‘rishga va jismoniy sifatlarni maksimal darajada namoyon bo‘lishini musobaqa davomida harakatlanishni maksimal darajada ta’minlashga imkoniyat yaratadi.
Sport hozirgi ko‘rinishda bir qator o‘ziga xos xususiyatlariga ega:
1) Sport musobaqalar faoliyatida, raqobat darajasini ketma-ket yutuqlarga bo‘lgan talablarni ortib borishi, sport musobaqalarining tizimiga asoslanib tashkil etiladi (yuqori ringga quyi musobaqalarda qatnashganlar qo‘yiladi yoki pastdan yuqoriga).
2) Musobaqada bevosita bajariladigan harakatlarning, boshqarilish sharoitlarini va yutuqlarini baholash usullarini tenglashtirish hisobiga amalga oshiriladi. Bu tenglashtirish musobaqalar o‘tkazishning umumiy me’yorlari sifatida muayyan qoidalar bilan mustahkamlanadi.
3) Musobaqalashuvchilarni hatti harakatlari noantogonistik raqobat tamoyillariga muvofiq tartiblashtiriladi.
Sportchi tanlab olgan turidagi ko‘rsatkichlarni, individual holda o‘z imkoniyatlariga qarab namoyish qiladi. Bu natijalar yo jismoniy g‘alabani yoki raqibni yutish (ballarda, ochkolarda va h.k.) natijasini yaxshilash uchun vaqt birligida, masofada, og‘irlikda belgilanishi mumkin.
Yuqori sport natijasi, sportni shu kundagi rivojlanishida inson imkoniyatlarini etaloni bo‘lib hisoblanadi. Ularga taqqoslab har bir inson o‘zining sport natijalarini solishtirib ko‘rishi mumkin va shunga asoslanib, natijalarni yaxshilashni rejalashtirishi mumkin. Yuqoridagilardan sport natijalarini etalonlik va rag‘batlantiruvchi roli yaqqol ko‘rinadi.
Tezlik sifati ushbu sharoitda vaqt bo’lagi uchun minimal harakatni bajarishini kishi qobiliyati deyiladi. U o’ziga xos uchta omilga ega bironta tashqaridan ta’sir qiluvchi tezda javob harakati, yakkama-yakka harakatni tezligi va harakat chastotasi vaqt birligidir. Bunda barcha omillar kompleks (aralash) namoyon bo’ladi.
O’yin faoliyatida harakat qilayotgan buyumga (to’p va b.k.) raqib harakatini o’zgarishini, o’yin usulini bajarilishini va siljishiga, o’yin harakatida aniq qarorni qabul qilishida tezlik namoyon bo’ladi. Tezlikni namoyon bo’lishi shakllari o’rtasida to’g’ridan to’g’ri bog’liqlik yo’q. Startdan olinadigan tezlikni yaxshi egallash mumkin, biroq sekin tahlil qilish va qaror qabul qilish yoki yaxshi va o’yin usulini tez bajarish, lekin raqibini siljish ta’siriga sekin javob berishi mumkin.
Tezlikni rivojlantirishni asosiy vositasi tezlik xarakteridagi mashq hisoblanib, u boshqa harakatlar bilan kompleks bajariladi, ular tez, to’satdan beriladigan signal bo’yicha (iloji boricha ko’rish) bajariladi. Bu shu narsa bilan bog’liqki, ya’ni o’yinda ko’rishga ta’sir qiluvchi ustun keladi. Mashq turli-tuman bo’lishi mumkin, har xil mushak guruhlarini o’z ichiga qamrab olishi shart, shug’ullanuvchilarning kordinatsion qobiliyatlarini oshirishga yordam beradi.
Tezlikni rivojlantirish uchun beriladigan mashqni har bir mashg’ulotni boshida muntazam ravishda beriladi.
Chidamlilik – bu kishini qobiliyati harakatini aniqligini va tezligini pasaytirmasdan, uzoq vaqt davomida charchashni yengib o’tishiga aytiladi. U katta tezlikda nerv sistemasini qo’zg’atishga, organizm faoliyatini energiya bilan ta’minlashga o’yin malakalarini egallash darajasini bardoshligiga bog’liq bo’ladi.
Umumiy chidamlilikni umumiy rivojlantiruvchi xarakteridagi uzoq davom etadigan bir tekisda yugurish, shuningdek uzoq davom etadigan bir me’yorda ishlashni ortib borishi sport turlari bilan shug’ullanishni tarbiyalaydi. Maxsus chidamlilik o’yin usullarini texnikasini, qisqartirilgan maydonda o’quv mashq o’yinini o’tkazish, o’yinni o’tkazishga vaqtni oshirish, topshiriqlar o’rtasidagi tanaffusda dam olish vaqtini qisqartirishni uzoq vaqt davomida bajarishda erishiladi va h.k.
Koordinatsion chidamlilik charchashgacha ikki yoki ko’proq o’yinchilar bilan o’yinni o’zaro harakati tuzilishi bo’yicha murakkab bo’lgan muntazam ravishda mashqlar yordamida shug’ullanishi bilan rivojlantiriladi.
Bolalar bilan ishlashda shuni esda saqlash kerakki, ularga xos bo’lgan o’zlarining qobiliyatini oshirib yuborishadi, shuning uchun mashqni tanlashda va yuklamani taqsimlashda ehtiyotlik bilan ish tutish lozim, bunda tibbiy-pedagogik nazoratdan keng foydalanish kerak. Charchash orasida o’yin vazifasini bajarish shug’ullanuvchilarning emotsional kuchi yoqimsiz natijalarga olib kelishi mumkin.
Egiluvchanlik yoki harakatchanlik – bu qobiliyat katta amplituda bilan harakatlanishga aytiladi. U bo’g’inni va mushakni elastikligidan, bo’g’inlarni tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Harakatchanlik mushak haroratini oshib borishida ortadi, ya’ni ularni ishida, emotsional qo’zg’alishida bo’ladi. Egiluvchanlikni aniqlashni me’yori maksimal amplitudaga xizmat qiladi, u bilan harakatni bajarish mumkin. Egiluvchanlik shakllarini faol va sustligi bilan farqlanadi.
Bo’g’inda harakatchanlikni yetarli bo’lmasligi, shikastlanishning sababi, malakani sekin egallashni sababi bo’lib xizmat qiladi. Egiluvchanlikni tarbiyalashda bo’g’inlarga muntazam ravishda ta’sir qilishda faol va sust uslublardan foydalaniladi. Bo’g’in harakatchanligi uchun beriladigan mashq barcha yoshdagi kishilar uchun mumkin bo’lgan, biroq ayniqsa egiluvchanlikni yuqori me’yorda rivojlanishini 7-10 yoshli bolalarda kuzatiladi. Faol egiluvchanlik qizlarda 11-13 yoshda, o’g’il bolalarda 13-15 yoshda maksimal o’lchashga yetadi.
Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun quyidagi uslubiy tavsiyalarga amal qilinadi:
-kuniga 2-3 marta muntazam ravishda shug’ullanish;
-organizmni yaxshilab qizdirilganidan keyin mashqni bajarish;
-5-6 soniya davomida statik holatda ushlab turish, mashqni 8-10 marta uncha katta bo’lmagan qismda takrorlash;
-pay va bo’g’inlarni ishlash vaqtida chiqishda og’riq paydo bo’lganda mashq to’xtatiladi. Qattiq charchaganda egiluvchanlik mashqlarini qo’llash tavsiya qilinmaydi.
-mashq harakat amplitudasini asta-sekin oshirib borish bilan bajariladi;
-o’rganilayotgan o’yinni texnikasi bo’yicha mashqda diqqatni bo’g’inni harakatchanlikni oshirishni keyinchalik bo’shashtirishga qaratilishi kerak (voleybol to’pini yuqoridan uzatishni bajarishda va b.k.).
Jismoniy sifatni tarbiyalashda organizimga umumiy va biror joyiga ta’sir qiluvchi o’zaro aloqadorligida erishiladi. Egiluvchanlikni rivojlanishi alohida guruh mushaklarini oshirish yoki paylarni haddan tashqari cho’zilishi hisobiga qaddi - qomatining buzilishliga olib kelmasligi kerak. Bolalar bilan shug’ullanishda shuni eslab qolish kerakki, chunki biz o’sib kelayotgan bolalar organizmi bilan ishlaymiz, shuning uchun unga katta jismoniy va psixologik yuklama ta’sir qiladi. Agarda o’sib kelayotgan - organizm anatomik-fiziologik tomondan o’ziga xosligini hisobiga olinmasa, unda yuqori sport natijalariga erishishga mo’ljallash juda qiyin bo’ladi. Ilmiy xodimlar va amaliyotchilar yosh sportchilarning mashg’ulotiga quyidagi tavsiyanomani ishlab chiqishga harakat qiladilar:
1. Kattalar bilan ishlashdan ko’ra mashg’ulot jarayonida o’rgatishni solishtirma og’irligi katta bo’lishi shart.
2. Optimal yuklama (ushbu yosh, jins uchun va tayyorgarlik darajasi) ni oshirishda qat’iyan ketma-ketlikka rioya qilish zarur.
3. Qisqa vaqt ichida yuqori sport ko’rsatkichlariga erishish uchun tayyorgarlikni jadallashtirish yoki tezlashtirishga yo’l qo’ymaslik kerak.
5. Jismoniy va psixologik zo’riqishni kamaytirish uchun bolalar musobaqalarda qarshi kurashishda sharoit yoki sharti yengillashtiriladi. Sport o’yinlarida har xil yoshdagilar uchun musobaqani ma’lum vaqtgacha davom etiishi o’rnatiladi, ular o’zaro uchrashuvi uchun faqat ma’lum yoshdagilar o’zaro uchrashadilar, bolalar uchun yengil to’plardan, to’rning balandligi pasaytirilgan holda foydalaniladi. Texnik tayyorgarlik - bu jarayon turli tuman o’yin usullarida texnikani egallash maqsadida, ularni maxsus, musobaqa sharoitida mustahkamlashga yo’naltirilgan. Bu yerda shug’illanuvchilar o’yin usullarini va ularni har xil qo’shib bajarishni barcha uslublari bilan bajarishni egallaydilar, ularni aniq o’yin vaziyatida yoki holatida ijodiy qo’llashga o’rganadilar. Texnik tayorgarlikni yuqori darajasiga faqatgina uzoq vaqt davomida maqsadga yo’naltirib muntazam ravishda shug’illanish natijasida erishish mumkin. Qachonki yurak mushaklarini kuchi va yurakni urish hajmi oshganda, suyak, mushak apparati yuqori rivojlanishiga nisbatan yetib borganda, qo’l panjasi zarur bo’lgan chidamliligi, egiluvchanligini egallaydi markaziy va periferik ko’rish shakllana boshlanish davri 10-11 yoshdan boshlashni tavsiya qiladi. Demak bu degani, ya’ni ko’proq yoshni o’tkazib shug’ullanganda istalgan yoki xoxlagan natijaga erisha olmaslik mumkin. Sport o’yinlari amaliyoti anchagina misollarni biladiki, qachonki sportchilar balog’at yoshida shug’illaninshni boshlaganlarida, yuqori natijalarga erishganlar. O’yin usulini bajarishni sifatini oshirish vazifasi har bir mashg’ulotda qo’yiladi. Faqatgina texnikasini takomillashtirishda taktik vazifalar muvaffaqiyatli hal etish uchun qulay sharoit yaratadi va o’yinda harakatni samaradorligiga erishishda ko’proq barcha uchrashuv davomida ko’proq kuchni tejamkorlik bilan sarflanadi, texnikadan to’g’ri foydalanish o’yinchiga shunday imkoniyatni beradiki, hattoki ayrim hollarda jismoniy ma’lumotga ega bo’lmaganlar yuqori sport natijalariga erishadilar. Har tomonlama texnik tayyorgarlik texnik harakatni amalga oshirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.



Download 25.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling