Mavzu: Sportchilarning sport musobaqalari va ularga tayyorgarlik rejalashtirish(volleybol misolida) reja: Kirish


Voleybol sport musobaqalari haqida tushuncha


Download 59.78 Kb.
bet4/6
Sana22.10.2023
Hajmi59.78 Kb.
#1716355
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sportchilarning sport musobaqalari va ularga tayyorgarlik rejalashtirish(volleybol misolida).

3. Voleybol sport musobaqalari haqida tushuncha. Musobaqa usuliyati -musobaqalashish, kuch sinashishning xarakterli belgilarini, o‘zida aks ettirgan jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishning o‘quvchilarga stimul beruvchi alohida shakllaridan biridir. Shuning uchun har qanday jismoniy mashqni musobaqa predmeti qilib, mashg‘ulotlarda keng foydalanish mumkin. Masalan: jismoniy tarbiya darsini boshlanishidagi o‘quvchilarni saflanishidan tortib to o‘quvchilar zaldan chiqib ketgunlaricha, musobaqa usuliyatini qo‘llash va undan foydalanish jismoniy tarbiya ta’limi amaliyotida ko‘p uchraydi.
Musobaqa metodining xarakterli belgilari: . U yoki buharakat faoliyatida faoliyatni vazifaga bo‘ysundirish oldindan belgilanganligi, o‘rnatilgan qoidalar bilan muvofiqligi. Bunday vazifalar o‘quvchilar ijodiy aktivligini stimullovchi faktorlardan bo‘lib, ularning tayyorgarligini baholash va taqqoslashning o‘lchovidir.
2. Yuqori sport natijasi uchun jismoniy va psixologik quvvatni maksimal namoyon qilish. Musobaqalashish usuliyati orqali organizmning funktsional imkoniyatlarini to‘la ochish uchun sharoitni yaratilishi.
3. O‘quvchilar uchun belgilangan nagruzkalarini boshqarish imkoniyatlarining chegralanganligi. Bu usuliyat o‘quvchilardan harakat faoliyatini bajarish davomida vujudga kelgan vazifalarni bajarishda, hal qilishda, o‘ziga xos mustaqillikni talab qiladi.
Shuningdek, musobaqa usuliyati harakat faoliyatini takomillashtirishda nisbatan samaraliroqdir, lekin ular birlamchi o‘zlashtirishda kutilgan samarani bermasligi mumkin. Musobaqa usuliyati harakat sifatlarini deyarli yuqori darajada rivojlanganligini talab qiladi, ayniqsa ularni kompleksli namoyon qilishda bu usuliyatiga ehtiyoj o‘ta yuqoridir. Musobaqa usuliyati pedagogika nuqtai nazaridan o‘quvchilar g‘alabasi va mag‘lubiyatiga turg‘un psixologik tayyorgarlikni tarbiyalashga yo‘naltirilishi, shundagina ta’lim jarayonida u o‘zini oqlaydi, boshqa tomondan esa turli sharoitda har tomonlama jismonan tayyorgarligini to‘la namoyish qilish imkonini beradi hamda uni darajasini oshirish vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Voleybol musobaqalari o`quv-mashg`ulot ishlarining asosiy qismini tashkil etadi. U shug`ullanuvchilarning mashg`ulotlari va qiziqishini oshiradi, mamlakatda voleybolni ommaviy rivojlantirishga yordam beradi. voleybol o`yinlarida muntazam qatnashmay turib yuqori natijalarga erisha olmaydi. Musobaqalar musobaqa qatnashchilarining va umuman jamoaning jismoniy, texnik, taktik va axloqiy-irodaviy tayyorgarligi darajasini aniqlaydi, o`quv- mashg`ulot jarayonining ahvoli va yo`nalishini aniqlash imkonini beradi. Musobaqa natijalari o`quv-mashg`ulot ishlarini yakunlash vositasi bo`lib xizmat qiladi.
Musobaqalarni tayyorlash va o`tkazish umumiy javobgarlikni amalga oshiradi hamda tashkilot, shuningdek, musobaqani o`tkazish uchun aniq, javobgar shaxs bo`lishi, musobaqalar joyini tayyorlash, sportchi va hakamlarni kutib olish, joylashtirish, ovqatlantirish, ularga tibbiy xizmat ko`rsatish, shuningdek, madaniy tadbirlarni o`tkazish uchun ham javobgar tayinlanishi kerak.
Sport musobaqalari o‘ziga xos faoliyat bo‘lib raqiblarning harakatini tartibga solishda katta rol o‘ynaydi, ularning ayrim qobiliyatlarini ob’ektiv ravishda solish-tirib ko‘rishga va jismoniy sifatlarni maksimal darajada namoyon bo‘lishini musobaqa davomida harakatlanishni maksimal darajada ta’minlashga imkoniyat yaratadi.
Sport hozirgi ko‘rinishda bir qator o‘ziga xos xususiyatlariga ega:
1) Sport musobaqalar faoliyatida, raqobat darajasini ketma-ket yutuqlarga bo‘lgan talablarni ortib borishi, sport musobaqalarining tizimiga asoslanib tashkil etiladi (yuqori ringga quyi musobaqalarda qatnashganlar qo‘yiladi yoki pastdan yuqoriga).
2) Musobaqada bevosita bajariladigan harakatlarning, boshqarilish sharoitlarini va yutuqlarini baholash usullarini tenglashtirish hisobiga amalga oshiriladi. Bu tenglashtirish musobaqalar o‘tkazishning umumiy me’yorlari sifatida muayyan qoidalar bilan mustahkamlanadi.
3) Musobaqalashuvchilarni hatti harakatlari noantogonistik raqobat tamoyillariga muvofiq tartiblashtiriladi.
Sportchi tanlab olgan turidagi ko‘rsatkichlarni, individual holda o‘z imkoniyatlariga qarab namoyish qiladi. Bu natijalar yo jismoniy g‘alabani yoki raqibni yutish (ballarda, ochkolarda va h.k.) natijasini yaxshilash uchun vaqt birligida, masofada, og‘irlikda belgilanishi mumkin.
Yuqori sport natijasi, sportni shu kundagi rivojlanishida inson imkoniyatlarini etaloni bo‘lib hisoblanadi. Ularga taqqoslab har bir inson o‘zining sport natijalarini solishtirib ko‘rishi mumkin va shunga asoslanib, natijalarni yaxshilashni rejalashtirishi mumkin. Yuqoridagilardan sport natijalarini etalonlik va rag‘batlantiruvchi roli yaqqol ko‘rinadi.

Download 59.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling