Mavzu: Sportchilarning sport musobaqalari va ularga tayyorgarlik rejalashtirish(volleybol misolida)
REJA:
Kirish
1. Voleybolchilarning tayyorgarlik haqida tushuncha
2. Voleybolchilarning sport tayyorgarligi
3. Voleybol sport musobaqalari haqida tushuncha
4. Sport tayyorgarligining musobaqalarda tutgan o`rni
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mamlakatimiz ijtimoiy – iqtisodiy hayotidagi tub islohotlar ta’lim tizimi oldiga yangidan – yangi vazifalarni qo’ymoqda. Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yaxshilash hamda rivojlantirish bugungi kunning asosiy talabi bo’lib qoldi.
«Biz xalqaro sport maydonlarida Oʻzbekistonning nufuzi va obroʻ-eʼtiborini oshirishga katta hissa qoʻshgan sportchilarimiz bilan faxrlanamiz. Shu bilan birga, oliy sportda erishilgan yutuqlar bilan chegaralanmasdan, ommaviy sportga ham katta eʼtibor berishimiz kerak» Shavkat Mirziyoyev.
O’sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat hayotida faol ishtirok etadigan, har tomonlama yetuk va yuksak ma’naviyatli, komil insonlar etib tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan hisoblanadi. Bugungi kunda hamma joyda sportning milliy turlari qayta tiklanmoqda. Oxirgi yillarda respublikamizda eng asosiy, muxim vazifalaridan biri ommaviy sportni rivojlantirish masalasi turibdi. Maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasi O‘zbekiston jismoniy tarbiya tizimining asosiy bo‘limi bo‘lib hisoblanadi. Bu eng katta bo‘lim bo‘lib, bunda o‘quvchilar bilim, tajriba va harakat mahoratini 11 yil mobaynida oshirishlari ko‘zda tutilgan.
Ilmiy texnika taraqqiyoti sharoitida kishilarning mehnat vazifalari o‘zgarib turadi. Bunda jismoniy mehnat kamayib, aqliy mehnat ko‘payib boradi.
Shu boisdan jismoniy tayyorgarlikka bo‘lgan talab oshib boradi. Hozirgi paytlarda gazeta sahifalarida tibbiyot xodimlari "gipodinamiya", ya’ni jismoniy mashqlar, jismoniy mehnat, faol harakat insoniyat faoliyatida kundan-kunga kamayib borayotganligi haqida tashvishlanib gapirmoqdalar. Bu esa o‘z navbatida asr kasalligi - yurak-tomir kasalligining yildan-yilga ortishiga sababchi bo‘lmoqda.
Shifokorlar fikricha, bu kasallikning oldini olishning zaruriy vositalaridan biri ko‘proq harakat qilish va jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishdir, hamda "Tabiatning sog‘lomlashtirish kuchlari" dan unumli foydalana olish katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |