Mavzu. Sqltili. Sql opеratorlarini yozish. Reja


Download 23.92 Kb.
bet1/4
Sana13.04.2023
Hajmi23.92 Kb.
#1349750
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu. Sqltili. Sql opеratorlarini yozish. Reja (1)


MAVZU. SQLtili. SQL opеratorlarini yozish.
REJA:
1. SQL tilining vazifalari
2. Interaktiv va qurilgan SQL
3. SQL ma’lumot toifalari
4. SQL tilining SELECT (tanlash) operatori va uning parametrlari
Tayanch iboralar: SQL, SELECT, DISTINCT, FROM, WHERE, ORDER BY ,GROUP BY ,HAVING , UNION, SELECT,
Ma’lumotlar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan MBBTichki tili ikki qismdan tashkil topgan: Ma’lumotlar aniqlash tili (DATA DEFINITION LANGUAGE va ma’lumotlar bilan manipulyasiya qilish tili (DATA MANIPULATION LANGUAGE)
DDL tili ma’lumotlar baza sxemasini aniqlash uchun ishlatiladi.
DML tili bazada saqlanayotgan ma’lumotlarni o‘qish va tiklash uchun ishlatiladi. Bu tillar ma’lumotlarni qism tillari yuqori darajali dasturlash tillari deyiladi, chunki ularni tarkibida barcha xisoblarni bajarish uchun zarur bo‘lganda bo‘ladigan til kostruksiyalari bo‘lmaydi (shartli o‘tish amallari, yokissikl operatori) Ma’lumot bazasi ishlaydigan ixtiyoriy til foydalanuvchiga quyidagi imkoniyatlarni berishi kerak:
- ma’lumot bazasi va jadvallarni tuzilishi va tafsifini yarata olish;
- ma’lumotlar bilan manipulyasiya qilishni asosiy amallarini jumladan jadvalga ma’lumotlarni kiritish,( qo‘shish),ularni takomillashtirish, jadvaldan ma’lumotlarni olib tashlash;
- oddiy va murakkab so‘rovlarni bajarish ;
SQL tilining vazifasi. Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash tillari ko‘rsatilgan masalalarni foydalanuvchi kim kuch sarf qilib echishi imkoniyatini berishi kerak. Tilning komandalarini tuzilishi va sintaksisi etarli darajada sodda va o‘rganishga oson bo‘lishi kerak. Bundan tashqari u universal bo‘lishi kerak. Ya’ni qandaydir standart talablariga javob berishi kerak. Bu esa uni komanda strukturasini va sintaksisini (yozilishini) bir qancha MBBTishlatishini imkonini beradi.
Bu talablarni barchasiga SQL javob beradi. SQL-(STRUSTURE QUERY LANGUAGE) (STRUKTURALASHGAN SO‘ROVLAR TILI)
SQL ma’lumotlarni almashtirish tili bo‘lib xisoblanadi, ya’ni u jadvallar bilan ishlash mo‘ljallangan bo‘lib, kiruvchi ma’lumotlar talab etilgan chiquvchi ko‘rinishga ega xolga aylantirib beradi.

Download 23.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling