Mavzu: Standartlarni ishlab chiqish tartibi. Reja


Ishlab chiqarishda standartlarni taqdim etadigan afzalliklari


Download 316.44 Kb.
bet5/6
Sana08.04.2023
Hajmi316.44 Kb.
#1342826
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Standartlarni ishlab chiqish tartibi

3. Ishlab chiqarishda standartlarni taqdim etadigan afzalliklari.

Tejamkorlik manbaini mahsulot hayot siklining barcha bosqichlarida namoyon bo`ladi shu jumladan:
Loyihalash bosqichida:

  • standart-texnik hujjatlardan foydlanish hisobiga mehnat hajmini kamaytiradi;

  • loyihalar sonini kamaytiradi ishlab chiqariladigan texnik hujjatlar birligini qisqartiradi;

  • tajriba namunalarini, ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlarni kamaytiradi.

Ishlab chiqarish bosqichida:

  • mahsulot nomenklaturasini qisqartiradi;

  • material va resurslarni kamaytiradi;

  • jihozlarni qayta o`rnatish bo`yicha mehnat jarayonini kamaytiradi;

  • standart tarkibiy qism va buyumlarni xarid qilish uchun xarajatlar kamaytiriladi;

  • buyumlarni tanlashni va sinovlar uchun xarajatlarni kamaytiradi;

  • nuqsonlarni kamaytiradi;

  • jihozlardan foydalanishni yaxshilaydi;

  • mehnat xafsizligini oshiradi.

Foydalanish bosqichida:

  • foydalanishdagi chiqimlarni qisqartiradi;

  • zahira qismlarini, instrument va moslamalarni kamaytiradi;

  • ta'mir va texnik xizmatdagi mehnat hajmini kamaytiradi;

  • foydalanilayotgan jihoz ish unumdorligini oshiradi;

  • mahsulot xossalarini yaxshilaydi;

  • mahsulotlarni tashishda va saqlashda daxlsizligini oshiradi;

  • transport vositalaridan foydalanishni oshiradi;

  • omborxonalardan foydalanishni yaxshilaydi.

Tashqi savdo sohasida:

  • eksport mahsulot hajmini ko`payitiradi;

  • eksport qilinayotgan sifatli mahsulot narxini oshiradi;

  • import mahsulot hajmini kamaytiradi.

Standartlarni tasdiqlash vaqtida ularni o`rnatilgan muddatda joriy qilish zarur. Standartni ishlab chiquvchi tashkilot standart loyihasi bilan birgalikda uni joriy qilish bo`yicha tadbirlar ro`yxatini ham taqdim qiladi. Ularga quyidagilar kiradi:

  • yangi texnik hujjatlarni ishlab chiqish;

  • yangi ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki amaldagini qayta tiklash;

  • loyihalashtirish, uskunalarni va to`plovchi detallarni tayyorlash va yetkazib berish;

  • yangi texnologik jarayonlarni, o`lchash va sinash texnikalarini ishlab chiqish.

Korxonalarga standartlarni joriy qilish katta tayyorlov ishini talab qiladi. Agar o`rnatilgan muddatga tayyorlangan texnik hujjatlar standart talablariga mos kelsa, standart joriy qilingan hisoblanadi, mahsulotlar esa ushbu hujjatlarga qat`iy mos ravishda ishlab chiqariladi. Agar korxonada kiritilgan mahsulotlar o`rnatilgan muddatda ishlab chiqarilmasa yoki standart talablarini va ko`rsatkichlarini buzgan holda ishlab chiqarilsa, shuningdek sifatning doimiyligi buzilsa standart joriy qilindi deb hisoblanadi.
Standartni joriy qilinmasligining asosiy sabablariga quyidagilar kiradi:

  1. Tashkiliy-texnik tadbirlarning bajarilmasligi.

  2. Texnik hujjatlar va namunalar (etalonlar) holatining qoniqarsizligi.

  3. Asbob-uskunalar va texnologik jihozlanish holatining qoniqarsizligi.

  4. O`lchash va sinash texnikalari xolatining qoniqarsizligi.

  5. Xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va to`plovchi buyumlar xolatining qoniqarsizligi.

  6. Mahsulotning markalanishi, idishlarga joylashishi, tashish va saqlanishining standart emasligi.

Yuqorida keltirilgan asosiy sabablar o`z navbatida bir qator ya`ni, davlat, idora va ishlab chiqarish nazorati jarayonida aniqlangan va sinchiklab tahlil qilingan boshlang`ich sabablar bilan shartlab qo`yilgan.

Xulosa
O‘z RST 1.1-92 “O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. O‘zbekiston Respublikasining standartini ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi” standartiga binoan O‘zbekiston Respublikasi standarti (bundan keyin - standart deb yuritiladi) standartlashtirish bo‘yicha texnikaviy qo‘mitalar (bundan keyin TQ), standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, davlat, shirkat, pudratchi, aksioner, qo‘shma korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi.
Standartni har xil tashkilotlar mutaxassislarining ishchi guruhlari tomonidan ishlab chiqishga yo‘l qo‘yiladi.
Standartning bir nechta tashkilot tomonidan ishlab chiqilishida etakchi ishlab chiquvchi tashkilotlar (ijrochilar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi) hamkorlikda ish bajaruvchi har bir tashkilot bilan ish ko‘lamini va muddatlarini aniqlaydi.
Standart respublika hududida kimga qarashli ekanligi va mulk shaklidan qat’iy nazar, standart ishlab chiqilgan tashkilotlarni chiqaradigan va iste’mol qiladigan hamma korxona va tashkilotlar uchun majburiydir.
Standartga kiritiladigan o‘zgarish asosiy standart uchun belgilangan tartibda majburiy kelishib olinishi, tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Standartlarning tuzilishi, mazmuni, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi GOST 1.5-85 ga muvofiq bajariladi.



Download 316.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling