Mavzu statik aniq sistemalar
Inshootlarning hisoblash sxemasi haqidagi tushuncha
Download 17,27 Kb.
|
Mavzu statik aniq sistemalar-www.hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanchlar va ularning klassifikatsiyasi.
- Sterjenli sistemalarning geometrik o’zgarmaslik shartlari.
Inshootlarning hisoblash sxemasi haqidagi tushuncha.
Inshoot va konstruktsiyalarning hisobini osonlashtirish uchun ular soddalashtirilgan sxemalar bilan almashtiriladi. Inshootlarning soddalashtirilgan tasvirini ifodalovchi sxema hisoblash sxemasi deyiladi. Inshootlar va ularning hisoblash sxemalari elementlarining geometrik shakliga ko’ra quyidagicha kvalifikatsiyalanadi: 1. Sterjanlar birikmasidan tashkil topgan inshootlar. Sterjenlardan tashqil topgan inshootlarga balka, rama, arka, ko’p oraliqli balka, fermalar kiradi. Agar inshootlar to’g’ri chiziqli sterjendan tashkil topgan bo’lsa unga balka deyiladi. Inshoot egri chiziqli sterjendan tashkil topgan bo’lsa, arka deyiladi. Bir-biriga bikr qilib biriktirilgan sterjenlardan tashkil topgan inshoot rama deyiladi.
Ma’lumki har qanday inshoot tayanchga ega bo’ladi. Inshootga ta’sir etuvchi kuchlar tayanchlarda hosil bo’ladigan reaktsiya kuchlari bilan birga muvozanatda bo’ladi. Tekis sistemalar uchun tayanch turlari quyidagicha bo’ladi:
Bu tayanch 2 ta erkinlik darajasiga ega. Bu tayanch shaklda ko’rsatilganidek sxemalashtiriladi,
bitta erkinlik darajasiga ega. Rasmda ko’rsatilgandek sxemalashtiriladi. Sterjenlarning yo’nalishi ihtiyoriy tanlanadi.
tayanch. Erkinlik darajasi nolga teng. Bu tayanchlarning sxemasi rasmda keltirilgan. S Huni qayd etib o’tish kerakki, har bir tayanchda, tayanch sterjenlarining soni tayanch reaktsiyalarining soniga tengdir. Sterjenli sistemalarning geometrik o’zgarmaslik shartlari. Sterjenli sistemalar deb, odatda, to’g’ri chiziqli sterjenlarni parchin mix, elektr payvand yoki boltlar yordamida bir tugunga birlashtirilishi natijasida hosil bo’ladigan sistemalarga aytiladi. Fermalar ana shular jumlasidandir. Odatda sterjenlar tugunlarga bikr qilib birlashtiriladi. Biroq hisoblash ishlarini engillashtirish maqsadida tugunlarni sharnirli mahkamlangan deb hisoblaymiz. O’z geometrik formasini alohida sterjenlarning deformatsiyalanishi natijasidagina o’zgartiruvchi sistemalar geometrik o’zgarmas sistemalar deb ataladi. Sterjenlari soni 3 tadan ortiq bo’lgan sistemalarni qay yo’sinda geometrik o’zgarmas qilib hosil qilinishini ko’rib o’tamiz. Undan ilgari bir to’g’ri chiziq ustida yotuvchi 2 sterjendan tashqil topgan sistema bilan tanishib chiqamiz. 0niy o’zgaruvchan sistema 0niy o’zgaruvchan sistemalarda zo’riqish cheksiz katta qiymatga ega bo’ladi. Geometrik o’zgarmas sistema Demak, geometrik o’zgarmas sistemaga kiritiladigan qo’shimcha tugunni bir to’g’ri chiziq ustida yotmaydigan 2 sterjen bilan birlashtirsak, hosil bo’lgan yangi sistemaning geometrik o’zgarmasligi ta’minlanadi. SHunday qilib, sharnirli uchburchakka ketma-ket tugunlar qo’shish yo’li bilan hosil qilingan sistema geometrik o’zgarmas bo’ladi; biroq tugunga kelib tutashuvchi sterjenlar bir to’g’ri chiziqda yotmasligi shart. Quyidagi fermalar xuddi shu yo’sinda hosil qilingan U chburchaklardan tashqil topgan fermalar geometrik o’zgarmasdir. YOki: Agar tugunlarni birin-ketin tashlab yuborganimizda oxirida sharnirli uchburchak qolsa, bunday ferma geometrik o’zgarmasdir. Eng sodda geometrik o’zgarmas ferma hosil qilish uchun zarur bo’lgan sterjenlar soni bilan tugunlar soni orasidagi munosabatni ko’rib o’tamiz. W – sterjenlar soni; K – tugunlar soni. Asosiy uchburchak 3 tugun va 3 sterjenga ega. Har bir navbatdagi qo’shiluvchi (K – 3) dona tugun esa 2 sterjen vositasida birlashtiriladi. SHuning uchun geometrik o’zgarmas ferma sterjenlarining umumiy soni quyidagicha bo’lishi kerak: W – 3 – 2(K – 3) yoki W = 2K – 3 1) W < 2K – 3 geometrik o’zgaruvchan, statik aniq 2) W= 2K – 3 geometrik o’zgarmas, statik aniq 3) W > 2K – 3 geometrik o’zgarmas, statik noaniq B iroq W > 2K – 3 sharti bajarilsa, sistema hamma vaqt geometrik o’zgarmas bo’lavermaydi. Download 17,27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling