Mavzu statik aniq sistemalar
Sistemalarning erkinlik darajasi
Download 17,27 Kb.
|
Mavzu statik aniq sistemalar-www.hozir.org (1)
Sistemalarning erkinlik darajasi
Jismning yoki sistemaning holatini aniqlovchi geometrik parametrlar soni erkinlik darajasi deb ataladi. Masalan, A nuqtaning holati ikkita erkinlik darajasi (x va u) bilan aniqlanadi. AV diskining holati esa uch erkinlik darajasi bilan aniqlanadi (x, u va φ) E rkinlik darajasini cheklovchi har qanday qurilma bog’lanish deb ataladi. Agar AV diskini A nuqtada sharnirli mahkamlab qo’ysak, uning 2 ta erkinlik darajasi yo’qolib, bitta erkinlik darajasi (φ) qoladi. SHarnirli qo’zg’aluvchi tayanch bir, qo’zg’almas tayanch esa ikkita erkinlik darajasini yo’qotadi. Agar erkinlik darajasini W, disklar sonini D desak, u holda sistemaning erkinlik darajasi quyidagi formula bilan aniqlanadi: SH – oddiy sharnirlar soni, W = 3D – 2SH - St St – tayanch sterjenlar soni. YA’ni, har bir disk uchta erkinlik darajasiga ega, har bir sharnir uning ikkita erkinlik darajasini o’qotadi, har bir tayanch sterjeni esa bitta erkinlik darajasini yo’qotadi. 2 diskni birlashtiruvchi sharnir oddiy sharnir deyiladi. «n» ta diskni birlashtiruvchi sharnir murakkab sharnir deyilib, u (n - 1) oddiy sharnirga tengdir. 1) W > 0 - statik aniq, geometrik o’zgaruvchan sistema (mexanizm); 2) W = 0 - statik aniq, geometrik o’zgarmas, minimal bog’lanishlar soniga teng; 3) W < 0 - statik noaniq, geometrik o’zgarmas, ortiqcha bog’lanishlari bor. 2-3 shartlar qondirilsa, sistemani inshoot deb yuritish mumkin, chunki u geometrik o’zgarmas bo’ladi. Har bir disk 3 ta erkinlik darajasiga ega, har bir sharnir 2 ta erkinlik darajasiga chek qo’yadi va har bir tayanch sterjeni bitta erkinlik darajasiga chek qo’yadi. S Harnirlar sonini hisoblashda, 2ta oddiy va murakkab sharnirlarga ajratiladi. Ikki diskni birlashtiruvchi sharnir oddiy, ikkidan ortiq diskni birlashtiruvchi sharnir esa murakkab sharnir deb ataladi. SHarnirlarda disklar bir-biri bilan bog’langan bo’lsa, uning oddiy sharnirlar soni bog’langan disklar soni bittaga kam bo’ladi. (n-1) Download 17,27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling