Mavzu: ”statistik jamlash va guruhlash”
Download 427 Kb.
|
statistika
Ko‘pincha guruhlar soni aniq bo‘ladi. Bu kuzatish maqsadi va vazifasidan kelib chiqib, ularni to‘liq amalga oshirish uchun kerakli sonda bo‘lishi lozim. Agarda guruhlarning optimal sonini aniqlash lozim bo‘lsa, unda Sterdjess formulasidan foydalanamiz. n = 1 + 3,322 lg N: bu yerda N–to‘plamdagi birliklar soni Teng yoki teng bo‘lmagan oraliqlar yopiq va ochiq ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Agar oraliqlar miqdori “dan - gacha” aniq bo‘lsa, bunday guruhlar yopiq oraliq ko‘rinishidagi; agarda “gacha” dan boshlanib, “undan yuqori” bilan tugasa, ochiq oraliq ko‘rinishidagi guruhlash bo‘ladi.
Statistik to‘plam ko‘rsatichlarini hisoblash uchun oraliqlarini “yopiq” holatga o‘tkazish lozim. Buning uchun ochiq oraliq miqdoriga yonidagi yopiq oraliq farqi asos qilib olinadi yoki guruh belgisi mazmunidan kelib chiqqan holda yopiladi. Statistik guruhlashlar zamon (vaqt), makon (hududiy) va qanday vazifalarni hal qilishiga qarab turlarga bo‘linishi mumkin. Rejalashtirilgan maqsad va vazifani hal qilish nuqtai nazaridan guruhlash: tipologik, tuzulmaviy (tarkibiy) va analitik bo‘lishi mumkin.Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash va guruhlash statistik jadvallarda amalga oshiriladi. Statistik jadvallar gorizantal qatorlar va vertikal ustunlardan iborat shakldir. Qatorlar va ustunlar kesishgan katakchalarga statistik ma’lumotlar joylashtiriladi. Eng avvalo statistik jadvalning maketi tuziladi. Unda jadval qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi, nechta qator va ustunlar bo‘lishi belgilab olinadi. Ma’lumotlar tahlil qilishga o’ng‘ay bo‘lishi lozim. Statistik jadvallar boshqa turdagi jadvallardan farq qiladi. Birinchidan, statistik jadvallarda ijtimoiy-iqtisodiy voqea-hodisalarni kuzatishdan olingan ma’lumotlar tartibga keltirilib, qayta ishlanib, jamlari chiqarilib, jadvallarga joylashtiriladi; ikkinchidan statistik jadvallar tegishli qoidalarga rioya qilib tuziladi, uchinchidan statistik jadvaldagi ma’lumotlar ixcham, tushunarli bo’lganligi sabbali, iqtisodiy tahlilga asos bo’ladi.Download 427 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling