Mavzu. Statistik ko’rsatkichlar Reja: Mutlaq (absolyut) miqdorlar haqida tushuncha, ularning turlari va


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana08.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1178059
1   2   3   4
Bog'liq
3.1- мавзуга .Маруза матни

Koordinatsiya nisbiy miqdori to’plamdagi bo’laklarning bir-biriga nisbati 
bilan aniqlanadi va bevosita o’zaro bog’langan hamda qisman o’xshash bo’lgan 
ko’rsatkichlarni tipik jihatdan xarakterlaydi. Masalan, shahar va qishloq aholisi 
nisbati, ayollar va erkaklar nisbati, iste’mol va jamg’arma fondlari nisbati va h.k. 
Misol. Restoranning bir kunlik oboroti 1160 ming so’m. Shundan 780 ming 
so’mga o’zida ishlab chiqarilgan mahsulot sotilgan, qolgani (380 ming so’m) sotib 
olgan tovarlarni sotish bo’yicha oborot. Bu erdan: 
сўм
КНМ
05
,
2
380
780


Demak, restoranda bir so’mlik sotib olingan tovarlarni sotish oborotiga 2,05 
so’mlik o’zida ishlab chiqargan mahsulotlarni sotish to’g’ri kelayapti. Bu degani, 
restoran asosan spirtli ichimliklar va sigaret sotish bilan emas, balki o’zida 
tayyorlangan mahsulotlarni (tayyorlangan ovqatlarni)xaridorlarga sotish bilan 
shug’ullangan. 
 Intensivlik nisbiy miqdori hodisa va jarayonlarning tarqalish zichligini, 
yoyilishini xarakterlaydi.


Intensivlik nisbiy miqdoriga aholining zichligini (aholi soni/territoriya), 
tug’ilish, o’lish, tabiiy va mexaniq harakati ko’rsatkichlari va boshqalarni misol 
qilib keltirish mumkin. 
Taqqoslash nisbiy miqdori  turli ob’ekt va hududlarga mansub bo’lgan bir xil 
ko’rsatkichlarning nisbatini xarakterlaydi. Masalan, AQSH va O’zbekistonda yoki 
O’zbekiston va Rossiyada kishi boshiga iste’mol qilingan tuxum, go’sht yoki bitta 
oilaga to’g’ri keladigan avtomobil va boshqalar. Taqqoslash nisbiy miqdorlarni 
hisoblashni boshlashdan oldin, tekshiruvchi taqqoslanadigan miqdorlarni 
taqqoslama holga keltirib olishi kerak. Taqqoslama bo’lishi uchun, ikki 
mamlakatning ko’rsatkichlari mohiyati va mazmuni bo’yicha bir xil, ular yagona 
metodologiya bilan hisoblangan, bir xil o’lchov birliklarida keltirilgan bo’lishi 
kerak, aks holda, ularni taqqoslash noto’g’ri xulosalarga olib keladi.  
Mutlaq va nisbiy miqdorlarni qo’llashda bir qancha qoidalarga rioya qilish 
kerak. Mutlaq va nisbiy miqdorlarning o’ziga xos xarakterli xususiyati shundaki
ular doimo bir turli hodisa va jarayonlarning miqdori va razmerini ifodalaydi. 
Shuning uchun ham, mutlaq va nisbiy miqdorlarni hisoblashda va, ayniqsa, ulardan 
foydalanishda tekshiriladigan hodisa va jarayonlar rivojlanishini o’ziga xos 
xususiyatlarini va alohida sharoitlarini e’tiborga olish zarur. Sharoit, joy va vaqtga 
qarab bir xil ko’rsatkichlar xarakteri bo’yicha turli hodisalarning darajasini 
ifodalashi mumkin. Masalan, aktsionerlik jamiyatlarini olaylik. Bundan 10 yil 
oldin juda katta hisoblangan korxona (aktsiyalar soni bo’yicha) bugungi kunga 
kelib juda ham kichik korxonalar soniga qo’shilishi mumkin. Yoki boshqacha bir 
misol. Kompaniya va firmalarni territoriyalar bo’yicha ham taqqoslashda 
yuqoridagi muammoga to’g’ri kelamiz. Toshkent shahrida eng kichik hisoblangan 
korxona, Buxoro viloyati Jondor tumanida eng katta kompaniyalar safiga 
qo’shilishi mumkin. 
Demak, mutlaq va nisbiy miqdorlardan foydalanishda, har bir aniq tekshirish 
uchun statistikada o’rganilayotgan ko’pchilik hodisalarni xarakteri bo’yicha 
differentsial yondoshuv talab etiladi. Bu talabning to’g’riligini quyidagicha 


tushuntirish mumkin. Masalan, kontsern yoki xolding kompaniya bo’yicha 
shartnoma majburiyatlari bajarilishi va oshirib bajarilishi kuzatilayotganda, shu 
kompaniyaga qarashli ayrim korxonalarda shartnomalar bajarilmaganligini 
kuzatish mumkin. Xuddi, shu holatni, to’plam birliklarini ifodalovchi 
ko’rsatkichlar bo’yicha ham kuzatish mumkin. Masalan, respublikada bir 
aktsiyadorga to’g’ri keladigan aktsiyalar sonini viloyatlar, ayniqsa tumanlar 
(qishloq tumanlari) bo’yicha olaylik. Bu erda tebranishni kattaligiga hech kim 
shubha qilmaydi. 
Mutlaq va nisbiy miqdorlarni taqqoslashdan oldin, ular taqqoslama holga 
keltirilishi kerak. Bu muammoni echish, bozor iqtisodiyoti sharoitida juda muhim. 
Chunki, har qanday kompaniya jahon bozoriga chiqishdan oldin, o’z mahsulotini 
jahon standartlariga mos kelishini taqqoslash metodi orqali hal qiladi. Biz o’zbek 
kompaniyasining ko’rsatkichlarini Yaponiya ko’rsatkichlari bilan taqqoslashdan 
oldin, taqqoslanadigan ko’rsatkichlar ikkala mamlakatda ham bir xil metodologiya 
bilan aniqlanganligiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Bunday ishonchni har bir 
kompaniya ko’rsatkichlarini vaqt bo’yicha ham taqqoslashda hosil qilinsa yaxshi 
bo’ladi. 
Hayotiy tajriba va son-sanoqsiz o’tkazilgan statistik-ilmiy tekshirishlardan 
shunday xulosa chiqarish mumkin – mutlaq va nisbiy miqdorlarni birgalikda 
qo’llash kerak. 
Alohida olingan nisbiy miqdor o’zicha o’rganilayotgan hodisa haqida aniq 
tasavvur bera olmaydi (xuddi shu gaplarni mutlaq miqdorlar to’g’risida ham aytish 
mumkin). Masalan, ish haqi 50000 dan 200000 so’mga oshdi. Biz, bu erda baralla 
aytamizki, ish haqi 3 marta yoki 300 % oshdi. Agarda 200000 so’mdan 50000 
so’mga kamaysa, biz aytamizki ish haqi 75% pasaydi. Ko’rinib turibdiki, ish 
haqining oshgan summasi ham, pasaygan summasi ham 150000 so’mga teng.
Foizlarni mutlaq miqdorlarsiz qo’llash ham noto’g’ri tasavvurlarga olib keladi. 
Masalan, ikkita kompaniyaning ishlab chiqargan mahsuloti bo’yicha dinamika


nisbiy miqdorini hisoblaylik va ikkalasida ham o’sish sur’ati 57 foizni tashkil 
qilgan. Ikkalasi ham bir xil ishlagan ekan, degan xulosa chiqarish mumkin, agarda 
mutlaq raqamlarga e’tibor bermasak. Birinchi kompaniya o’tgan yili 100 ta, joriy 
yilda 157 mebel ishlab chiqardi, ikkinchisi esa tegishli ravishda 167819 va 263475 
ta.
Demak, joriy davrda o’tgan davrga nisbatan ikkala kompaniyada ham 
qo’shimcha o’sish sur’ati 57% teng. E’tibor qilsak, birinchi kompaniyada ishlab 
chiqarish darajasi bir foizga o’ssa mebellar soni 1 taga(100x0,01), ikkinchisida esa 
1678 taga oshadi. Shuning uchun ham foizlar bilan bir qatorda, ularning 
hisoblanish asosi bo’lgan mutlaq miqdorlarni keltirish va ishlatish har qanday 
statistik tekshirishni yanada boyitadi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling