Mavzu. Statistik tadqiqotlarda tanlab kuzatishning qo’llanilishi. Reja: Kirish
Statistik kuzatish turlari va ularning o’ziga xos jihatlari
Download 34.24 Kb.
|
Statistik tadqiqotlarda tanlab kuzatishning qo’llanilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzluksiz kuzatishda
- Fursatli davriy kuzatish
- Bir yo’la kuzatish
3. Statistik kuzatish turlari va ularning o’ziga xos jihatlari.
Statistik kuzatish usullari va turlarini aniq belgilashni talab qiladi. Hodisalarni qayd qilish vaqti, boshlang’ich ma’lumotlarni olish usuli, kuzatish birliklarini o’z ichiga qamrab olishi va tashkiliy jihatdan statistik kuzatish quyidagi turlarga bo’linadi (2.8- tarh). Tashkiliy va moliyalashtirish jihatidan statistik kuzatishlarni to’rtta turga bo’lish mumkin: 1) statistik hisobot; 2) maxsus doimiy tekshirishlar; 3) ro’yxatlar; 4) biznes tekshirishlar. Ular keyingi ma’ruzada yoritiladi. Voqealar sodir bo’lishini qayd qilish vaqtiga qarab statistik kuzatish uch turga ajraladi: 1) uzluksiz (joriy) kuzatish; 2) fursatli kuzatish; 3) bir yo’la kuzatish. Uzluksiz kuzatishda voqea (hodisa) sodir bo’lishi bilanoq, ya’ni o’sha damning o’zida qayd qilinadi. Masalan, tug’ilish, o’lish, nikoxdan o’tish va ajralishlarni fuqarolik holatini qayd qilish organlarida va qishloq yig’inlarida qayd qilish, yaratilgan mahsulotlarni boshlang’ich hujjatlarda hisobga olish, ishchi va xodimlarning ishga chiqishini tabel hisobida qayd qilish va h.k. Fursatli davriy Fursatli davriy kuzatish deganda voqea sodir kuzatish - bu voqea sodir bo’lgandan so’ng ma’lum vaqt o’tganda uni qayd qilish va kuzatishlarni teng vaqt oralig’ida takrorlab turish tushuniladi. bo’lgandan so’ng ma’lum Masalan, har o’n yilda aholi ro’yxatini o’tkazish, talabalar muddat o’tganda uni qayd qilib tekshirishlarni teng vaqt o’zlashtirish darajasini har yarim yilda reyting ballari orqali oralig’ida takrorlab turish. Bir yo’la kuzatish qandaydir masalani yechish hodisani har zamonda, extiyoj maqsadida zaruriyat tug’ilgan hollarda turlicha’lo muddatlarda qayta amalga oshirilib turiladi. Bunday kuzatishga uy-joy fondi ro’yxati, ko’p yillik mevali daraxtlar ro’yxati, tabiiy ofat natijasida ko’rilgan zararlarni baholash ishlari misol bo’la oladi. O’rganilayotgan to’plam birliklarini o’z ichiga qamrab olishiga qarab statistik kuzatish yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga ajratiladi. YOppasiga kuzatishda to’plam barcha birliklari haqidagi zaruriy ma’lumotlar to’planadi.Statistik hisobot shu tarzda tashkil etiladi. Uni barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tuzadi va statistika tashkilotlariga taqdim etadi. Aholi ro’yxati, ekin maydonlarining yakuniy hisobi, chorva ro’yxatlari ham yoppasiga kuzatishga misol bo’la oladi. Hisobot korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni uzluksiz, belgilab qo’yilgan tartibda va vaqtda to’plashning muhim yo’li (shakli)dir. “O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistikasi haqidagi” qonunga muvofiq respublika hududida joylashgan va yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan barcha korxonalar va tashkilotlar, ularning mulkiy va tashkiliy-xuquqiy shaklidan qat’iy nazar, o’z faoliyati haqida aniq va to’la ma’lumotlarni belgilangan dasturda, tartibda va muddatda tegishli davlat statistika tashkilotlariga taqdim etishga majburdir. Joriy maxsus statistik tekshirishlar deganda statistik tashkilotlar tomonidan maxsus respondentlarni yollab o’rganilayotgan hodisa, jarayon haqidagi boshlang’ich ma’lumotlarni muntazam yoki vaqtma-vaqt qayd qilib to’plash tushuniladi. Bunday kuzatishga uy xo’jaliklari byudjeti statistikasi, iste’mol baholari statistikasi, uyushmagan savdo statistikasi, dehqon xo’jaligi (fermer xo’jaligi bilan aralashtirib yubormang!) statistikasi va h.k. misol bo’lishi mumkin. Biznes-tekshirishlar bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan statistik kuzatishdir. Ularning asosiy maqsadi tadbirkorlarning iqtisodiy faoliyatini o’rganishdan iborat. Joriy maxsus tekshirishlardan farqli o’laroq, biznes tekshirishlar tadbarkorlardan intervyu olish, oldin tayyorlangan savollarga yozma yoki og’zaki javoblarni maxsus savolnomalarda qayd qilishga asoslanadi. Ularning o’ziga xos xususiyati shundaki, savolnomalar kompleks xarakterga ega bo’lib, o’zaro bog’langan bir-birini to’ldiruvchi savollardan, ularning ma’lum masalaga oid majmualaridan tashkil topadi, natijada iqtisodiy faollikni har taraflama yoritish imkonini beradi. Joriy maxsus tekshirishlar va biznes tekshirishlar ma’lum masalalarni o’rganishda qo’llanadi. Bundan tashqari, ro’yxatlar ham statistik kuzatishning muhim tashkiliy yo’li sifatida qo’llanish sohalariga ega. Xulosa. Har qanday kuzatish, qanchalik yaxshi tashkil etilib amalga oshirilmasin, xatolardan xoli bo’lmaydi. Ma’lumotlarni to’plash jarayonida yo’l qo’yilgan xatolar kuzatish xatolari deb ataladi. Juda katta aniqlikka ega bo’lgan o’lchov vositalari yordamida bajariladigan bir predmetli kuzatishlarda ham xatolar bo’ladi. Kuzatish xatolari ikki turga bo’linadi: a) muntazam xatolar va b) tasodifiy xatolar. Muntazam xatolar o’z navbatida ikki xil bo’ladi: a) o’lchov xatolari va b) xususiy xatolar ya’ni kuzatuvchi shaxs xatolari. qisman kuzatishlarda voqealarni hisobga olish jarayonida qayd qilish va arifmetik xatolar bilan bir qatorda muntazam xatolar ham uchraydi. Ular g’arazli va g’arazsiz bo’ladi. /arazli xatolar biror maqsadni ko’zlaydi. Beg’araz xatolar esa kuzatish uslubini, ayniqsa dasturni va yo’riqnomalarni umumiy ko’rinishda mujmal bayon etilishdan va kuzatuvchilarning ishni osonlashtirish uchun belgilangan tartibdan qisman chetlanishidan kelib chiqadi. SHu bilan birga qisman kuzatishlarda xususiy xatolar mavjud, ular reprezentativlik xatolari nomi bilan yuritiladi. Reprezentativlik xatosi deganda tanlama kuzatish natijasida to’plangan ma’lumotlarga asoslanib aniqlangan umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni tekshirayotgan bosh to’plamning aynan shunday haqiqiy ko’rsatkichlaridan farqi tushuniladi. Download 34.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling