Mavzu. Statistik tadqiqotlarda tanlab kuzatishning qo’llanilishi. Reja: Kirish


Download 34.24 Kb.
bet1/5
Sana20.02.2023
Hajmi34.24 Kb.
#1216069
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Statistik tadqiqotlarda tanlab kuzatishning qo’llanilishi


Mavzu. Statistik tadqiqotlarda tanlab kuzatishning qo’llanilishi.

Reja:
Kirish.
1. Tanlama kuzatish usuli to‘g‘risida tushuncha, uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ahamiyati va zaruriyati.
2. Statistik kuzatishni dastur – metodologik va tashkiliy masalalari.
3. Statistik kuzatish turlari va ularning o’ziga xos jihatlari.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish.

Ilk bor statistikaning vujudga kelishi amaliy ehtiyojlar bilan uzviy bog’liq bo’lgan. qadim zamonlardayoq qurolli kuchlarga layoqatli kishilar sonini bilish, soliqqa tortish ob’ektlarini belgilash zarurati tug’ilgan, natijada aholi soni, uning yoshi va jinsi jihatdan tuzilishi haqidagi ma’lumotlarga ehtiyojlar paydo bo’ldi. Bu esa davlatni aholi soni va


tarkibida bo’layotgan o’zgarishlar ustidan kuzatishlar olib borishga undagan. Fuqarolik munosabatlari rivojlanib borgan sari ular bilan bevosita bog’liq bo’lgan voqealarni qayd qilishga zaruriyat ortib borgan. SHuning uchun tug’ilish, o’lish, nikohga olish, ajralish kabi hodisalarni yozib borish tartibi o’rnatilgan, keyinchalik esa odamlarning bir joydan ikkinchisiga ko’chib yurishi bilan bog’liq bo’lgan migratsiyasi (harakati)ni qayd qilish tartibi belgilangan. qishloq xo’jaligi savdo- sotiq, xunarmandchilik, sanoat va boshqa sohalar hamda iqtisodiy aloqalarning taraqqiy etishi xo’jalikka oid hodisa va amallar ustidan muntazam ravishda kuzatish olib borishni taqazo etgan. Natijada baholar va savdo-sotiq statistikasi, mahsulotlarni ishlab chiqarish va taqsimoti statistikasi va boshqa iqtisodiy statistika tarmoqlari vujudga kelgan va rivoj topgan. Bozor munosabatlari va aholi tabaqalari orasida o’zaro aloqalar kengayishi bilan birga davlatni iqtisodiyotga aralashuvi obektiv zaruriyat bo’lib qoladi. Bu esa, o’z navbatida, yangidan-yangi malumotlar to’plash, iqtisodiy hayotning hamma muhim tomonlarini qamrab olgan iqtisodiy axborot yaratish ehtiyojini tug’diradi. SHu bilan birga davlatlar orasida xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, butun jahon xo’jaligining shakllanishi va taraqqiy etishi ayrim milliy iqtisodiyot va butun jaxon xo’jaligi miqyosida tovar va xizmatlar hamda daromadlarni yaratish, taqsimlash va istemol qilish jarayonlarini har taraflama tasvirlaydigan batafsil hisobkitob yuritishni talab qiladi. Hozirgi kunda bu masala ayrim milliy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.




  1. Download 34.24 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling