Mavzu: Statistika agentligining xo’jalik yurituvchi subektlar oldidagi ahamiyati
Download 18.72 Kb.
|
Ergashev Eldor
Mavzu: Statistika agentligining xo’jalik yurituvchi subektlar oldidagi ahamiyati Kirish Kuzatish so‘zi quyidagi lug‘aviy ma’noga ega: biror narsa (predmet, obyekt)ni bilish, aniqlash maqsadida sinchiklab ko‘zdan kechirish; biror narsa yoki kimsani zimdan qarab tekshirib turish, ta’qib qilish; voqealarni o‘rganish, tekshirish, biror narsa yoki maqsadni nazarda tutish. Asosoiy qismi: Asosiy tushunchalar: Statistikani o'rganishda asosiy tushunchalar va ma'lumotlar tafsilotlarinin tushunilishi zarur. Ma'lumot olish: Statistik ma'lumotlarni to'plash usullari va ulardan olingan ma'lumotlarni tekshirish usullari tushunilishi zarur.Tafsilotlar: Ma'lumotlarni tafsilotli va to'g'ridan-to'g'ri tahlil qilishning yo'llari va ularni qanday tahlil qilish talablari.Ma'lumotni qayta to'plami: Ma'lumotlar keltirib chikkan holda, saqlash tartibi va qayta ishlov usullari tushunilishi.Ma'lumotlar sarlavhalari: Qayta ishlovning qulayligi uchun ma'lumotlar sarlavhalariga e'tibor berish talabi. Reja: 1.Statistik kuzatishni tayyorlash uslubiyati 2.Statistik kuzatish turlari 3.Statistik kuzatish xatolari va ularni aniqlash yo’llari Har qanday statistik tekshirish o’sha o’rganilayotgan ob’ekt haqida tegishli ma’lumotlarni to’plashdan, ya’ni statistik kuzatishdan boshlanadi, shuning uchun ham statistik kuzatish har qanday statistik tadqiqotning birinchi bosqichi deyiladi. Masalan, tekshiruvchiga respublikadagi yoki viloyatdagi banklarning moliyaviy holatini o’rganish topshirildi. Bu ishni bajarish uchun tekshiruvchi barcha banklar bo’yicha moliyaviy holatni tavsiflovchi ko’rsatkichlar to’g’risida ma’lumotlarni boshlang’ich manbalardan olishi kerak. Bu ko’rsatkichlarga qanday omillar ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatganligi haqida, moliyaviy holatni yaxshilash uchun qanday zaxiralar mavjud edi va ulardan banklar qanday foydalanganligi to’g’risida ma’lumotlar yig’ish kerak. Bunday ma’lumotlarsiz moliyaviy holatni o’rganib bo’lmaydi. Shunday qilib, statistik kuzatish deganda o’rganilayotgan hodisa va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ma’lum bir yagona ilmiy-tashkiliy dastur bo’yicha qayd qilishga va to’plashga tushuniladi. Statistik kuzatish qanchalik to’g’ri, bir necha bor ilmiy-tashkiliy ekspertizalardan o’tgan dastur bilan o’tkazilsa, uning ma’lumotlar aniq qo’yilgan maqsadga erishish uchun kerakli bo’ladi. Eng asosiysi, kuzatish ma’lumotlarini qayta ishlab to’g’ri xulosalar chiqariladi. Voqealar sodir bo‘lishini qayd qilish vaqtiga qarab statistik kuzatish uch turga ajraladi: 1) uzluksiz (joriy) kuzatish; 2)fursatli kuzatish; 3) bir yo‘la kuzatish. Uzluksiz kuzatish-bu voqea ro‘y berishi bilanoq uni qayd qilish (hisobga olish)dir. Download 18.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling