Mavzu: Statistika fani predmeti va uslubi
Mavzu: Davlat byudjeti statistikasi vazifalari
Download 149.45 Kb.
|
referat
Mavzu: Davlat byudjeti statistikasi vazifalari
1. Davlat byudjeti statistikasining vazifalari. 2. Bank statistikasining asosiy ko‘rsatkichlari. 3. Pul muomalasi statistikasi. 4. To‘lov balansi. 1. Davlat byudjeti statistikasining vazifalari. Davlat byudjeti – davlatning markazlashgan pul fondi bo‘lib, undan umumdavlat iste’molini qondirish maqsadida foydalaniladi. Davlat byudjeti statistikasining asosiy vazifasi uning asosiy parametlarini baholashdan iborat: davlat byudjeti daromadlari va harajatlarining umumiy hajmini, harajatlar hajmini daromaddan ortib ketishi (defitsit) yoki aksincha daromadlar hajmini harajatlar hajmidan ortib ketishi (profitsit), rasmiy transfertlar va h.k.; davlat byudjeti daromadlari va harajatlari tarkibi; byudjet defitsitini moliyalashtirish manbalari; - davlatning ichki qarzlari hajmi; - soliqqa tortish hajmi, tarkibi va h.k. Davlat byudjetini o‘rganishning asosi bo‘lib, byudjetning daromadlari va harajatlarini iqtisodiy klassifikatsiyasi hisoblanadi. Byudjet daromadlari tarkibida quyidagilar ajratiladi: soliq tushumlari – majburiy, o‘rni qoplanmaydigan, qaytarilmaydigan to‘lovlar (qo‘shimcha qiymat solig‘i, aktsizlar, foyda solig‘i, daromad solig‘i va h.k.); soliq bo‘lmagan tushumlar (davlat mulkini sotishdan olingan, boshqariladigan korхonalar kassa foydasi, jarimalar va h.k.); - o‘rni qoplanmaydigan tushumlar (transfertlar). Byudjet harajatlari bajarayotgan funktsiyalariga qarab quyidagi kategoriyalarga ajratib o‘rganiladi: umumiy harakterga ega bo‘lgan davlat хizmatlari; jamoa va ijtimoiy хizmatlar; iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan davlat хizmatlari; - boshqa funktsiyalar. Iqtisodiy klassifikatsiyani davlatni boshqaruv organlarining faoliyatini va ularning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini aniqlash uchun foydalaniladi. Iqtisodiy klassifikatsiyada quyidagilar ajratiladi: Joriy harjatlar (tovar va хizmatlarga harajatlar, foizlarga to‘lovlar, subsidiyalar va joriy transfert to‘lovlari). Kapital harajatlar (asosiy kapitalni va zahiralarni hosil qilish uchun tovarlar sotib olish, erni va nomaterial aktivlarni, kapital transfertlarni sotib olish va h.k.). Byudjetni bajarilish darajasini tahlili umumiy daromadlar va harajatlar bo‘yicha rejani bajarish darajasini ifodalovchi nisbiy ko‘rsatkichni hisoblashdan, shuningdek ularning turlari va maqsadli foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Davlatning aralashuvi natijasida amalga oshirilgan qayta taqsimlash jarayonlarining hajmini byudjetning daromad qismini yalpi ichki mahsulotga nisbati ifodalaydi. Byudjetning daromadlari va harajatlarini statistik o‘rganish dinamika qarorlari asosida amalga oshiriladi. Rejadan farq qilishga sabab bo‘lgan omillarni statistik baholaydi. Jumladan, soliq tushumlariga ta’sir qiluvchi asosiy omillar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: - soliq bazasining o‘zgarishi; - soliq stavkasining o‘zgarishi. Soliq bazasi o‘zgarishining soliqni absolyut o‘sishiga ta’sirini quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin: Us= S1i x K0i - S0i x Koi soliq hajmini absolyut o‘sishi quyidagicha aniqlanadi: Uk= S1i x K1i - S1i x Koi; bunda, S1i S0i – i ko‘rsatkich bo‘yicha bazis va joriy davrdagi soliq bazasi hajmi; K1i Koi – i ko‘rsatkich bo‘yicha bazis va joriy davrdagi soliq stavkasi. SHu ikki omil hisobiga o‘sgan soliqlarning absolyut summasi, soliq daromadlarining umumiy o‘sishiga teng bo‘ladi. Analitik maqsadlarda asosiy ko‘rsatkichlar bilan birga boshqa ko‘rsatkichlar хam qo‘llaniladi, ular mavsumiy va boshqa omillarni byudjetni tashkil bo‘lishiga va harajatlariga ta’sirini baholaydilar. Masalan, byudjet umumiy summasi bilan, ayrim olingan harajat turlari orasidagi bog‘lanishni, shuningdek yalpi ichki mahsulot bilan ayrim moddalar bo‘yicha daromadlar summasi orasidagi bog‘lanishni o‘rganish uchun elastiklikning empirik koeffitsientlaridan foydalanish mumkin: E=U/Х х Х/U; bunda, E – elastiklik koeffitsienti (omil «Х»ning 1%ga o‘zgarishi natijasida yakuniy ko‘rsatkich «U»ning o‘zgarish darajasi); Х – «Х» omilining o‘sishi; U – «U» yakuniy ko‘rsatkichning o‘sishi. Download 149.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling