Mavzu: Statistika predmeti Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Bozor iqtisodiyoti sharoitida statistika roli va ahamiyati
Download 246.5 Kb.
|
Statistika predmeti (2)
2.4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida statistika roli va ahamiyati.
Insoniyat turmushi, xatti-harakatlari, ijtimoiy hayot statistika qo’llanishi va rivojlanishi uchun bepoyon makon yaratdi. Uning ilm-fan tarmog’i va amaliy faoliyat sohasi sifatida ilk bor shakllanishida yetakchi rolni aynan turmush voqealari va yashash zaruriyati, ijtimoiy hayot hodisalari o’ynagani bejiz emas. Statistika yagona mustaqil fan sifatida gavdalanishi va turli sohalarda qo’llanishiga sabab uning predmeti bo’lmish ommaviy hodisa va jarayonlar hamma sohalarda ro’yobga chiqishi va umumiy xislatlarga ega bo’lishidir. SHu bilan bir qatorda ayrim sohalarda ular o’ziga xos sharoitlarda yuzaga chiqadi va ularning ta’siri ostida xususiy xususiyatlarga ham ega bo’ladi. SHu tufayli statistik qonuniyatlar namoyon bo’lishi me’yori ham, rivojlanish shakllari ham har bir sohada o’ziga xos yo’l bilan kechadi. Bu esa statistika uslubiyatini muayyan soha sharoitiga muvofiqlashtirishni, unga mos keladigan usullarni qo’llashni, sharoit o’zgarishi bilan ularni shaklan va mazmunan takomillashtirib turishni, yangilarini yaratib, eskilari o’rniga ularni ishlatishni talab etadi va xaqiqatda ham shunday bo’lmoqda. Pirovard natijada har bir soha statistikasi yagona statitisika fani doirasida ma’lum darajada mustaqil fan va shu bilan birga uning muhim tarmog’i, yo’nalishi sifatida shakllanadi. Iqtisodiy statistika ana shunday fanlar qatoriga kiradi va yagona statistika fanining juda muhim tarmog’i hisoblanadi. Xuddi shuningdek uning chegarasida mustaqil yo’nalish sifatida tarmoq statistikalari - mikroiqtisodiy statistika, makroiqtisodiy statistika, sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqa tarmoq va sohalar statistikalari vujudga keladi va rivoj topmoqda. Iqtisodiy jarayon - bu insonlarning doimo takrorlanib turuvchi xatti-harakatlari majmuidir. Ijtimoiy taraqqiyotning muayyan tarixiy sharoitida mazkur xatti-harakatlar ma’lum holatda takrorlanadi ya’ni o’ziga xos va ularning ko‘rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir qator va ustun o‘z nomiga, jadval esa umumiy sarlavhalarga ega bo‘lib, bular jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi. Agarda jadval qatorlari va ustunlari o‘z nomlariga hamda umumiy sarlavhaga ega bo‘lib, sonlar bilan to‘ldirilmagan bo‘lsa, u jadval maketi deb ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma’lumotlar ma’nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bo‘lishi kerak. Umumiy sarlavhada jadvalda joylashgan sonlarning asosiy ma’nosi ifodalangan bo‘lishi va shuningdek, qaysi hudud, qaysi davrga nisbatan olinganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi, shuningdek, o‘lchov birligi ham berilgan bo‘lishi lozim. Statistik jadval chuqur ma’noga ega bo‘lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni ifodalashi bo‘yicha uni o‘ziga xos mantiqiy gapga o‘xshatish mumkin. Shuning uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil ko‘rsatkichlar orqali ta’riflanayotgan statistik to‘plam jadvalning egasi, ko‘rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi, odatda, jadvalning chap qismida, kesimi esa o‘ng tomonida bo‘ladi. Lekin ular aksincha joylanishi ham mumkin (jadval 4.1 ga qaralsin). Download 246.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling