Mavzu: Statistika predmeti Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
O‘zbekiston iste’mol baholari indeksi
Download 246.5 Kb.
|
Statistika predmeti (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalar.
- O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy qismlarining yillik o‘sish sur’atlari (oldingi yilga nisbatan % da)
- Foydalanilgan adabiyotlar
O‘zbekiston iste’mol baholari indeksi
dekabr 1994 y. 100%
Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalar. Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalar statistik ma’lumotlarni ko‘rimli qilib tasvirlashning eng oddiy usulidir. Ular har xil ko‘rsatkichlarni taqqoslash, murakkab hodisalarning tuzilishi va ularning zamonda (vaqtda) o‘zgarishini tasvirlash uchun xizmat qiladi. Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalarda statistik ma’lumotlar vertikal yoki gorizontal joylashtirilgan to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishida tasvirlanadi. Bunday diagrammalarni tuzish tartibi bilan quyidagi misolda tanishib chiqaylik. 4.3.1-jadval O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy qismlarining yillik o‘sish sur’atlari (oldingi yilga nisbatan % da)
Manba: O‘zbekistonning iqtisodiy yo‘nalishlari. 1998 va 1999 yil IV chorak, 38-bet. Bu ma’lumotlarni grafikda tasvirlash uchun masshtab belgilaymiz. Aytaylik, masshtab qilib 1 sm:2% ga olsak, u holda ma’lumotlar shkalada quyidagi nuqtalar bilan ifodalanadi(sm):
Koordinat sistemasini chizib, vertikal o‘qqa masshtab bo‘yicha shkalaga asoslanib o‘sish sur’atlarini, gorizontal o‘qqa esa mahsulot turlari bilan yillarni joylashtiramiz. Har qaysi yil uchun to‘rttadan kengligi 0.5 sm va bo‘yi yuqoridagi jadval ma’lumotlariga teng qilib gorizontal o‘qda ustunlar chizamiz(4.6-grafik). Xulosa SHunday qilib, iqtisodiy statistika iqtisodiy qonunlarning aniq makon va zamon sharoitida miqdoran ro’yobga chiqishini, ommaviy iqtisodiy hodisa va jarayonlarning miqdor sifat aniqligini o’rganadi. Iqtisodiy hodisa va jarayonlar iyerarxik tuzilish jihatidan makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy darajadagi voqealardan tashkil topadi. Butun dunyo, ayrim mamlaktlar, katta mintaqalar bozorlari miqyosida yuzaga chiqadigan hodisa va jarayonlar makroiqtisodiy jarayonlar deb ataladi. Masalan, dunyo yoki mamlakat bozorlarida to’plama taklif va talabni shakllanishi, aholining ish bilan bandligi va ishsizligi, baholar darajasining shakllanishi va o’zgarishi, milliy valyutalarning qadrsizlanishi va inflyatsiya darajasi, investitsiya jarayonlari, milliy boyliklarning shakllanishi va ulardan foydalanish va hokazolar. Mikroiqtisodiy jarayonlar deganda korxona, firma miqyosida, ayrim tovar va xizmatlar, mehnat va moliyaviy bozorlarda ro’y beradigan voqealar oqimi tushiniladi. Masalan, muayyan bozorda u yoki bu tovarga talab yoki taklif shakllanishi, korxona ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati natijalarining shakllanishi, firma iqtisodiy aktiv va passivlari shakllanishi, ishlovchi kuchlardan, moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanish va hokazolar. Foydalanilgan adabiyotlar: N.M.Soatov, X.Nabiev, D.Nabiev, G.N.Tillaxo’jaeva. Statistika. Darslik. – T.: TDIU, 2022. – 568 bet. X.Nabiyev, D.X.Nabiyev. Iqtisodiy statistika. Darslik. – T.: Aloqachi, 2020. 512 bet. Statistika: Uchebnik. / N.Umarov A. Abdullaev. R. Zulinova T-2021. Qishloq va suv xo’jaligi statistikasi. S. Ochilov. SH. Ergasheva T-2022 Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi. A.X. Ayubjonov T-2021 Makroiqtisodiy statistika YO. Abdullaev T-2019 A.X.SHoalimov, SH.A.Tojiboyeva. Iqtisodiy taxlil nazariyasi.Toshkent “Iqtisodiyot” 2019y. SHodiyev va boshqalar. Statistika bo’yicha praktikum. Toshkent “Tafakkur bo’stoni” 2018y. A.X.Ayubjonov, B.X.Mamatqulov, S.N.Sayfullaev.”Statistika fanidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun o’quv qo’llanma. Toshkent. “Iqtisodiyot-2019 Download 246.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling