- investitsiya jarayoni, uning hajmi va tarkibi, moliyalashtirish manbai va uning samaradorligini o‘rganish;
- moliyaviy operatsiyalar, muomaladagi naqd pul miqdori, ajratilgan ssuddalar hajmi, sug‘urta faoliyati, fond bozori, qimmatbaxo qog‘ozlar bilan bo‘ladigan muomalalar va shu singarilarni o‘rganish;
- tashqi iqtisodiy faoliyat natijalarini o‘rganish va xokazo shu singarilardan iborat.
Satistika ko’p tarmoqli ijtimoiy fandir. Statistika fani uchun umumiy xos bo’lgan hususiyatlarni statistikaning umumiy nazariyasi o’rganiladi. Agar statistika tarixi shu fanni kelib chiqishi, shakllanishi, tashkil topishi va rivojlanishini o’rgansa, matematik statistika tarmoqlararo balanslarni tuzish, korrelyatsion tahlil usullarini qo’llash, ko’p variantli prognozlarni tuzish yo’llarini o’rganadi. Ijtimoiy statistika aholi turmush tarzi bilan bog’liq bo’lgan barcha hodisalarni statistik usullarda batafsil o’rganadi. Aholi (demografik) statistikasi aholining sonini, tarkibi, dinamikasi, tabiiy o’sishi, migratsiyasi va xokazolarni o’rganadi. Iqtisodiy statistika 2 ta yirik tarmoqqa bo`linadi. birinchi tarmoqdagi makroiqtisodiy statistika xalq xo`jaligi miqyosida ro`y berayotgan xodisa va voqealarni miqdoriy tomonlarini ularni sifat tomonlari bilan bog’lanishda olib boradi.
E’tiboringiz uchun raxmat !
Do'stlaringiz bilan baham: |