Mavzu: statistika predmiti to’g’risdagi ilmiy munozaralar


Download 346.71 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi346.71 Kb.
#1149179
Bog'liq
statistika

Tayorladi: Abdusalimov Mirjalol

Mavzu:statistika predmiti to’g’risdagi ilmiy munozaralar

  • Reja: 1-statistika fanining kelib chiqishishi.
  • 2-statistika fanining predmiti va uslubiyati.
  • 3-Iqtisodiy statistika.

1-Statistika faininig kelib chiqish tarixi

  • Statistika (lotincha: status — "vaziyat") maʼlumot yigʻish, tartiblash, tahlillash, sharhlash va koʻrsatishga bagʻishlangan matematika sohasidir.

Statistika- bular davlat hayotining turli tomonlarini tavsiflovchi raqamlar qatori.
bu ma'lumotni yig'ish, qayta ishlash va tahlil qilish maqsadi bo'lgan odamlarning amaliy faoliyatining bir turi.
statistik metodologiyani ishlab chiqadigan fan, ya'ni. axborotni to'plash, qayta ishlash va tahlil qilish uchun texnika va usullar majmui.

Statistika nima va u Nimani o’rgatadi

  •  

— 1) turli hodisalar va jarayonlarni mikdoriy hisoblash, maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish yoʻli bilan ijtimoiy hayotning umumiy qonuniyatlarini oʻrganadigan ijtimoiy fanlar tarmogʻi. Tor maʼnoda Statistika bironbir hodisa yoki jarayon toʻgʻrisidagi jamlanma maʼlumotlar (koʻrsatkichlar) majmui to’plamini Bildiradi

2-statistika fanining predmiti va uslubiyati

  • Statistikaning o’rganish ob’ekti insoniyat
  • hayotida ro’y beradigan barcha ommaviy
  • voqea va hodisalardir, predmeti hodisalarni miqdoriy tomonlarini o’rganuvchi,
  • aniq sharoit va vaqtda hodisalarning rivojlanish
  • qonuniyatlarini o’rgatuvchi metodlar yig’indisidir.

Statistika uslubiyati - bu ommaviy hodisa
va jarayonlarni o‘rganishda, unda
namoyon bo‘ladigan qonuniyatlarni
oydinlashtirishda ishlatiladigan
o‘ziga xos uslub, ya’ni statistika
fani va amaliyotida qo
llanadigan yo‘llar, usullar, vositalar majmuasi.
Ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy nisbatlarini aniqlash,
ularda namoyon bo‘ladigan qonuniyatlarni oydinlashtirish
maqsadida amalga oshiriladigan statistik tadqiqotlar bir necha
bosqichlarga, ular esa fazalarga bo‘linadi
1-tasviviry statistika boqichi
2-analitik statistika bosqichi

1-Tasviriy statistika bosqichi


O‘rganilayotgan obyektlarni spetsifikatsiyalash, ular haqida ma’lumotlar to‘plash va qayta
ishlash, ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy me’yorlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni
hisoblash, ularni ko‘rkam va ixcham shaklda va zarur hollarda so‘z bilan tavsiflash.

2-analitik statistika bosqichi


Ikkinchi bosqichda esa ko‘rsatkichlarni statistik tahlil qilish, ular orasidagi
sabab-oqibat bog‘lanishlarni aniqlash va baholash, o‘rganilayotgan obyektlar
taqsimotlaridagi qonuniyatlarni oydinlashtirish, ilmiy gipotezalarni ishonchlilik
jihatdan baholash va statistik xulosalarni chiqarish va hokazolar asosiy
maqsad va vazifalar hisoblanadi.

3-iqtisodiy statistika

  • Iqtisodiy statistika – statistika tarmogʻi va davlat statistikasi organlari amaliy faoliyatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning miqdoriy tavsifini sifat mazmuni bilan bogʻliklikda, aniq makon va zamonda oʻrganadi. Xalq xoʻjaligini bir butunlikda oʻrganish uchun iqtsodiy statistika, Statistika fanining bir qismi sifatida xalqxoʻjaligi yigʻma koʻrsatkichlari tizimini ishlab chiqadi. Bu koʻrsatkichlar yordamida mamlakat iqtisodiy hayotining eng muhim tomonlari toʻgʻrisida har tomonlama miqdoriy tavsiflarberiladi.

Iqtisodiy statistika Mustaqil fan boʻlishi bilan birga iqtisodiy nazariya va boshqa Amaliy
iqtisodiy fanlarga chambarchas bogʻliq. Masalan: nazariyotchilar tomonidan oʻrtaga
tashlangan muayyan qarashlar statistik koʻrsatkichlar yordamida asoslanadi yoki
iqtisodiy jarayonga tegishli statistik koʻrsatkichlarni tahlil qilish orqali iqtisodiy
qonuniyatlar, tendensiyalar ifodalab beriladi.
  • Etiboringiz uchun raxmat

Download 346.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling