Mavzu: strategik va taktik rejalashtirish, marketing nazorati


Strategik marketingni rejalashtirish


Download 25.37 Kb.
bet3/4
Sana22.03.2023
Hajmi25.37 Kb.
#1287043
1   2   3   4
Bog'liq
STRATEGIK VA TAKTIK REJALASHTIRISH, MARKETING NAZORATI.

3. Strategik marketingni rejalashtirish.
Bozor sharoitida boshqaruvning asosiy sub’ekti sifatida bozor infratuzilmasining elementi bo’lib namoyon bo’luvchi firmani ta’kidlash mumkin. Bu holda firma deganda, xo’jalik yuritish zonasiga kiruvchi, tovar bozorida mavjud bo’lgan talabni qondirish darajasida qator funksiyalarni amalga oshiruvchi xo’jalik iqtisodiy tizimi tushuniladi. Shu bir vaqtda har qanday firma faoliyatning turidan qat’iy nazar bozor sharoitida samarali ishlashi uchun yoki bozorda quyidagilarga ega bo’lishi kerak:
-faoliyat strategiyasi;
-strategik maqsadlarga erishishni ta’minlovchi boshqaruv konsepsiyasi;
-firma faoliyatining mezonlariga nisbatan optimal bo’lgan boshqaruv konsepsiyasini amalga oshirish modeli;
-strategik rejalashtirish va boshqarish jarayonlariga ma’lumotli xizmat ko’rsatish tizimi.
Aslida firma strategiyasi firma o’z faoliyatida yechimlarni qabul qilishda rioya qiladigan qoidalar yig’indisidir. Bular firma uchun quyidagi to’rtta guruhdan iboratdir.
1.Hozirda va istiqbolda firma faoliyatining natijalarini baholashda foydalaniladigan qoidalar guruhi. Ushbu guruhning sifatli tomoni mo’ljal, son jihati esa topshiriqni tashkil etadi.
2.Firma assortimenti, sotish bozorlari va iste’molchilari, raqobatchilik priyomlarini belgilovchi qoidalar guruhi. Bu guruh mahsulotli-bozor strategiyasini namoyon etadi.
3.Tashkiliy konsepsiyani aks ettiruvchi firma ichidagi munosabatlar va tartib-qoidalar guruhi.
4.Boshqaruvning asosiy tezkor priyomlarini aks ettiruvchi kundalik faoliyatni tashkil etish qoidalari guruhi.
Erkin bozor munosabatlari sharoitida strategiya quyidagi o’ziga hos xususiyatlarga egadir.
1.Strategiya albatta tezkor harakat bilan yakunlanmasligi kerak.Strategiyani ishlab chiqish firmaning o’sishi va mustahkamlanishini ta’minlovchi umumiy yo’nalishlarni belgilash bilan yakunlanadi.
2.Ifodalangan umumiy strategiya izlanish uslubi bilan strategik loyihalarni ishlab chiqishda foydalanilishi kerak.
Strategiya ma’lum uchastkalarda imkoniyatlarni mujassamlash hamda strategiyaga mos kelmaydigan boshqa imkoniyatlarni uloqtirishni ta’minlashi kerak.
3. Real vaziyat korxonani mo’ljallagan maqsadiga yetkazdi deguncha strategiyaga zarurat qolmaydi.
4. Strategiyani ishlab chiqish odatda muqobillar to’g’risida umumlashtirilgan va to’liq bo’lmagan ma’lumotlar sharoitiida amalga oshiriladi.
5. Strategik rejani izlash maqsadida konkret muqobillarni aniqlanishi davomida aniq ma’lumotlar ham paydo bo’ladi.Shunday qilib strategiyaning muvofiqli ishlatilishi aksiy aloqalarsiz mumkin emas.
6. Mo’ljal firmaning maqsadini tashkil qilsa, strategiya esa maqsadlarga erishish vositasi bo’lib hisoblanadi.Mo’ljal almashganda strategiya ham o’zgaradi. Strategiya va mo’ljallar boshqaruv iyerarxiyasining pog’onalari va faoliyat vaziyatiga qarab o’z joylarini almashishlari mumkin

Xulosa
Sotish faoliyatini nazorat qilish haqiqiy sotish va ular tendensiya- larini rejalashtirilgan ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashda hisobga olish yo‘li bilan amalga oshiriladi.Foydalilikni nazorat qilish va marketing xarajatlarini tahlil qilish alohida tovarlar, ularning assortiment guruhlari, bozor segmentlari,hududlari, savdo kanallari, reklama vositalari, savdo xodimlari va boshqalar bo‘yicha amalga oshiriladi.Marketingning strategik nazorati va tahlili korxona ishlab chiqarish, sotish va ilmiy-texnik faoliyati rivojlanishining asosiy muammolari va istiqbolini aniqlash maqsadida asosiy vazifalar, strategiyalar, marketing tezkor tadbirlari va marketing tashkilotlari baholarini belgilaydi.Marketingning taftishi qoidaga ko‘ra o‘z ichiga marketingning makro va mikro muhiti, marketing xizmatlarining faoliyat yuritish samaradorligi tahlilini hamda marketing siyosati: tovar, narx, reklama, xodimlarni o‘z ichiga oladi.
Nazoratni tashkil qilish korxonaning kattaligi, xodimlarning malakasi, nazorat vazifalarining murakkabligiga bog‘liq bo‘ladi.
Korxonada marketingning tashkil qilinishi o‘sishi bilan uning ixtisoslashuviga va marketing nazoratining alohida birligini yaratishga ehtiyoj ortib boradi.Marketingning rejasini hayotga tatbiq qilishda ko‘pgina kutilmagan hodisalar bo‘lishi mumkin. Firma o‘zining tadbirlarini nazorat qilishi shart, o‘zining maqsadlariga erishish uchun marketing nazoratini uch turga bo‘lish mumkin:
Yillik rejalarining bajarilishi ustidan nazorat.
Daromad nazorati.Strategik rejalar ustidan nazorat.
Yillik rejalarning bajarilishini nazorat qilish masalasi - bu firmaning hamma ko‘rsatkichlarga chiqishiga ishonch hosil qilish.
Daromad nazorati - bu har xil tovarlardan keladigan daromadlar, iste’molchilar bozori tahlilini o‘zida aks ettiradi.Strategik rejalar ustidan nazorat - bu «orqaga chekinish», firmani bozorga yondashtirishni tanqidiy baholash uchun kerak bo‘ladi.


Download 25.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling