Mavzu: Suҳbat metodi: turlari va unga qo’yiladigan asosiy talablar Pedagogik kuzatish metodi: turlari va unga qo’yiladigan asosiy talablar Sotsiometriya metodi: turlari va unga qo’yiladigan asosiy talablar Reja


Download 0.63 Mb.
bet14/15
Sana06.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1334858
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
ТАРБИЯ ДИАГНОСТИКАСИ

Fanlarni o‘zlashtira olmaslik o‘quvchi tomonidan qayd etilgan
natijalarning ta’lim, didaktik hamda DTS talablariga mos kelmasligi.


Odatda fanlarni o‘zlashtira olmaslik o‘quvchining o‘qish, hisoblash, tahlil
qilish va sintezlash qobiliyatining pastligi, mantiqiy fikrlash olmaslik, fikrni
og‘zaki hamda yozma bayon qila olmaslik kabilar bilan izohlanadi.

O‘quvchining doimiy ravishda fanlarni o‘zlashtira olmasligi bir qator


omillarga bog‘liq. Xususan:

pedagogik nazoratning sustligi;

pedagogning o‘quvchi bilan individual ishlash tajribasining yetishmasligi;

pedagogning kasbiy kompetentligining pastligi;

o‘quvchiga, uning faoliyatiga nisbatan adolatsiz yondashuv;

ota-onalarning pedagogik madaniyat, psixologik bilimlarga ega emasligi;

o‘quvchida muayyan kasallik (masalan, organizmda yod moddasining
yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘qoq kasalligi, kalsiy moddasining yetishmasligi
tufayli kelib chiqadigan suyak kasalliklari, temir moddasining yetishmasligi bilan
bog‘liq kamqonlik, miyaning yengil darajada jarohatlanganligi, nimjonlik va
hokazolar)ning mavjudligi;

o‘quvchilar jamoasining nosog‘lom psixologik muhiti;

o‘quvchining anomal (turli og‘ishlarga asoslangan) xulq (tajovuzkorlik,
giyohvand va tamaki mahsulotlari, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishi, jinoyat sodir
etishga moyillik kabilar)ga egaligi;

o‘quvchining kamsitilishi, unga nisbatan zo‘ravonlik va ta’ziqning


mavjudligi;
o‘quvchining melanxolik (ruhiy siqilish, tushkunlik, g‘amginlikka moyillik,
yuqori darajadagi ta’sirchanlik, hissiyotni sus ifodalash – “ichimdagini top”lik);
sifatli ta’lim olish uchun zarur sharoitning yaratilmaganligi va boshqalar.

O‘quvchining tizimli ravishda fanlarni o‘zlashtira olmasligi o‘qituvchining


pedagogik e’tiborsizligiga ham olib keladi.
Pedagogik nazoratdan chetda qolgan o‘quvchilar ko‘p holatlarda nosog‘lom psixologik
muhitga ega mikro guruhlarga qo‘shilib ketadi.


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling