Mavzu: Suҳbat metodi: turlari va unga qo’yiladigan asosiy talablar Pedagogik kuzatish metodi: turlari va unga qo’yiladigan asosiy talablar Sotsiometriya metodi: turlari va unga qo’yiladigan asosiy talablar Reja


Kam darajada rasman e’tirof qilingan metodikalar


Download 0.63 Mb.
bet9/15
Sana06.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1334858
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
ТАРБИЯ ДИАГНОСТИКАСИ

Kam darajada rasman e’tirof qilingan metodikalar. Ularga quyidagilar
kiradi: pedagogik-psixologik kuzatish; suhbatlar; faoliyat natijasida yaratilgan
mahsulotlarni tahlil qilish. Pedagogik jarayonda bu turdagi metodikalardan
foydalanish bir muncha qiyin kechadi. Masalan, psixologik-pedagogik kuzatish
ba’zan bbir necha oy davomida olib boriladi. Kam darajada rasman e’tirof qilingan
metodikalarni rasman e’tirof qilingan metodikalarga qarama-qarshi qo‘yish
mumkin emas. Zero, ular bir-birini to‘ldiradi. Tashxislashni to‘laqonli amalga
oshirish uchun har ikki guruhga kiruvchi metodikalarni birgalikda qo‘llash
maqsadga muvofiqdir. Misol uchun test natijalarini tahlil qilishda qo‘shimcha
ravishda intervyu, suhbat va psixologik-pedagogik kuzatishdan iborat metodikadan
foydalanish yanada samarali hisoblanadi.

Ta’lim jarayonini samarali tashxislovchi metodikalar orasida bugungi kunda


P.I.Tretyakov66 tomonidan asoslangan “Ta’lim olganlik darajasini tashxislash” va
G.A.Russkiy67 tomonidan ishlab chiqilgan “O‘quvchilarning o‘quv materiallari
bilan mustaqil ishlashga tayyorlik darajasini tashxislash” kabi metodikalar alohida
o‘rin tutadi.

II. P.I.Tretyakov68ning “Ta’lim olganlik darajasini tashxislash” nomli
metodikasi
o‘quvchilar uchun turli murakkablik darajasidagi mustaqil ishlarni
bajarish ko‘nikmasini egallaganlikni namoyish qilish, bilish faoliyatidagi
kamchiliklarni tuzatishga doir dasturlarni loyihalash imkoniyatini yaratish
maqsadini nazarda tutadi.

Ta’lim jarayonida har bir o‘quvchining o‘zi o‘zlashtirgan ilmiy bilimlar tizimi


asosida ma’lumotlarni:

1) farqlash;

2) yodda saqlash;

3) qayta yodga olish;

4) amalda qo‘llash;

5) ijodiy ishni namoyish qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur.


III. G.A.Russkiy69ning “O‘quvchilarning o‘quv materaillari bilan mustaqil
ishlashga tayyorlik darajasini tashxislash” metodikasi
o‘zida o‘quvchilar
tomonidan mavzu bo‘yicha bilimlar tizimini o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash va
ularning bilish faoliyatini takomillashtirish, to‘g‘rilashga imkon beruvchi
individual dasturlar loyihasini tuzishdan iborat maqsadni ifodalaydi.
Bilim – ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, usiz
maqsadga muvofiq harakatlarni tashkil etish mumkin emas. Bilimlar tizimining
asosiy vazifasi – borliqning umumiy manzarasini hosil qilish, bilish, amaliy va
ijtimoiy faoliyat vositasi bo‘lishdan iborat. Didaktikada bilimlar tizimi ikki katta
guruhga ajratiladi. Ular:

1) amaliy bilimlar (tushunchalar, raqamlar, dalillar, tasavvurlar);

2) nazariy bilimlar (atamalar, sabab-oqibat aloqalari, qonuniyatlar, qonunlar,

tamoyillar, nazariyalar).

Murakkablik vektori atamalardan qonunlar va nazariyaga tomon boradi.

Metodikani qo‘llashda o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘rganilayotgan mavzu

bo‘yicha bilimlar tizimi tuzilishiing mantig‘ini ifodalovchi savollarni taklif qiladi.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling