Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010
Debet 6920 – Kredit 4060
provodkasi quyidagi tartibda aniqlangan summaga amalga oshi- riladi: 365 . 100 * * N I SV SV Bunda: SV – qayta sug‘urtalovchi tomonidan to‘lanadigan sug‘urta qoplamasi summasi; I – qayta sug‘urtaga berilgan risklar bo‘yicha qayta sug‘urta- lanuvchida depo mukofot sifatida qoldirilgan summalarga hisobla- nadigan yillik daromad normasining foizdagi ifodasi; N – deponent qilingan muddat. O‘zaro hisob-kitoblarning bunday tartibi sug‘urta mukofotla- rini bosqichma-bosqich to‘lashni nazarda tutuvchi fakultativ qayta sug‘urtalash shartnomalari va belgilangan davrda qabul qilingan risklarning ma’lum qismini qayta sug‘urtaga o‘tkazilishida sug‘urta mukofotining davriy ravishda to‘lanishini nazarada tutuvchi obligatorli qayta sug‘urtalash shartnomalarida ko‘rsatilishi lozim. 89 Yuqorida keltirilgan barcha provodkalar sug‘urtalovchi va qay- ta sug‘urtalovchilarning o‘zaro hisob-kitob dalolatnomalari asosi- da amalga oshiriladi. Hisobot davrining oxirida 9070 “Qayta sug‘urta qilish va retro- tsessiyaga berilgan risklar bo‘yicha zararlar ulushining qoplanishi bo‘yicha daromadlar” schyotning kredit tomonidagi qoldig‘i debeti bo‘yicha 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining kreditiga o‘tkaziladi. Debet 9070 – Kredit 9910. 9.2. Qayta sug‘urtalanuvchi uchinchi shaxslardan zararni undirish huquqidan foydalangan taqdirda qayta sug‘urtalovchi bilan yuzaga keladigan munosabatlarni hisobga olish Qonunchilikka muvofiq mulkiy sug‘urta shartnomasida bosh- qacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchi (naf oluv- chi) ning sug‘urta natijasida qoplangan zarar uchun javobgar shaxs- dan talab qilish huquqi to‘langan summa doirasida sug‘urta qoplama- sini to‘lagan sug‘urtalovchiga o‘tadi. Xuddi shunday huquqqa qayta sug‘urtalanuvchining zararlarini qoplab bergan qayta sug‘urtalovchi ham ega. Sug‘urta hodisasining sodir bo‘lishida aybdor shaxslarga nis- batan zararni qoplash da’vosini hisobga olish 4860 schyot “Da’vo- lar bo‘yicha olinadigan schyotlar” orqali amalga oshiriladi. Maz- kur schyotning debet tomonida sud tomonidan sug‘urtalovchiga to‘lab berilishi belgilangan zararlar summasi yoki aybdorligini tan olib sug‘urta zararini qoplab berishni bildirgan shaxslardan olina- digan summalar ko‘rsatiladi. Ushbu schyot 9330 schyot “Undiril- gan jarima, penya va ustamalar”ning krediti bo‘yicha korrespon- densiyalanadi: Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling