Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010
BBK 65.271ya722 ISBN 978-9943-13-252-8 «IQTISOD-MOLIYA», 2010 3 KIRISH Bugungi kunga kelib mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti qo- nuniyatlari to‘liq amal qila boshladi. Bozor iqtisodiyotining sama- rali ishlashini va uning rivojlanganlik darajasini belgilovchi asosiy omillardan biri uning infratuzilmasi shakllanganligi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining ajralmas tarkibiy qismlari- dan biri sug‘urta sohasi hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar taj- ribasidan ko‘rishimiz mumkinki, sug‘urta sohasi iqtisodiyot rivoj- lanishining bir maromda borishini ta’minlovchi sohalardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, sug‘urta iqtisodiyotning rivojlanishi uchun salmoqli investitsiya kapitalini jamlashtiruvchi va iqtisodi- yotga kirituvchi strategik ahamiyatga ega bo‘g‘inlardan biri sifa- tida namoyon bo‘ladi. Mamlakatimizda bugungi kunda sug‘urta sohasining rivojlani- shiga katta ahamiyat berilmoqda. Sug‘urta sohasini taraqqiy top- tirish maqsadida mamlakatimiz Prezidentining bir qancha qaror- lari qabul qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti- ning 2007-yil 10-apreldagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-618- sonli Qarori asosida O‘zbekiston sug‘urta tizimining 2010-yilga- cha bo‘lgan rivojlanish yo‘nalishlari belgilab berildi. Sug‘urta sohasini rivojlantirish zaruratini uning quyidagi xususiyatlarga egaligi bilan asoslash mumkin: − bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday munosabatlarda xavf-xatar, risk va qaltisliklarning mavjudligi; − sug‘urta kompaniyalari tomonidan favqulodda holat nati- jasida korxonaning faoliyati to‘xtab qolmasligi va faoliyatini da- vom ettirishini ta’minlanishi; − mamlakat iqtisodiyotiga katta miqdordagi investitsiyalarni kiritishi; − hayot sug‘urtasi orqali aholining ijtimoiy himoyasini bo- zor iqtisodiyoti tamoyillari asosida ta’minlashi; − mamlakat umumiy iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida muhim omillardan biri hisoblanishi va boshqalar. 4 Albatta, mazkur sohaning samarali faoliyatini ta’minlashda, ushbu soha uchun hisoblar tizimining joriy etilganligi katta aha- miyatga ega. Mamlakatimizda 2008-yilning 1-iyunidan boshlab, 2008-yil 5-mayda 1813-son bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan “Sug‘urtalovchilar moliyaviy-xo‘- jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasi” kuchga kir- di. Ushbu schyotlar rejasi mamlakatimizda sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urta hisobini yuritish tartiblarini belgilab beradi. Schyotlar rejasiga ilova qilingan Sug‘urtalovchilar moliyaviy-xo‘- jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma ushbu schyotlar rejasini qo‘llash tartiblarini belgilab berdi. Mazkur o‘quv qo‘llanmada yuqorida keltirilgan schyotlar reja- si asosida sug‘urta tashkilotlariga xos bo‘lgan alohida operatsiyalar bo‘yicha buxgalteriya hisobini yuritish va operatsiyalarni hisobga olish jihatlari yoritilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling