Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари


 Sug‘urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishning


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/125
Sana18.10.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1707378
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125
Bog'liq
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010

2.2. Sug‘urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishning 
umumiy qoidalari va schyotlar rejasining farqli jihatlari 
Sug‘urta tashkilotlarida ham buxgalteriya hisobi umumiy tar-
tib-qoidalarga asoslanib, davlat hokimiyati va boshqaruv organ-
lari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxs-
lar, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan 
tashqarida joylashgan sho‘ba korxonalari, filiallari, vakolatxonala-
ri va boshqa tarkibiy bo‘linmalari singari buxgalteriya hisobi sub-
yektlari hisoblanadi. 
Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxira-
lar, daromadlar va xarajatlar foyda, zararlar hamda ularning hara-
kati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari esa buxgalteriya hisobining 
obyektlaridir. 
Barcha tashkilotlardagi singari sug‘urta tashkilotida ham bux-
galteriya hisobining asosiy maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida 
to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan 
ta’minlash hisoblanadi. 
Buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat: 
− buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va 
harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘isidagi 
to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish; 


26 
− samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lu-
motlarini umumlashtirish; 
moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish. 
Buxgalteriya hisobining yuqoridagi vazifalari quyidagi asosiy 
qoidalar asosida amalga oshiriladi: 
− buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish; 
uzluksizlik
− xo‘jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarni pulda bahola-
nishi; 
− aniqlik; 
− hisoblash; 
− oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik); 
mazmunning shakldan ustunligi
− ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; 
− moliyaviy hisobotning betarafligi; 
− hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; 
− aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi. 
Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi 
standartlari bilan, shu jumladan kichik va xususiy tadbirkorlik sub-
yektlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish stan-
darti bilan belgilanadi. O‘zbekistonda xo‘jalik yurituvchi subyekt-
lar tomonidan mulkchilik shaklidan qat’i nazar barchasi O‘zbekis-
ton Respublikasi buxgalteriya hisobining 21-son milliy standarti 
asosida faoliyat yuritishi shart. Budjet muassasalari, sug‘urta tash-
kilotlari va banklar bundan mustasno. Ma’lumki, banklar va bud-
jet muassasalari uchun alohida buxgalteriya hisobini yuritish tar-
tiblari ishlab chiqilgan. Sug‘urta tashkilotlari uchun mazkur tartib 
2008-yil 5-mayda 1813-son bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan “Sug‘urtalovchilar moliyaviy-xo‘ja-
lik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasi” asosida o‘r-
natib berilgan. Ushbu schyotlar rejasida sug‘urta faoliyatining o‘ziga 
xos xususiyatlari hisobga olingan. 
Quyida sug‘urta tashkilotlari uchun belgilangan schyotlar 
rejasi va umumiy schyotlar rejasi o‘rtasidagi farqli jihatlarini ko‘r-
satib berish uchun solishtirma jadval keltirilgan.


27 
3-jadval 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling