Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010
II bob. SUG‘URTA TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI 2.1. Sug‘urta faoliyatining o‘ziga xos jihatlari va sug‘urta tashkilotlari uchun alohida buxgalteriya hisobini yuritish tartibining zarurligi Sug‘urta faoliyati sug‘urta tashkilotlari tomonidan amalga oshi- rilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy xizmat turlaridan biri hisoblanadi. Sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish jarayonining bir qancha o‘ziga xos jihatlari mavjud bo‘lib, ular tovar ishlab chiqarish va boshqa xizmat turlarini ko‘rsatish jarayonlaridan keskin farq qiladi. Masalan sug‘urta shartnomasini tuzish va sug‘urta polisini so- tib olish jarayonini ko‘rib chiqsak, sug‘urtalovchi sug‘urta xizma- tini ko‘rsatishda, ma’lum miqdordagi javobgarlikni o‘z zimmasiga olishdan avval sug‘urtalanuvchidan sug‘urta mukofotini undiradi, ya’ni daromad qiladi. Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta ho- disasi ro‘y berganda sug‘urta qoplamasini amalga oshiradi, ya’ni xarajat qiladi. Mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda esa ak- sincha, avval xarajat qilinib, tovar ishlab chiqariladi va u sotilgan- dan so‘ng daromad olinadi. Sug‘urta tashkilotlari sug‘urtalanuvchilardan kelib tushgan su- g‘urta mukofotlaridan sug‘urta zararlarini qoplash zaxirasini tash- kil etadilar. Mazkur zaxira sug‘urta muddati tugamagunga qadar sug‘urtalovchining majburiyati hisoblanadi. Sug‘urta muddati tu- gaganidan so‘nggina ushbu mablag‘lar sug‘urta tashkilotining da- romadi sifatida hisobga olinishi mumkin. Ba’zi hollarda sug‘urta zaxirasidagi mablag‘lar kunma-kun shartnoma muddatining o‘tgan muddatiga nisbatan proporsional ravishda hisobga olib boriladi. Bundan tashqari, sug‘urta tashkilotlari o‘z zimmasidagi maj- buriyatlarni ma’lum haq evaziga boshqa sug‘urta tashkilotlariga o‘tkazishi yoki ulardan qabul qilib olishi mumkin. Sug‘urta tash- kilotlari o‘z zimmasidagi majburiyatlarni boshqa sug‘urta tashki- lotlariga o‘tkazib yuborgan taqdirda ham sug‘urtalanuvchilarning oldida javobgar bo‘lib qolaveradilar. 25 Ma’lumki, sug‘urta tashkilotiga kelib tushgan sug‘urta muko- fotlarining bir qismi sug‘urta muddati davomida bo‘sh qolishi mum- kin. Sug‘urta tashkiloti ushbu mablag‘larni bo‘sh qolgan muddatga investitsiya obyektlariga joylashtirishi va qo‘shimcha daromad ham olishi mumkin. Hozirgi kunda jahon amaliyotida sug‘urta kompani- yalari iqtisodiyotga investitsiyalarni kirituvchi yirik institutsional in- vestorlarga aylangan. Yuqoridagi keltirilgan barcha xususiyatlar, sug‘urta tashkilotlari uchun sug‘urtaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi bux- galteriya hisobini yuritish tartibini ishlab chiqishni talab etadi va bu tartib mamlakatimizda 2008-yilning 1-iyunidan boshlab, 2008-yil 5-mayda 1813-son bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan “Sug‘urtalovchilar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasi” asosida kuchga kirdi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling