Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари


Qayta sug‘urta (sessiya, risklar transformatsiyasi)


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/125
Sana18.10.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1707378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125
Bog'liq
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010

Qayta sug‘urta (sessiya, risklar transformatsiyasi) – bu bir su-
g‘urtalovchi (qayta sug‘urtalanuvchi) tomonidan o‘z zimmasiga 
olingan sug‘urta javobgarligining bir qismini yoki to‘liq shartnoma 
asosida boshqa sug‘urta tashkilotiga (qayta sug‘urtalovchi) o‘t-
kazish hisoblanadi. Qayta sug‘urtalashda sug‘urta shartnomasi ikki 
sug‘urta tashkiloti o‘rtasida tuzilib, mazkur risk bo‘yicha sug‘urta 
hodisasi yuz bergan taqdirda sug‘urta qoplamasining to‘liq sum-
masi sug‘urtalanuvchi bilan shartnoma tuzgan sug‘urta tashkiloti 
tomonidan to‘lab beriladi. Sug‘urta qoplamasining qayta sug‘urta-
lovchiga tegishli qismi qayta sug‘urtalanuvchiga o‘tkazib beriladi. 
Ya’ni sug‘urtalanuvchi oldidagi barcha javobgarlikni asosiy su-
g‘urta tashkiloti (qayta sug‘urtalanuvchi) olib boradi.
Qayta sug‘urtalash tartibining barcha shartlari sug‘urta shart-
nomasida ko‘rsatiladi. Qayta sug‘urtalanuvchi qayta sug‘urta shart-
nomasining talablarini to‘liq bajarib borgan taqdirda qayta sug‘ur-
talovchi tomonidan unga komission to‘lovlar yoki tantemalar shak-
lidagi siylovlar beriladi. Qayta sug‘urtalash sug‘urta faoliyatida foy-
dali mexanizm hisoblanib, undan foydalanib sug‘urta tashkiloti 
o‘z zimmasidagi ortiqcha majburiyatdan qutilish, shu bilan birga, 
mijozni o‘zida saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ta’kidlash 
joizki, jahon sug‘urta bozorida qayta sug‘urtalash munosabatlari 
yuksak rivojlangan bo‘lib, mamlakatlarning sug‘urta bozoriga 
yetarli darajada o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Qayta sug‘urtalash munosa-
batlari sug‘urta tashkilotlarning to‘lov qobiliyatining barqarorligi-
ni ta’minlashda ham muhim omillardan biri hisoblanadi.


13 
Qonunchilikka muvofiq qayta sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga 
olgan majburiyatni boshqa sug‘urta tashkilotiga qayta sug‘urtaga 
berishi yoki o‘tkazishi mumkin. Birlamchi qayta sug‘urtalash 
sessiya deb nomlansa, ikkilamchi qayta sug‘urtalash retrotsessiya 
deb nomlanadi (1-chizma).

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling