Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/125
Sana18.10.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1707378
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   125
Bog'liq
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010

 
risklar transferi 
Risklar 
transformatsiyasi 
retrotsessiya 
 
1-chizma. Sug‘urta bozorida risklar transferi, transformatsiyasi va 
retrotsessiya 
Jamiyatda sug‘urta munosabatlarining rivojlanishi bilan su-
g‘urtalashni amalga oshirishning turli shakllari vujudga keldi va 
rivojlandi. Sug‘urtalash shakllari sifatida quyidagilarni keltirish 
mumkin: birgalikda sug‘urtalash, o‘zaro sug‘urtalash, ko‘p to-
monlama va qisman sug‘urtalash va boshqalar.
Birgalikda sug‘urtalashda bir obyekt biron riskdan bir nechta 
sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtalanishi mumkin. Bunda har bir 
sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga olgan majburiyat doirasida sug‘urta-
lanuvchi oldida javobgarlikni olib boradi. Ba’zi bir yirik obyektlar-
ni sug‘urtalashda bir sug‘urta tashkilotining moliyaviy imkoniyati 
yetmasligi mumkin, shunda bir nechta sug‘urta tashkilotlari birga-
likda ushbu obyektni sug‘urtalashlari mumkin bo‘ladi. Amaliyotda 
sug‘urta tashkilotlari yirik obyektlarni sug‘urtalash uchun jamiyat-
larni, ya’ni sug‘urta pullarini tashkil etadilar. Sug‘urta pullarining 
a’zolari o‘z ulushi doirasida javobgarlikni olib borsa-da, ulardan 
bittasi sug‘urtalanuvchi bilan munosabatlarni olib borishi ham 
mumkin. Mazkur sug‘urtalovchi pul a’zolari tomonidan ixtiyoriy 
ravishda belgilanadi. 
O‘zaro sug‘urtalash munosabatlari qadimdan rivojlanib, ho-
zirgi kunga qadar taraqqiy etib kelmoqda. Qonunchilikka muvofiq 
 
Sug‘urta
lanuvchi 
Sug‘urta 
tashkiloti 
Sug‘urta 
tashkiloti 
Qayta sug‘urta 
tashkiloti 
Qayta sug‘urta 
tashkiloti 
Qayta sug‘urta 
tashkiloti 
Qayta sug‘urta 
tashkiloti 


14 
o‘zaro sug‘urtalash ma’lum shaxslarning o‘zaro sug‘urtalash jami-
yatlariga birlashishi orqali amalga oshiriladi. O‘zaro sug‘urtalash 
jamiyatlarining a’zolari o‘rtasida shartnoma tuzilib, ularning turli 
manfaatlari sug‘urtalanadi. Jamiyatning biror a’zosi sug‘urta hodi-
sasiga duch kelgan taqdirda, uning zarari jamiyatga kirish uchun 
to‘langan a’zolik badallari evaziga shakllantirilgan fond evaziga 
qoplab beriladi. O‘zaro sug‘urtalash jamiyatining o‘ziga xos xusu-
siyatlaridan biri bu uning notijorat faoliyat yuritishi hisoblanadi. 
Ya’ni uning asosiy maqsadi foyda olish emas, balki jamiyat a’zo-
lariga turli hodisalar oqibatida yetkazilgan zararlarni bartaraf etishda 
ko‘maklashish hisoblanadi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling