15-ma’ruza: raqamli modulyatsiyalangan signallar


Download 195.23 Kb.
bet1/10
Sana02.06.2024
Hajmi195.23 Kb.
#1834602
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
15 МАЪРУЗА

15-MA’RUZA: RAQAMLI MODULYATSIYALANGAN SIGNALLAR.




Reja:
15.1. Umumiy tushunchalar.
15.2. Amplituda manipulyatsiyasi (ASK).
15.3. Ikkilik faza manipulyatsiyasi (BPSK).
15.4. Kvadraturali faza manipulyatsiyasi (QPSK).
15.5. Siljishli kvadraturali faza manipulyatsiyasi (SQPSK).
15.6. Kvadraturali amplituda modulyatsiyasi (QAM).
15.7. Amplituda-faza modulyatsiyasi (APK).
15.8. Chastota manipulyatsiyasi (FSK).
15.9. Minimal faza siljishili chastota manipulyatsiyasi (MSK).
15.10. Gauss minimal faza siljishili chastota manipulyatsiyasi (GMSK).


15.1. Umumiy tushunchalar


Raqamli modulyatsiya usullarining afzalliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:



  • apparatura xarakteristikasi noidealligi va nobarqarorligining axborot uzatish sifatiga kichik ta’siri;

  • hattoki nobarqaror xarakteristikali va katta sathli shovqinga ega bo‘lgan kanallardan foydalanilganda ham yuqori xalaqitbardoshligi;

  • aloqa tarmoqlari bog‘lamalarida signallar regenerasiyasi (qayta tiklash) ning imkoniyati, natijada juda uzoq liniyalar bo‘yicha axborot uzatishda yuzaga keladigan xatoliklar (buzilishlar) to‘planishi effekti susaytiriladi;

  • turli xabarlar uchun signallarni (nutq, televizion tasvir, diskret ma’lumotlar, aloqa qurilmalari ishlashini boshqaruvchi komandalar va h.k.) ifodalashning universal shakli;

  • ko‘p kanalli tizimlarning guruh traktidagi nochiziqli buzilishlarga sezgirligining pastligi;

  • turli tizimlarning kompyuterlar va elektron avtomatik telefon stansiyalari bilan nisbatan sodda moslashuvi, bu aloqa tarmoqlarini qurishda muhim ahamiyatga ega;

  • kompyuterlar yordamida signallarni uzatish va ularga ishlov berishni avtomatlashtirish imkoniyati va boshqalar.




Download 195.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling