15-ma’ruza: raqamli modulyatsiyalangan signallar
Ikkilik (binar) faza manipulyatsiyasi (binar FMn, inglizcha Binary Phase Sift Keying – BPSK) da
Download 195.23 Kb.
|
15 МАЪРУЗА
Ikkilik (binar) faza manipulyatsiyasi (binar FMn, inglizcha Binary Phase Sift Keying – BPSK) da tashuvchi tebranishning faza o‘zgarishi birlamchi signalning ma’lum vaqtlarida yoki ga sakrashi bilan xarakterlanadi, va ayni vaqtda tashuvchining amplitudasi hamda chastotasi o‘zgarmasdan saqlanadi.
Mantiqiy nolga mos bo‘lgan matematik signalni ko‘rinishida, mantiqiy birga mos bo‘lgan signalni esa ko‘rinishida ifodalash mumkin. U holda modulyatsiyalangan BPSK signalni quyidagicha yozish mumkin bunda, – +1 va –1 qiymatni qabul qiluvchi boshqaruvchi signal bo‘lib, +1 qiymatli signal mantiqiy nolga, –1 qiymatli signal mantiqiy birga mos keladi. BPSK signalni shakllantirish vaqt diagrammalari 4.12-rasmda keltirilgan. Shunday qilib, har bir posilka bitta ikkilik simvolni uzatadi va qayd qilingan davomiylikda BPSK signal eng katta xalaqitbardoshlikka ega signal hisoblanadi, chunki 0 va fazali impulslar qarama-qarshi, ya’ni maksimal uzoq signallar hisoblanadi. Chastota resursidan foydalanish jihatidan esa BPSK eng samarasiz hisoblanadi, chunki BPSK signalning spektri modulyatsiyalovchi to‘g‘ri to‘rtburchakli signalning spektri kabi bo‘lib, chastota oshgan sari ga proporsional ravishda kamayib boradi. Agar aloqa texnikasi uchun radiospektrdan foydalanishni reglamentlashda amalga oshiriladigan mezon asosida tasniflanadigan bo‘lsa, ya’ni signal spektrining 99% kenligi o‘lchanadigan bo‘lsa, BPSK signal uchun ushbu o‘lcham an’anaviy mo‘ljal dan bir necha marta katta bo‘ladi. BPSK signalni hosil qiluvchi modulyatorning strukturaviy sxemasini kirishi turli fazalarga ega ikkita alohida tebranishlar manbai (generatorlar) dan iborat bo‘lgan, chiqishi axborot signali bilan boshqariluvchi kalit sifatida tasavvur etish mumkin.
Hozirda ikki holatli (binar) va ko‘p holatli faza manipulyatsiyasining bir qancha variantlari ishlab chiqilgan bo‘lib, axborot uzatish tizimlarida ikkita holatli, to‘rtta holatli va sakkizta holatli fazasi manipulyatsiyalangan signallardan nisbatan ko‘proq foydalaniladi. Ushbu signallar yuqori xalaqitbardoshlikni ta’minlaydi. Download 195.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling