15-ma’ruza: raqamli modulyatsiyalangan signallar
Chastota manipulyatsiyasi (FSK)
Download 195.23 Kb.
|
15 МАЪРУЗА
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15.9. Minimal faza siljishili chastota manipulya t siyasi ( MS K) .
15.8. Chastota manipulyatsiyasi (FSK).
Chastotasi manipulyatsiyalangan (ChMn, inglizcha Frequency Sift Keying – FSK) zamonaviy raqamli aloqa tizimlarida keng tarqalgan signallardan biri hisoblanadi. Buning sababi ushbu signallarni shakllantirish soddaligi va boshlang‘ich fazaga bog‘liq bo‘lmagan holda qabul qilish imkoniyatidir. FSK modulyatsiyasida axborot ketma-ketligining “0” va “1” qiymatlariga o‘zgarmas amplitudali analog signallarning ma’lum chastotalari mos keladi. Chastota manipulyatsiyasi nisbatan xalaqitbardosh hisoblanadi, chunki telefon kanalidagi xalaqitlar asosan signal chastotasiga qaraganda uning amplitudasiga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Modulyatsiyalovchi signal nol va birlardan iborat ketma-ketlik shaklida bo‘lgan hol uchun FSK modulyatsiyasini ko‘rib chiqamiz. FSK signalni shakllantiruvchi qurilmani 15.15-rasmda keltirilgan sxema asosida ko‘rib chiqamiz. 15.15-rasm. FSK signalni shakllantirish prinsipi 15.15-rasmda turli chastotalardagi va tebranishlarni shakllantiruvchi ikkita generator tasvirlangan, shuningdek raqamli signal bilan boshqariluvchi elektron kalit ham mavjud bo‘lib, mantiqiy “1” ni uzatish uchun chiqishiga signal, mantiqiy “0” ni uzatish uchun chiqishiga signal ulanadi. Shunday qilib, chiqish signali chastotasi bitlar ketma-ketligiga mos holda manipulyatsiyalanadi. Keltirilgan sxemaning soddaligiga qaramasdan u amaliyotda qo‘llanilmaydi, chunki o‘tish jarayoni juda kichik bo‘lgan juda tezkor kalit talab etiladi, shuningdek generatorlarning ixtiyoriy boshlang’ich fazasida simvollar o‘zgarishida faza bo‘yicha sakrash yuzaga kelishi mumkin, bu esa spektrning kengayshiga olib keladi. FSK signalni shakllantirishning boshqa bir usulini ko‘rib chiqamiz, bunda FSK signalni turli chastotali ikkita amplitudasi manipulyatsiyalangan signallarning yig‘indisi shaklida ifodalash mumkin (15.10) bunda, – raqamli xabarga mos keluvchi, chiziqli koder chiqishidagi modulyatsiyalovchi signal. FSK modulyatorning strukturaviy sxemasi 15.16-rasmda keltirilgan bo‘lib, modulyator chiziqli koder (ChK), invertor, ikkita bir xil amplituda modulyatori, ikkita yuqori chastotali tashuvchi tebranish generatori va summatordan iborat. 15.16-rasm. FSK modulyatorining strukturaviy sxemasi 15.9. Minimal faza siljishili chastota manipulyatsiyasi (MSK). Download 195.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling