Mavzu: Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari Reja


Download 0.89 Mb.
bet1/5
Sana08.02.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1177179
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-mavzu.Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari


Mavzu: Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari

Reja:

  • Iqtisodiy masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari.
  • Algoritm haqida tushuncha
  • Algoritmning xususiyatlari va xossalari
  • Algortimning turlari

  •  

Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari.

Har qanday masalani kompyuterga tayyorlash va uni o’tkazish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.

  • Masalani qo’yilishini aniqlash va matematik modelini ishlab chiqish.
  • Masalani yechishning sonli usulini tanlash.
  • Masalani yechish algoritmini ishlab chiqish.
  • Kompyuter uchun dastur tuzish.
  • Dasturni kompyuter xotirasiga kiritish, rostlash va tekshirish.
  • Hisoblash natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish.

Avvalo algoritm tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyuk bobokalonimiz Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog’liq-ligini tushuntirish lozim. Algoritm so’zi al-Xorazmiyning arifmetikaga bag’ishlangan asarining dastlabki betidagi “Dixit Algoritmi (“dediki al-Xorazmiy” ning lotincha ifodasi) degan jumlalardan kelib chiqqan. Shundan so’ng al-Xorazmiyning sanoq sistemasini takomillashtirishga qo’shgan hissasi, uning asarlari algoritm tushunchasining kiritilishiga sabab bo’lganligi ta’kidlab o’tiladi.

Algoritm nima degan savolga, u asosiy tushuncha sifatida qabul qilinganligidan, uning faqat tavsifi beriladi, ya’ni biror maqsadga erishishga yoki qandaydir masalani yechishga qaratilgan ko’rsatmalarning (buyruqlarning) aniq, tushunarli, chekli hamda to’liq tizimi tushuniladi.


Algoritm

Algoritmning asosiy xossalari


1. Diskretlik, ya’ni algoritmni chekli sondagi oddiy ko’rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin.
2. Tushunarlilik, ya’ni ijrochiga tavsiya etilayotgan ko’rsatmalar uning uchun tushunarli bo’lishi shart, aks holda ijrochi oddiy amalni ham bajara olmay qolishi mumkin. Har bir ijrochining bajara olishi mumkin bo’lgan ko’rsatmalar tizimi mavjud.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling